(9.5-rasm):
9.5-rasm. Loyihaga
kirish nuqtasini berish Ok tugmasini bosish bilanoq, dastur
bajariladi.
Xossalar
Ish maydoniga joylashtirilgan har qanday obyekt o’zining xususiyatiga egadir.
Masalan, Solution Explorerdagi fayl o’zini turgan joyini ifodalaydigan papka yo’lini
ko’rsatadigan xususiyatga ega. Palitradagi komponent (masalan, tugmacha) ishlash
vaqtida ko’rinuvchi, formadagi o’zining nomiga, koordinatasiga va h.k. ega.
Faol (ya’ni, ayni vaqtda sichqoncha bilan bosilgan) obyektning barcha
xususiyatlari Properties (свойства) nomli alohida oynada aks etib turadi. Bu oyna
ko’rinib turgan bo’lishi ham mumkin yoki yo’q. Oynani ko’rsatish uchun formadagi
istalgan obyektning ustida konteks menyu chiqariladi hamda undan Properties opsiyasi
tanlanadi. Ushbu elementning ko’rinishi 9.6-rasmda aks etgan