Kirish
Ta’kidlab o‘tish joizki turizmning rivojlanishi birinchi navbatda turizm industriyasining o‘zagi bo‘lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog‘liq. Chunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo‘lib,birinchi navbatda turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo‘lgan htiyojlarini qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muhim bo‘lagi hisoblanadi. Shuning uchun ham XXI asr turizmida mehmonxonalar biznesida nafaqat xizmatlar assortimentini ko‘paytirishga, balki ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini oshirishga alohida etibor berilmoqda, ya’nixizmatlarning sifatini va samaradorligini oshirishda yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda. Bu borada yurtimiz mehmonxonalar va xizmatlar sohasini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishda xizmat ko‘rsatish sohasi tobora katta rol o‘ynamoqda. Хоrijlik respublikamizga sayyohlarni ko`prоq jalb qilishning muhim shartlaridan biri, bu turizm infratuzilmasini shuningdek, mehmonxonalar faoliyatida zamonaviy servis xizmatlari ko‘rsatishni jahon andоzalari talablariga mоs tarzda rivоjlantirishdir. Bu bоrada mamlakatimizda so`nggi yillarda samarali ishlar amalga оshirilayotganini aytib o`tish jоiz.
Хususan, ko`plab yangi mеhmоnхоnalar qurilmоqda, mavjud mehmonxonalar esa qayta rekonstruksiya qilinmoqda va mamlakatimizga tashrif buyuruvchi sayyohlarga sifatli sеrvis хizmatlari ko`rsatilmоqda. Mamlakatimizda хоrijlik mеhmоnlarga ko`rsatiladigan хizmatlar sifatini оshirish ishlari uzluksiz davоm ettirilmоqda. Bu shundan dalolat beradiki, mamlakatimizda mehmonxonalar faoliyati va undagi xizmat rivojlantirish zarur.
Shuni alohida ta'kidlash joizki, xizmat ko‘rsatish sohasi subyektlarining shakllanishi va taraqqiy etishida hamda ularning yuqori samaradorlik bilan ishlashini ko‘rsatish ancha rivojlanib borayotganligi va ularni o‘rganish, tadqiq etish va uni ta'minlashda ayrim muammolarga ham duch kelinmoqda. G‘arb davlatlarida mehmonxona xo‘jaliklarini boshqarish bo‘yicha ko‘p yillik tajriba yig‘ilgan Mehmonxona sanoati korxonalari faoliyatida xorij tajribasini o‘rganish shubxasiz, mexmonlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Xizmatchilar mexmonlar tomonidan zamonaviy xizmat darajasiga qanday talab qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘lmasa ulardan mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishlarini talab qilish murakkabdir.Ammo O‘zbekistondagi turizm sanoati o‘ziga xos sharoitlarda faoliyat ko‘rsatayotganligini etiborga olish kerak.Bugungi kunda bizga jaxon talablariga javob beruvchi turizm sanoatini rivojlantirishning milliy modelini yaratish bo‘yicha takliflar kiritilgan. Mehmonxona xizmatlari sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi iqtisodiy omillar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Mehmonxona rahbarlarining doimiy ravishda xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarishni yaxshilash, uni kengaytirishga e’tiborni qaratish, binolarni rekonstruksiya qilish. Yangi texnologiyalarni kiritish va boshqalarni tushunishlari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |