Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar. Reja


Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni



Download 27,09 Kb.
bet3/8
Sana13.06.2022
Hajmi27,09 Kb.
#662058
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Taklifga ta\'sir qiluvchi omillar, Asadbek Isroiljonov MMEJ 201

4.Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko’payadi. 
5.Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Agarda muayyan tovar ishlab chiqarishga qaraganda boshqa tarmoq sohalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab chiqarish xizmat ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar taklifini ko’paytiradi. 
6.Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. 
Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. Bular ham taklifni o’zgarishiga ta’sir qiladi. 
7.Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. 
Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish ham taklifga ta’sir etadi. 
8.Tashqi savdo. 

Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni 
ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning o’zgarishiga ta’sir etadi. 





Taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha omil (determinant)larni 
o’zgarishi xuddi talab egri chizig’ini o’rnini o’zgarishiga o’xshab butun shkalani, o’z nav-batida, butun taklif egri chizig’ini ham siljishiga olib keladi. Taklif miqdori va taklifni o’zgarishini quyidagi chizmada ko’rish mumkin. Shuni eslatib o’tish joizki, ayrim tovarlarga taklif o’zgarmaydi. Masalan, noyob san’at asarlari: Behzod miniatyuralari, Leonardo da Vinchi rasmlari, Mikelandjelo haykallari kabilar. Ijodiy kasb

sohiblari — shoirlar, rassomlar, musiqachilar mehnati mahsulini taklif qilish ham noo’zgaruvchan hisoblanadi. Deh-qonchilik qilishga yaroqli erlar miqdorining cheklanganligi tufayli uni taklif qilishni oshirib bo’lmaydi. O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy resurslarga talab va taklifni birgalikda alohida ko’rib chiqamiz.
Iqtisodiy resurslarga talab ham tovarlarga bo’lgani kabi 
shakllanadi. Lekin, iqtisodiy resurslarga talab birinchi navbatda shu resurslarni qo’llagan holda ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, stanok ishlab chiqarish kengaysa, resurs bo’lmish metallga talab ortadi. Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi: 
a) pirovard mahsulotga talabning o’zgarishi; 
b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qo’llash. Masalan, gaz o’rniga ko’mir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi; 
v)umumiy sarf-xarajatlarda har bir resurs hissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, tayyor mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning hissasi qancha ekanligiga bog’liq. Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan 
taqqoslanganda katta hissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. 
Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga 
ortadi. Bu o’z navbatida talabning ham shu darajada pasayishiga olib kelishi mumkin. 

Download 27,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish