Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Download 0,66 Mb.
bet48/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

Innovatsion o‘rganuvchilar – (innovative learners) til materialini nima sababdan va qanday maqsadda o‘rganish lozimligini aniq tushunib olishlari lozim. Ular kontekstdagi axborotni yaxshi o‘zlashtiradilar, kundalik hayot va tajribalari



63 Edelenbos P., Johnstone R., Kubenak A. The main pedagogical principles underlying the teaching of languages to very young learners. Final Report of the EAC 89/04, Lot 1 study. 2006, p. 68-69.
64 Linse C.T. Practical English Language Teaching: Young Learners. – New York: McCraw-Hill, 2005. p-197.
65 Nunan D. Practical English Language Teaching. – NY.: McGraw-Hill, 2003. - p. 268.
uchun foydali deb hisoblamagan yangi ma’lumotni qabul qilmaydilar. Ularning yoqtirgan savoli: «Nima uchun?»
Tahlilchi o‘rganuvchilar - (analytic learners) – idrok etishda tartibli, maqsadga muvofiq, serqirra tahlil qilishadi. Lekin ba’zan muhim alomatlar chetda qolib tasodifiy belgilarga e’tibor qaratadilar. Ular o‘qituvchini aqlu idrok sohibi, tiyrak, sezgir, mehribon hatto donishmand inson deb biladilar. O‘qituvchi siymosida o‘zining ezgu niyati, orzu-istagi, ajoyib his-tuyg‘ularini ro‘yobga chiqaruvchi mo‘tabar shaxsni ko‘radi. O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh-urug‘lar, tanish-bilishlarning obro‘si keskin pasayadi. Shu sababli bunday bolalar o‘qituvchining har bir so‘zini qonun deb bilishadi. Ular axborot taqdim etadigan dalillarni solishtirishga qiziqishadi va til materialini yolg‘iz mashq qilishni ma’qul ko‘rishadi. Ular til materialini qismlarga ajratib o‘rganishadi. Taxlilchilar yolg‘iz ishlashni ma’qul ko‘rishadi lekin jamoa bilan yaxshi o‘zlashtirishadi. Ularning yoqtirgan savoli: «Nima?»
Kinesetik o‘rganuvchilar – (kinesthetic (tactile, auditory, visual) learners) – hodisalarning sodir bo‘lishi jarayonlarida ishtirok etishni yoqtirishadi. Ya’ni, manipulyasiya qilinadigan (manipulative), qo‘llar ishtirokida bajariladigan (hands- on activity) tajribalarda bevosita ishtirok etishni istashadi. Ular kashf qilish, taxmin qilish, tajribada sinab ko‘rish, muammo yechimini topish kabi mashg‘ulotlarda faollik ko‘rsatishadi. Ular iste’dodli o‘quvchi sifatida tan olinish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishadi va boshqalarga ham o‘z iqtidorini namoyish etishlariga ko‘maklashishdan zavqlanishadi. Ular tashqi muhitga (issiq, sovuq, yorug‘likka) va til o‘rganish muhitiga ta’sirchan bo‘lishadi. Ularning yoqtirgan savoli: «Bu qanday ishlaydi?»
Dinamik o‘rganuvchi – (dynamic (left/right brain) learners) serharakat bo‘lib mastaqil kashf qilib o‘rganishni yoqtiradi, o‘ziga ishonadigan, tashabbuskor va bilganlarini boshqalarga ham o‘rgatishni yoqtiradi. Mustaqil ta’lim u uchun foydali bo‘lsada kommunikativ rolli o‘yinlarda tashabbusni o‘z qo‘liga oladi. U yumor hissiga ega va yaxshi suhbatdosh, ziddiyatli munosabatlarda vaziyatni
yumshata oladi. U yoqtirgan savol: «Agarda..?»
Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish usullarini hisobga olib mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni umumlashtirish mumkin.
Ma’lumki, kichik maktab yoshidagi o‘quvchi o‘z ona tildan biror narsani qo‘lga kiritish (instrumental funksiya), xatti-harakatni boshqarish (regulyativ funksiya), atrofdagilar bilan hamkorlikda faoliyat yuritish (interaktiv funksiya), shaxsiy his-tuyg‘ular va ma’nolarni ifodalash (personal funksiya), o‘rganish va kashf qilish (evristik funksiya), o‘z tasavvuridagi olamni yaratish (tasavvur funksiya), axborot almashish (kommunikativ funksiya) maqsadlarida foydalanadi. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishga o‘quvchilarga ingliz tilidan aynan shu maqsadlarda foydalanishni o‘rgatish lozimligi tavsiya etiladi.
Ingliz tili o‘rganishda stress (ruhiy zo‘riqish)dan xoli vaziyatlarning ahamiyati muhimdir. Stress qancha past bo‘lsa, o‘rganish samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
O‘rganuvchilarning o‘zlariga xos shaxsiy o‘rganish usullaridan kelib chiqadigan kuchli va kuchsiz jihatlari inobatga olish maqsadga muvofiq.
Suningdek,

  • o‘quvchining o‘rganilayotgan tildan foydalanib eng sodda usulda kommunikatsiya qilish fazilatini shakllantirishdir;

  • interaksiya va kommunikatsiyaning sodir bo‘lishini ta’minlovchi mashqlarga ustuvor ahamiyat qaratish;

  • nutq vaziyatini qo‘llash tamoyiliga muvofiq turli ijtimoiy vaziyatlarda o‘rganilayotgan tildan muloqot vositasi sifatida foydalanishni o‘rgatish maqsadida mashg‘ulotlarda harakatli, syujetli, rolli, dramatik, imitatsion (taqlid), muloqotga yo‘naltirilgan, proektli va didaktik o‘yinlarni tashkil etish;

  • dialoglarga yod olinishi zarur bo‘lgan til materiali sifatida emas, balki kommunikativ maqsadlarda murojaat etish;

  • mazmunga ustuvor ahamiyat berish;

  • til materialini real nutq vaziyatlaridagi kontekstlarda taqdim etish;

  • takrorlash (driling) mashqlariga vaqt ajratish;

  • o‘rganuvchilarning yoshi, qiziqishlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda har qanday texnik vositalardan foydalanish;

  • dastlabki mashg‘ulotlardan kommunikatsiya va interaksiya sodir bo‘lishini ta’minlashga harakat qilish;

  • maqbul vaziyatlarda ona tilidan va agar o‘quvchiga foydali deb hisoblansa, tarjimadan foydalanishni taqiqlamaslik;

  • ingliz tili lingvistik sistemasini kommunikatsiya qilishga intilish natijasida o‘zlashtirish;

  • izchillik va uzviylikni qiziqishni so‘ndirmaslik maqsadiga yo‘naltirish;

  • har qanday usulda o‘quvchi motivatsiyasi (ichki turtkisi)ni oshirish;

  • tilni individual shaxs tomonidan tajribada sinab ko‘rish va xatolar asosida kreativ nutqiy hosilalar yaratilishiga izn berish;

  • o‘quvchilarga o‘zaro va notanish insonlar bilan har qanday nutq vaziyatida (yakka nutq, juft nutq, bahs-munozara) va tarzida (masofaviy, yuzma-yuz, og‘zaki, yozma) interaksiyaga kirishishni o‘rgatish;

  • ichki motivatsiyani til orqali sodir bo‘layotgan kommunikatsiya ob’ektiga qiziqtirish natijasida vujudga keltirish, kabi tavsiyalarga amal qilinishi ingliz til o‘rganish va o‘rgatishda sifat va samaradorlikni ta’minlashi mumkin.




Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish