-Qizdirish kuchlanishi chiqishining(a) manfiy qutbini vat ok manbaidagi 500 V chiqish (b)ni xavfsiz ulash kabellari bilan ulang va bundan tashqari ularni taqsimlash shitining “yer” razetkasiga ulang.
-Qizdirish kuchlanishi chiqishning manfiy qutbini universal shtativning F4 razetkasiga va musbat qutbini F3 rozetkasiga ulash uchun xavfsiz ulash kabellaridan foydalaning.
-IA anod tokini o’lchash uchun anod ulash kabelini ampermetrning minus klemmasiga ulang va ampermetrning plyus klemmasini 500 V chiqishning musbat qutbiga ulang.
-UA anod kuchlanishini o’lchash uchun voltmetrni 500 V chiqishga ulang.
-Mos keluvchi o’lchash diapazonini tanlang (maslan, ampermetrda mA va voltmetrda 500 V).
-Tok manbaini va ampermetrni kuting. Diodning qizdirish simi birdaniga qizil bolib yonish kerk.
-Agar zarurat tug’ilsa diodni tekshirib ko’rish uchun oling va universal shtativ P diod o’rtasidagi kontaktlar yaxshi ulanganligini tekshirib ko’ring.
TAJRIBALARNI O’TKAZISH Eslatma: Vakuumli diodga qizdirish kuchlanishi ulanganda yoki kuchlanishning qiymati o’zgarganda qizdirgich yangi temperaturaga bir necha sekund ichida erishadi. Shuning uchun qizdirgich ulangandan tajribalarni boshlash mumkin.
-Aylanma potensiometr yordamida 5.0 V qizdirish kuchlanishini o’rnating.
-UA anod kuchlanishini aylanma potensiometr (b) yordamida 0 V dan boshlab orttira borib bir qancha kuchlanishlar uchun anod toki IA ni yozib oling (o’lchash misollariga qarang).
-Kuchlanishning 5.5 V va 6.0 V qiymatlari uchun ham tajribalarni takrorlang.
HISOBLASHLAR VA NATIJALAR 4-rasmda qizdirish kuchlanishining uch har xil qiymati U1 , U2 va U3 lar uchun anod toki IAning anod kuchlanishi UA dan bog’liqligi keltirilgan. Hajmiy zaryadlarning chegaralash sohasi va to’yinish sohasi C aniq ajralib turibdi. Qizdirish kuchlanishining kattaroq bo’lishi to’yinish tokining kattaroq bo’lishiga olib keladi. Bu esa to’yinish tokining katoddan ajralib chiqayotgan elektronlar soniga tog’ri proportsional bo’lish faktini tasdiqlaydi. Lengmyur-Chayld tenglamasini tekshirib ko’rish uchun anod toki (I A3/2) ning anod kuchlanishi (UA)ga bog’liqligi 5-rasmda chizilgan. (1) tenglamaga asosan chiziqli bo’lishi kutilayotgan bog’lanish grafikdan aniq ko’rinadi va bu qonunning to’g’riligini tasdiqlaydi.