6.O’zbekistonda “Lotte City Tashkent Palace”mehmonxonasi xizmatlarining samaradorligini oshirish yo‘llari va ko’rsatkichlarini iqtisodiy baholash
Mamlakatimizning turizm sohasi iqtisodida shunday davr keldiki, unda modemizatsiya, ya’ni zamonaviylashtirish eng muhim omilga aylanib qoldi. Ko'plab turistik korxona va mehmonxonalar o‘z faoliyatlari samaradorligini oshirishda texnik va texnologik jarayonlami zamonaviylashtirish hisobiga erishmoqdalar.
Umuman aytganda, samaradorlik tushunchasini turizm sohasida ikki tomonlama tahlil qilish mumkin. Birinchisi, mehmon nuqtai nazari tomonidan. Ikkinchisi, boshqaruv nuqtai nazari tomonidan. Mehmon nuqtai nazaridan qaraganda ma’lum bir xizmat ko'rsatish turini naflilik darajasi deb tushunilsa, boshqaruv nuqtai nazari tomonidan foydalilik ko‘rsatkichi deb tushuniladi. Dunyoda ko‘plab mehmonxonalar mavjud.
Ular tashrif buyurgan mehmonlami mijozga aylantirish uchun samaradorlilikni yuqori darajada shakllantirishga intilishadi. Bu jarayon mehmonxona o‘z mehmonlarini o‘ylab, ular uchun ko‘ngilli yordam berish uchun emas, balki ko‘proq foyda olish rnaqsadida bajaradilar. Mehmonxona miqyosida esa ko'proq foyda olish uchun mehmonlarga yuqoriroq samaradorlikni taklif etgan holda boshqa raqiblardan ajralib turish lozimdir.
Hozirda mamlakatimizda 318 ta mehmonxona xo‘jaligi mavjud. Ularning aksariyati 3 va 4 yulduzli mehmonxona xo‘jaliklaridir. Bunga ko'plab sabablami ko'rsatib o‘tish mumkin. Xususan, turistlar oqimi yetarli miqdorda emasligi, dam olish turizmi va boshqa turlarini keng rivojlanmaganligi, shuningdek 5 yulduzli mehmonxonalami qurish uchun ketadigan sarmoyani va faoliyatini samarali tashkil qilish uchun mos keladigan sharoitni mavjud emasligini asosiylari sifatida aytib o‘tish mumkin.
Alohida shuni aytib o‘tish kerakki, hozirda faoliyat ko'rsatayotgan mehmonxonalari barchasini ham samaradorligini yuqori deb bo’lmaydi. Buning tasdig‘i sifatida quyidagi ma’lumotni keltirishimiz mumkin.
Biz bilamizki, mehmonxona xo‘jaligi uni katta yoki kichikligidan qatiy nazar 40% to‘liqlik bilan faoliyat yuritayotganida xarajatlarini to’liq qoplab turgan vaqti hisoblanadi va shu bilan birga bu ko‘rsatkichda mehmonxona hali foydaga ishlamayapti. Yuqoridagi jadvalda esa eng katta ko‘rsatkich 2010-yilda bo’lib, unda 37,80% ni tashkil etadi. Bu nimani anglatadi? 0‘zbekistondagi mehmonxonalami zararga ishlayotganinimi? Javob, yo‘q albatta!
Bu jadvaldagi ko'rsatkichlar umumiy hisobda ya’ni O‘zbekistondagi barcha mehmonxonalar uchundir. Ulardan ba’zilari 80% to’liqlik bilan yil yakunlarini chiqargan bo'lsa, ba’zilari 10-15% bilan chegaralangan. Aynan shu mehmonxona xo‘jaliklari yetarli samaradorlikka ega bo‘lmaganlari hisoblanadi. Ammo shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, yillik to’lish koeffitsiyenti yuqori degani bu yuqori foyda degani emas.
Umuman aytganda, samaradorlik tushunchasi boshqaruv tomonidan qaraganda rejalarni natijalarga bo’lishdir. Endi ruxsatingiz bilan mehmonxona xo‘jaligi samaradorligini aniqlovchi asosiy usullami ko‘rib chiqsak. Xususan quyidagilarni:
-mehmonxona xo‘jaligi to‘lish koeffitsiyenti.
-mehmonxona xo‘jaligi hodimlarining samaradorlik koeffitsiyenti.
-bir mehmonga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha tushum.
-joriy yilda qilingan xarajatlar rentabilligi.
Mehmonxona xo‘jaligi to‘lish koeffitsiyenti (Mm) — bu muhim ko'rsatkichlardan biridir. Buni aniqlash uchun foydalanilgan joylar (JF) sonini mehmonxonada mavjud bo'lgan barcha joylar (JB) soniga bo‘lamiz. Masalan, mehmonxonada 75 ta joy foydalanilmoqda va umumiy 110 ta joyi mavjud. Bunda mehmonxona xo‘jaligi to‘lish koeffitsiyenti10 quyidagicha topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |