-davlat tomonidan
kafolatlangan, samarali tez tibbiy yordam tizimini yaratish;
-ona va bolaga ko’rsatilayotgan tibbiy yordamni takomillashtirish;
-davlatning mustahkam sanitar-epidemiologik tinchligini ta‘minlash.
Shu maqsaddan kelib chiqib, O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimining maqsadli dasturi
hayotga tatbiq etildi. Dasturda tibbiy xizmatlar ko’rsatish tizimini tubdan modernizatsiya qilish,
muhim yo’nalish bo’lgan maxsus ambulator poliklinika va profilaktik tibbiyotni rivojlantirish,
shuningdek, ona va bola sog’lig’ini himoya qilish tizimi sifatini oshirish, tashxis qo’yish va
davolash jarayonida yangi tibbiy texnologiyalardan keng foydalanish, yuqori toifali tibbiyot
xodimlari tayyorlash tizimini mukammallashtirish ko’zda tutilgan edi.
Sog’liqni saqlash tizimida qabul qilingan chora-tadbirlar aholi salomatligini yaxshilash
samaradorligining jahon tajribasida umumqabul qilingan monitoring ko’rsatkichlariga asoslandi.
Ularning ichida asosiysi insonning o’rtacha umr ko’rish ko’rsatkichi hisoblanadi. Ushbu
ko’rsatkich o’zida aholining turmush tarzini aks ettiradi. Shuningdek, ushbu indikator millatning
salomatligi holatini belgilaydi, davlat olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, tibbiyot
xizmatlari, tashqi muhit muhofazasi, ta‘lim va boshqa omillarga bog’liq.
O’zbekistonda mustaqillik yillarida umr ko’rish davomiyligi tez sur‘atlarda o’sdi, (1990
yilda 67,2 yosh, 2012 yilda 72,9 yosh). Ushbu ko’rsatkich erkaklarda 70,7 yosh, ayollarda 75,2
yoshni tashkil etib, MDH davlatlarining ko’rsatkichlariga qaraganda ancha yuqori.
Mustaqillik yillarida aholiga tibbiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi.
1991-2001-yillarda 19,5 ming o’rinli shifoxonalar, 95,7 ming tashrifli poliklinikalar qurilib,
foydalanishga topshirildi. 1991-yilda shifoxonalar soni 1300 tani tashkil etgan bo’lsa, 2001-yilda
ularning soni 1500 tadan ortdi. Ambulatoriya-poliklinikalarning soni esa 1990-yilda 3139 tani
tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilda qariyb 2 baravar ko’payib, 5886 taga yetdi. 2000-2010-yillarda
qishloq joylarida 3208 ta qishloq vrachlik punkti tashkil etildi.
Respublikamizda shifokorlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga, yosh
shifokorlarni tayyorlash ishlariga alohida e‘tibor berildi. Bu borada 7 ta oliy tibbiy o’quv yurtlari,
o’rta tibbiy bilim yurtlari va kollejlar faoliyat ko’rsatmoqda. Aholiga turli ixtisosliklar bo’yicha
tibbiy xizmat ko’rsatuvchi mutaxassis-shifokorlar soni ming nafarga ko’paydi. O‘zbekistonda bir
shifokorga o’rta hisobda 300 ga yaqin kishi to’g’ri keladi, bu ko’rsatkich ko’pgina mamlakatlarga
nisbatan ancha yuqoridir.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy holatining muhim indikatorlaridan biri, bu ona va bola salomatligi
ko’rsatkichidir. O’zbekistonda ona va bola sog’lig’i muhofazasi bo’yicha xalqaro standartlarni
hayotga tatbiq etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ona va bolaning reproduktiv salomatligi
bo’yicha olib borilayotgan ishlar XSXT hamda BMTning UNISEF va UNFPA agentliklari
tomonidan yuqori baholangan. Xalqaro Save children (Buyuk Britaniya)
tashkilotining
ma‘lumotlariga qaraganda, ayollar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida O’zbekiston
jahondagi 125 ta davlat o’rtasida 19-o’rinni, onalikni himoya qilish bo’yicha esa 27-o’rinni
egallaydi.
Davlatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyalarga qarshi faoliyat natijasida
ko’p kasalliklarning ko’rsatkichlari pasaydi, ayrimlari butunlay barham topdi.
O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimi bugun yetarli darajada moddiy-texnika
bazasi va kadrlar potensialiga ega. Yangi, jahon talablariga javob beradigan Tez tibbiy yordam
ko’rsatish markazlari barcha viloyatlarda o’z filiallariga ega, maxsus tibbiy (kardiologiya,
jarrohlik, urologiya, ko’z mikrojarrohligi), ilmiy-amaliy (pediatriya, akusherlik va ginekologiya,
terapiya va tibbiy reabilitatsiya, dermatologiya va venerologiya, endokrinologiya, ftiziatriya va
pulmonologiya) markazlar tashkil etildi.
Sog’liqni saqlash tizimidagi islohotlar kadrlar siyosatiga ham o’zgartirishlar kiritdi. Qishloq
joylardagi vrachlik punktlarida feldsherlar o’rniga
yuqori malakali, oliy ma‘lumotli shifokorlar
xizmat ko’rsatmoqda. Hozirda faoliyat yuritayotgan 3 mingdan ortiq QVPlarning yarmi
zamonaviy loyihalar bo’yicha qurilib, aholiga qoniqarli xizmat ko’rsatilmoqda.
