Ebookmaestrofree dasturi bilan ishlash. TAJRIBA ISHI-2. Ishdan maqsad: Тalabalarga bu tajriba mashg’ulotida dasturiy ta’minotlaridan foydalangan holda elektron o’quv resurslarini yaratishni o’rgatish va ular haqida nazariy bilimlar bеrish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Bilim va ko’nikmalarga talablar: Talabalar Ebookmaestrofree dasturiy ta’minotidan foydalangan holda elektron o’quv resurslaridan exe fayl yaratishi, u haqida tushunchaga ega bo’lishlari, ularning vazifasi nimadan iborat ekanligi haqida va uning talablari haqidagi ma’lumotni bilishlari lozim, shuningdek saytlar haqida ma’lumotga ega bo`lishlari talab etiladi.
Tajriba mashgulotni o’tkazish uchun kеrakli jixozlar: Pеntium-IV kompyutеr, printеr va kompyuter dasturlari.
ISH REJASI: Dasturlar bilan ishlash.
Ebookmaestrofree dasturiy ta’minotidan foydalanish;
Ebookmaestrofree dasturiy ta’minotidan foydalanib, pedagogik vosita yaretish;
Keltirilgan reja asosida mustaqil hisobot yozing.
Amaliy mashq. Avvalo bu Ebookmaestrofree dasturini kompyutremizga o’rnatib olishimiz zarur. Buning uchun unung exe faylini kompyutremizga yuklab olishimiz zarur. Shundan so’ng sichqonshaning yurgichini ustiga olib borib ikki marta bosamiz va yangi muloqot oynasi hosil bo’ladi.Shundan
so’ng siz Далее bandini bosasiz.
Bandini bosganingizdan so’ng undan yangi oyna paydo bo’ladi.
Shundan keyingi hosil bo’lgan muloqot oynasiga esa faqat Далее bandi tanlanib ketaveradi va dasturingiz kompyuteringizning C diskiga saqlanadi. Dastur yuklangandan so’ng uning yorlig’I ishchi stolingizda paydo bo’ladi va siz u orqali dasturni ishga tushurishingiz mumkin bo’ladi.
Dasturning umumiy ko’rinishi.
Siz dasturni ishga tushurishingiz bilan Общие bandi tanlangan bo’ladi. Siz undan hujjatga nom va mualliflik ismi va familiyangizni kiritasiz.
Shundan so’ng Файлы bandi orqali siz hujjat joylashgan joyni kiritasiz yoki
to’g’risida turgan Обзор bandi orqali hujjat joyi ko’rasitaladi.(Обзор bandi sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali faollashtiriladi.).
Keyingi banda esa hujjatning index fayli belgilanadi. Oxirida joylashgan katakchaga esa saqlanadigan joyning nomi ko’rsatiladi. Bu katakchalarning hammasi Обзор bandi (sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali faollashtiriladi) orqali kiritiladi va yuqorida joylashgan Компиляция instrumenti orqali jarayon davom ettiriladi.Qarabsizki siz kutga exe fayl hosil bo’ladi.