Funksional, konstruktorlik va texnologik qo‘yimlar M ashinani yoki detalni ruxsat etilgan
ekspluatatsion og‘ishlarini hisobga olib
funksional qo‘yimlar o‘rnatiladi.
Binobarin, tutashtirilmaydigan sirtlar
uchun bu gidrotizim sopelining, karbyurator
jiklyorlari diametrlarining qo‘yimlari
va h.k. bo‘lishi mumkin. U holda bu o‘lchamning
2.1– rasm. Qo‘yimlar joylashish funksional qo‘yim eng katta va eng
maydoni kichik ruxsat etilgan qiymatlarining
ayrimasiga teng. Bu esa buyumning ryxsat berilgan ekspluatatsion ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga bog‘liq holda aniqlanadi (2.1–rasm).
Funksional qo‘yim ekspluatatsion va konstruktorlik Tk qo‘yimlarning yig‘indisidan iborat. Birinchi – ekspluatatsion qo‘yim Tek detalni uzoq muddat ishlashi talabini qondiruvchi aniqlik zaxirasini tavsiflaydi. Ikkinchisi – konstruktorlik qo‘yim Tk turli xatoliklarni kompensatsiya qiladi. Konstruktorlik qo‘yim funksional qo‘yim bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, mashinani tayyorlash va ekspluatatsiya qilish sarflarni tahlillash (nazariy va tadqiqotlash yordamid) asosida konstruktor tomonidan o‘rnatiladi.
Texnologik jarayon (TJ) davom etishida sodir bo‘luvchi oralik o‘lchamlarga tayinlanuvchi qo‘yimlarga texnologikqo‘yim deb ataladi. U sodir bo‘luvchi xatoliklarga bog‘liq bo‘lgan juda ham murakkab jarayondan iborat. Texnologik qo‘yim konstruktorlik qo‘yimdan kichik bo‘lishi uchun bunday xatoliklarni iloji boricha minimumga keltirish zarur. SHunday sharoitdagina birikma va mashinalarni yig‘ish jarayoni engillashadi. Konstruktorlik va texnologik qo‘yimlar orasidagi nisbatlarini tahlilash TJ takomillashganligi to‘g‘risida hukm chiqarish imkonini beradi.
Binobarin, texnologik tizim dastgoh–moslama–asbob–tanavor (DMAT) doimiy (nominal) o‘lchamning funksiyasi davom etishini o‘ziga xosligi tufayli uni ta’minlay olmasligi sababli haqiqiy o‘lcham tushunchasi kiritilgan. U, ruxsat etilgan xatolik bilan o‘lchash orqali aniqlnadi. Haqiqiy o‘lcham nominoldan ruxsat etilgan miqdordan katta farq qilmasligi zarur. SHuning uchun ikkita chegaraviy o‘lchamlarga farqlanadi – eng katta va eng kichik. Nominal o‘lchamning miqdori eng katta va eng kichik o‘lchamlar oralig‘ida bo‘lishi yoki ulardan biriga teng bo‘lishi ham mumkin.
Haqiqiy deb ataluvchi o‘lcham, mahsulotning sifatini baholash uchun muhim ahamiyatga ega. Detalni tayyorlash jarayonid har oniy vaqt birligida bu o‘lcham turlicha bo‘lib chiqadi. Buning fizikaviy mohiyati shundan iboratki texnologik tizim tanavorga ishlov berib, harakatlanib (nafas olib) turish jarayonida birnechta omillar vujudga kelib, detalning sifatli chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar ikki turga farqlanadi.
Birinchisi– DMAT tizimiga bog‘liq omillar, quyidagilar:
– texnologik jihozning geometrik xatoliklari;
– tanavorlarni o‘rnatishdan sodir bo‘luvchi xatoliklar;
– texnologik tizimning (bikirligi) elastik deformatsiyalanishidan
chaqirilgan xatoliklar;
– keskich asboblarnining o‘lchamli eyilishi natijasida kelib chiquvchi
xatoliklar;
– keskich asboblarni sozlash bilan bog‘liq xatoliklar;
– texnologik tizimlarning haroratdan deformasiyalanishiga bog‘liq
xatoliklar;
– barcha yuqoridagi omillar ta’sirida sodir bo‘luvchi shakl va fazoviy
og‘ish xatoliklari.
Ikkinchisi–DMAT tizimiga bog‘liq bo‘lmagan xatoliklar:
–tanavorlarning nusxalanishidan sodir bo‘luvchi xatoliklar;
–tanavorlarning ichki kuchlanishidan kelib chiquvchi xatoliklar.