O’zbekiston sil kasalligining oldini olish bo’yicha ijobiy natijaga erishgan davlatdir. Bu
yo’nalishda xalqaro DOTS dasturi bo’yicha chora-tadbirlar hayotga samarali tatbiq etib
kelinmoqda.
Sog’lom avlodni tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning
muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Mustaqillikning o’tgan yillari davomida bolalar sportini
rivojlantirish millat genofondini sog’lomlashtirishning muhim omili bo’lib xizmat qildi.
O’zbekistonda dunyoning boshqa davlatlaridan farqli o’laroq, bolalar sportini rivojlantirishga
ixtisoslashgan jamg’arma tashkil etilgan. Ushbu jamg’arma oldiga qo’yilgan vazifa yosh avlod
ma‘naviy va jismoniy jihatdan sog’lom bo’lishi uchun bolalar sportini ommalashtirish va rivoj-
lantirish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish.
Sog’lom ona sog’lom bola davlat dasturida bu yo’nalishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ushbu
dastur XSST, YUNISEF hamda O’zbekistonda ona va bola sog’lig’ini himoya qilish milliy
modeli: Sog’lom ona sog’lom bola xalqaro Toshkent simpoziumining obro’li
ishtirokchilari
tomonidan yuqori baholangan. 2010 yilda mamlakatimizda mutlaq sog’lom bolalar soni
ko’rsatkichi 62,6 foizga yetdi.
Mustaqillik yillarida bolalarga mo’ljallangan sport inshootlarining soni 1825 tadan 5980 taga
yetdi yoki 3,3 barobar oshdi, yosh sportchilar soni 7,4 foizdan 34,3 foizga ko’tarildi. Bolalar sportini
rivojlantirish jamg’armasi hisobidan qurilgan 1199 ta bolalar sport inshootlari zarur anjom va
uskunalar bilan ta‘minlandi. 2012 yilda 96 ta obyektning qurilishi va rekonstruksiyasiga jamg’arma
tomonidan 81,6 mlrd. so’m ajratildi. Jamg’arma tashkil topgandan beri 1400 dan ortiq zamonaviy
bolalar sporti inshootlari qurib, foydalanishga topshirildi.
Sog’liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish hamda aholi salomatligini oshirish maqsadida
bir qator hukumat qarorlari va davlat dasturining amalga oshirilishi natijasida tashhis qo’yish va
tibbiy yordamning barcha turlari sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga
oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 sentabrdagi Sog’liqni saqlash
tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga
oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24
martdagi Sog’liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash to’g’risidagi
qarori, hamda 2011 yil 21 noyabrdagi Ta‘lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal
ta‘mirlash va jihozlash jamg’armasini ta‘lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish,
mukammal ta‘mirlash va jihozlash jamg’armasi etib qayta tashkil qilish to’g’risidagi qarori tizimni
isloh qilishda muhim dasturilamal bo’ldi.
Sog’liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda xususiy tibbiyot yo’nalishi
ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko’paytirilib,
qator
imtiyozlar berilgani tufayli 2019 yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi
.
So’nggi yillarda O’zbekistonda tibbiyot va sog’liqni saqlash sohasida amalaga oshirilgan
ishlar O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019 yil 9 noyabr – Sog’liqni
saqlash xodimlari kuniga bag’ishlangan bayram tabrigida batafsil ko’rsatib o’tildi. Unda
keltirilishicha, bugungi kungacha sohani isloh qilish bo’yicha respublikamizda 170 dan ziyod
huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2019-2025 yillarda Sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirish
konsepsiyasi va tegishli dasturi qabul qilingan. Jismoniy shaxslar eng ko’p murojaat qiladigan
shoshilinch tez yordam yo’nalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez yordam brigadalari
soni 818 tadan 1666 taga yetkazildi. 1500 dan ortiq Tez tibbiy yordam mashinalari xarid qilindi.
Joylarda allergologiya, onkologiya, nefrologiya va qator yo’nalishlarda ixtisoslashgan markazlar
soni 16 taga yetkazildi. Xududlarda 310 ta ixtisoslashgan bo’limlar, respublika ixtisoslashtirilgan
ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining 14 ta filiali ochildi. Tarmoqda xususiy sektor ulushi oshirilib,
bu yo’nalishdagi shifoxnalar soni 5300 tadan oshdi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bilan
hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar ish boshladi. Ayni paytda
mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy ta‘lim dargohi, ularning 4 ta filiali, shuningdek, xorijiy nufuzli
tibbiy-ilmiy maussasalar hamkorligida 22 ta xalqaro fakultetlar ochildi.
Sohaga davlat byudjetidan 2017 yilda 7,1 trln, 2019 yilda esa 12,1 trln. so’m mablag’
ajratildi. Bu o’tgan yillarga qaraganda 1,6 barobar ko’p demakdir. So’nggi yillarda 1300 dan ortiq
davolash muassasalarida qurilish-ta‘mirlash ishlari olib borilib, 2019 yilda 100 mln. dollarlik