1-rasm. YAKNO qurilmasi sxemasi.
Portlashdan ximoya bo‘yicha markirovkasi RV-4V. Bularda xavoli avtomat uzgich qo‘laniladi. Ushbu KTQlar uch modifikatsiyada chiqariladi: kirituvchi (vvodnoy-V), seksiyali (seksionnыy-S), fiderli (fidernыe –F).
Bular bilan quyidagilar ta’minlanadi: operativ maxalliy va masofadan ulash xamda uzish; uzishda ketayotgan tarmoqni qisqa tutashtirish va zaminlash; zo‘riqish toklaridan ximoyalash; qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelni cho‘zilib ketgan ishga tushirish tokidan ximoyalash; boshqrish zanjiri qisqa tutashganda boshqarish simlarini uzilishidan ximoyalash: qisqa tutashuvdan ximoyalash; minimal ximoyalash; sizish qarshiligi 300 kOm 20% dan kam bo‘lgan ketadigan elektr tarmoqqa kuchlanishni ulashga yo‘l qo‘yilmaydigan blokirovka; shuningdek q.t. natijasida uzilgan elektr tarmoqqa kuchlanishni ulatmaydigan blokirovka; uzgichni ulangan xolda ushlab turuvchi mexanizzmning nosoz xolatida qayta ulashga qarshi blokirovka; AQU va ZAU larning bir karraligi; maksimal tok ximoyasining va blokirovkalovchi sizish relelarning sozligini tekshirishni; kuch zanjiridagi tok va kuchlanish miqdorlarini o‘lchash.
Maksimal tok ximoyasi va blokirovkalovchi sizish relesining ishlashlari to‘g‘risida signallash, zarurat bo‘lganda minimal ximoyani chiqarish.
Boshqarish va ximoya zanjirlari KTQ tarkibiga kiruvchi 6000/100/127 V li kuchlanish transformatoridan ta’minlanadi. Kabelning uzunligi 3 km gacha kesimi 2,5 mm gacha bo‘lsa uchqundan xavfsizliikni ta’minlash.
Toshkent shaxrida joylashgan O‘zbekistonning “Uzelektroapparat” qo‘shma korxonasida KRURN-6 UXL5 komplektr taqsimlovchi qurilmasi ishlab chiqariladi. YUklama uzgich sifatida bularda VVU-S EO‘-PD-6 turidagi vakuumli uzgich qo‘llanilgan. YAna uning tarkibida BZU-2-11 turidan boshqarish va ximoya bloki mavjud.
Texnik ko‘rsatkichlari.
Nominal kuchlanish kV 6; nominal tok A;
-Kirish va seksiya yacheykalari - 315, 400, 630;
-fider yacheykalari - 50, 100, 160, 200, 315, 400
Nominal chastota Gs - 50;
Nominal uzish toki kA - 20;
Nominal elektrdinamik tok Ka -50;
Qizishga chidamlilik toki kA - 20;
Qizishga chidamlilik toki o‘tish vaqti sekund – 3.
YAKNO -6 E turidagi komplekt taqsimlovchi qurilma. KTQ YAKNO-6E ochiq konlarda 6 kV kuchlanishli elektr uskunalarni ulash, va er osti iste’molchilariga skvajina orqali elektr energiyani uzatish uchun qo‘llaniladi.
YAKNO-6E yacheykasining yuqori kuchlanishli qismi quyidagi elektr apparatlardan tashkil topgan: PMB-10-o‘tkazuvchi izolyator, RVF-6/400(R) ajratkichi, kam xajmli VMP-10 K moyli uzgich, TPLM-10 (TT1, TT2) o‘lchov tok transformatori, NTMI-66 (TN) kuchlanish transformatori, PKT-10 (Pr) saqlagichi va TNP-2 (TTN) nol ketma-ketlik transformatorlari. Ajratkichni boshshqarish PR-2 moyli uzgichni boshqarish PP61K fazali erga ulanishdan ximoya uchun nol ketma-ketlikdagi tokdan ishlaydigan ETD 551/60, maksimal kuchlanish relesi RMN lar qo‘llanilgan.
Tok relesi TIP-2 transformatoriga ulangan, kuchlanish relesi TN transformatoriga ulangan. Bir fazali erga ulanish sodir bo‘llsa bu relelar ishlab RP relesini ishlatadi, bu o‘z navbatida EO uzish elektromagnitini ishlatib, moyli uzgichni uzib qo‘yadi. LK, LZ, LB signal lampalari YAKNO-6 xolatini ko‘rsatadi.
YAcheykani ulash uchun “Vkl” (“Ulash”) knopkasi va BKV, prujinali YUritma KPP kontakti orqali amalga oshiriladi.
Toshkent shaxrida joylashgan O‘zbekistonning “Uzelektroapparat” qo‘shma korxonasida YAKNO-10U, komplekt taqsimlovchi qurilmasi ishlab chiqarilmoqda. Bundan yuklama uzgich sifatida VVU-SEO‘-PZ-10/20 va b. vakuumli uzgichlar qo‘llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |