Tajriba mashg’uloti №6
Mavzu: Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborot xavfsizligini ta’minlash usullari
Axborot xavfsizligi – fuqarolar, tashkilotlar va davlat manfaati yo’lida jamiyat axborot muhitini shakllantirish, takomillashtirish hamda undan foydalanish jarayonlarida uning ichki va tashqi tahdidlardan himoyalanganligini ta’minlovchi holatdir.
Ахborot хаvfsizligining коnsеptual modeli
Axborot xavfsiziligiga tahdid ob’ektlariga himoya qilinishi lozim bo’lgan ob’ektning tarkibi, holati va faoliyati haqidagi ma’lumotlar kiradi.
Axborotga tahdid deganda uning konfidentsialligi, butunligi, to’laligi va u bilan tanishish qoidasi bo`zilishi tushuniladi. Axborot xavfsizligiga tahdid manbalariga korruptsiyachilar hamda boshqa bo`zgunchilar kiradi.
Axborot xavfsizligiga tahdid manbalarining maqsadlari quyidagilarga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin: muhofaza qilinayotgan ma’lumotlar bilan tanishish, g’arazli maqsadlarda ularni o’zgartirish va moddiy zarar etkazish yo’lida ularni yo’qotish.
Kondidentsial axborot manbalariga odamlar, hujjatlar, nashrlar, axborot tashish texnik vositalari, ishlab chiqarish va mehnat faoliyatini ta’minlovchi texnik vositalar, mahsulot hamda ishlab chiqarish chiqindilari kiradi.
Axborot himoyasi yo’nalishlarining asosiylariga huquqiy, tashqiliy va injener-texnik himoyalar kirib, bular axborot xavfsizligini ta’minlashda kompleks yondoshishning asosini belgilaydi.
Axborotga nisbatan qo`llanilgan noqonuniy barcha amallar tarmoq natijasida uning konfidensialligini, to`liqligini, ishonchliligini va unga kirish imkoniyatini buzadi.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o`zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo`lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko`p hollarda uning o`zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o`zgartirishdan, uni o`g`irlashdan, yo`qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug`iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog`liq qilib qo`yadi. Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma`lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo`llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqashaxs o`qish imkoniga ega bo`lmagan. Asrlar davomida bu san`at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o`n yil oldin hamma narsa tubdan o`zgardi, ya`ni axborot o`z qiymatiga ega bo`ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o`g`irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug`iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |