Ikki pog'onali kimyoviy tuzsizlantirishning prinsipial sxemasi:
H1 va H2 – birinchi va ikkinchi pog'ona kationit filtrlari; A1 va A2 – mos ravishda kuchli va kuchsiz asosli anionitlar yuklangan birinchi va ikkinchi pog'ona anionit filtrlari; D – dekarbonizator; BDV – dekarbonizasiyalangan suv baki; H2SO4 – H – kationit filtrlarini regenerasiyalovchi kislota; NaOH – OH–anionit filtrlarini regenerasiyalash uchun natriyli ishqor.
Kationitlar suvda erimaydigan polimer moddalardan tayyorlangan bo’lib, ularning struktura sxemasini shartli ko’rinishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
1 - Kationitning qattiq sintetik smola (karkas) qismi,
- Karkas bilan bog’langan funktsional guruh,
- Kationitning almashinuvchi qo’zg’aluvchan ionlari.
Kationitlar qattiq karkas atrofidagi qo’zg’aluvchan kationlarining xiliga qarab, natriy va vodorod kationitlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |