PARTIYA DETALLARGA ISHLOV BERISHDA SOZLASH O`LCHAMINI ANIQLASH.
Ishning maqsadi: Partiya detallarining aniqligini baholash usullarini organish
TOPSHIRIQ: Texnologik tizimning ishlov berish
Anikligiga va unumdorligiga ta’siri
Texnologik tizimning moyilligi
Umumiy ma`lumot Dastgoh - moslama - xomaki – asbobdan iborat bo‘lgan texnologik tizimning o‘zi elastik tizim bo‘lib, uning ishlov berish jarayonida deformatsiyalanishi natijasida ishlov beriladigan xomakilarning o‘lchamlarining va geometrik shakllarining sistematik va tasodifiy xatoliklarini keltirib chiqaradi.
SHu bilan birga ushbu texnologik tizim yopiq dinamik tizim bo‘lib ishlov berilayotgan sirtning shakl xatoliklarini (to‘lqinsimonlik va doirasimonlikdan chetga chiqish) hosil qiladi.
1. Ishlov berish xatoligining hosil bo‘lishiga texnologik tizimning bikirligi va moyilligining ta’siri Tokarlik dastgohining markazlarida silliq valga ishlov berishning (3.1-rasm) boshlang‘ich momentida, ya’ni keskich valning o‘ng tomonida bo‘lganda, kesish kuchi Ruxomaki orqali ketingi markazga, pinolga va dastgohning ketingi babkasiga ta’sir ko‘rsatib, ushbu elementlarning (ketingi markazning va pinolning egilishi, ketingi babka korpusining elastik qaytishi Uor.b) «ishchidan» qarama-qarshi yo‘nalishda elastik deformatsiyalanishini hosil qiladi. Bu esa keskichning cho‘qqisidan xomakining aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofani Uor.b. kattalikka uzoqlashishiga va o‘z navbatida ishlov berilgan xomaki radiusining kattalashishiga olib keladi.
3.1-расм. Технологик тизимнинг эластик =айтиши
SHu bilan birga Ru kuch ta’siri ostida keskich va support «ishchiga» qarab elastik Uasb qaytadiva bu esa o‘z navbatida keskichning cho‘qqisidan xomakining aylanish o‘qigacha bo‘lgan masofani uzaytirib detalning radiusini kattalashtiradi. SHunday qilib, boshlang‘ich momentda ishlov berilgan sirtning haqiqiy diametri sozlash vaqtida o‘rnatilgan diametrdan q2(Uor.b + Uasb) o‘lchamga katta bo‘ladi. Ishlov berish davomida keskichning ketingi babkadan oldingi babka tomonga yurishi natijasida ketingi babkaning elastik qaytishi kamayib, oldingi babkaning Uol.b va ishlov berilayotgan xomakining Uxom elastik qaytishi oshib boradi, ular ham ishlov berilayotgan xomakining haqiqiy diametrini kattalashtiradi.
Ishlov berilayotgan xomakining haqiqiy diametri A-A kesimda quyidagiga teng:
(3.1)
Dastgoh elementlarining elastik deformatsiyalanishi (asbob va supportdan tashqari) ishlov berish davomida xomaki uzunligi bo‘yicha o‘zgarib boradi va natijada xomakining uzunligi bo‘yicha shakli ham o‘zgaruvchan bo‘ladi. Val uchun o‘lchamlarning xatoligi va xomakining shakli texnologik tizimning elastik deformatsiyalanishining ikkilangan qiymatiga teng. Elastik qaytish U shu qaytish yo‘nalishida ta’sir kiluvchi kuchlar va texnologik tizimning bikirligi bilan aniqlanadi.