Tajribalar. Modulli-kredit tizimi


Modulli ta'limda kredit tizimi



Download 461,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana14.04.2022
Hajmi461,43 Kb.
#552063
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
9-m. modul-kredit.

Modulli ta'limda kredit tizimi. 
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimi oldidagi 
eng asosiy vazifa malakali mutaxassisni tayyorlash. Bunday mutaxassisni tayyorlash 
uchun, albatta, unga nisbatan surilayotgan talablar tizimini aniqlab olish kerak. Ushbu 
savolga javob qidirib, quyidagi to‘rt yo‘nalishdagi talablar tizimiga duch keldik:
1. O‘z sohasi bo‘yicha zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
2. Sohaga oid mavjud bilimlarini doimiy ravishda mustaqil oshirib borish, ya'ni 
mustaqil ta'limga tayyor bo‘lish.


3. Sohaga innovatsiyalar kiritish uchun mustaqil izlanish va ijod qilish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish.
4. O‘z vaqtini rejalashtirish, boshqarish va o‘z faoliyatini tashkil etish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish. Agar soha bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malalkalarni 
shakllantirishda mavjud reproduktiv ta'lim yetarli bo‘lsa, mustaqil ta'lim olish 
ko‘nikmasini va ijodkorlikni rivojlantirish, o‘z faoliyatini boshqarish masalasini hal 
etishda modulli yondashuv katta imkoniyatlarga ega. Modulli ta'limning maqsadi 
talabaning aynan shu jihatlarini shakllantirishga qaratilgan. Modul shunday tuzilishi 
lozimki, talaba ushbu modulni mustaqil ravishda o‘zlashtira olish va ko‘zlangan 
natijaga erishish imkoniga ega bo‘lsin. 
Bunday natijani ta'minlash uchun modulda axborot materiali aniq, lo‘nda, 
tushunarli, mantiqiy, tizimli bayon etilishi va ko‘rgazmali bo‘lishi, axborotning har 
birn mantiqiy bo‘lagi bo‘yicha o‘z-o‘zini tekshirish uchun topshiriqlar ishlab chilgan 
bo‘lishi, ana shu topshiriqlarni ishlab chiqish uchun aniq tavsiyalar berilgan bo‘lishi 
talab etiladi. Modulli ta'limda pedagog talabaning o‘zlashtirish jarayonini tashkil etadi, 
boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Demak, modulli yondashuv yangi axborotni 
mustaqil o‘zlashtirish, talabaning mustaqil va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish, 
o‘zining va o‘rtoqlarining faoliyatini baholashga qaratilgan. Bunday yondashuv 
zamonaviy talablar tizimiga mos tushadi. Modulli yondashuv erishilgan natijani izchil 
nazorat qilib borishga asoslangan. Natijada modul-kredit tizimi vujudga kelgan. 
Kredit-(Zachet birligiga aylanuchi yevropa tizimi (ECTS) (European Credit Transfer 
and Accumulating System)) kredit jamlash tizimidir. Ushbu tizim yevropa 
universitetlarida 1989 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlardan muvafaqqiyatli o‘tdi va qabul 
qilindi. U talabaning umumiy yuklamasiga asoslanadi. Kredit tizimini kiritishdan 
maqsad ta'limning shaffofligini va akademik bilimlarni hamda kvalifikatsiyani tan 
olishni osonlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Dastlab kredit chetdan kelib o‘qiyotgan 
talabalar uchun ishlatilgan va unga ishonch bildirilgan. Oliy ta'lim muassasalari uchun 
yagona kreditlarni o‘rnatilishi esa talabalarning mobilligini ta'minlashga yordam berdi. 
Bugungi kunda yevropa kredit tizimi yevropaning deyarli barcha davlatlarida tan 
olingan va amal qiluvchi tizimdir. Talaba o‘rnatilgan kredit ballarini to‘plagan 
taqdirdagina diplom olishga muvaffaq bo‘ladi. Dunyoning oliy ta'lim tizimida kredit 


tizimining bir necha turi mavjud. Yuqorida aytib o‘tilgan ECTS bilan bir qatorda, 
USCS -Amerikaning kredit tizimi, CATS - Britaniyaning kredit tizimi, UCTS - Osiyo 
davlatlari va tinch okeandagi davlatlarning kredit tizimlari mavjud. Yevropa kredit 
tizimining asosini uch unsur tashkil etadi: o‘quv dasturlari haqida axborot, talabaning 
erishgan natijalari va talaba faoliyatining hajmi. Har bir o‘quv yili 60 qismga bo‘linadi 
va zachyot birligi hisoblanadi. Bir haftalik yuklama 54 soatdan oshmasligi kerak, 54 
soat 1,5 kreditga teng. O‘quv yilining davomiyligi yevropada o‘rtacha 40 xafta. Ammo 
yevropaning turli davlatlarida o‘quv yilining davomiyligi turlicha bo‘lishi ma'lum 
darajada muammolarni keltirib chiqaradi. Kredit tizimi barcha o‘qitish shakllarini 
nazoratini o‘z ichiga oladi (auditoriya va auditoriyadan tashqari). Kredit tizimi ta'lim 
jarayonida o‘qilgan soatlar miqdorini emas, balki erishilgan natijani ko‘rsatib beruvchi 
o‘lchov birligidir. Ya'ni mutaxassisni kompetentlik darajasiga baho beruvchi natijaga 
qaratilgan o‘lchov birligidir. Demak, kredit nafaqat o‘quv faoliyatiga berilgan baho, 
balki, bajarilgan o‘quv yuklamasini ko‘rsatib turuvchi birlikdir. Bir kredit 36 akademik 
soatga teng (54 akademik soat 1,5 kreditni tashkil etadi). Har bir o‘quv moduli 1 yoki 
1,5 kreditga mo‘ljallanadi va, odatda, uning soni uchtadan oshmasligi lozim. 
Kreditining o‘quv jarayonidagi o‘rni va u bilan bog‘langan unsurlar quyidagi sxemada 
ko‘rsatilgan. 
Yevropa kredit tizimida birinchi bosqichda (bakalavriat) talaba 180 kreditdan 240 
kreditgacha to‘plashi mumkin. Ikkinchi bosqichda (Magistr) 90-120 gacha kredit 
yig‘ish imkoniga ega. Kredit tizimining asosini albatta reyting ball tizimi tashkil etadi.
Ta'lim sohasidagi integratsion jarayonlar ilk bor yevropada boshlangan edi. 1989 
yilda yevropaning minglab bilim oluvchilari yevropa hamjamiyatining ERASMUS 
(European Community Action Scheme for mobility of University students) TEMPUS 
va boshqa dasturlari asosida chet ellarda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
ERASMUS dasturi bo‘yicha yevropa hamjamiyati universitetetlari o‘rtasidagi bilim 
oluvchilar almashinuvi sxemasi dastavval 145 oliy o‘quv yurtlarini qamrab olgan edi.
ERASMUS dasturining yutuqlaridan biri bu yevropa universitetlaridagi o‘qitish 
natijalarini o‘zaro tan olish tizimi-(bu) (European Credit Transfer System (yeSTS) ni 
yaratish sinash va amaliyotga keng qo‘llash deb aytish lozim. 2001 yilda o‘quv 


jarayonini tashkil etishning kredit texnologiyasi yeSTS yevropaning 1200 ta 
universitetlarida allaqachon qo‘llanilgan edi. 
O‘quv jarayonidagi yuklamaning hajmi 
O‘quv jarayonini individuallashtirishga yo‘naltirilgan 

Download 461,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish