J.Piajening (Jean William Fritz Piaget) Xalqaro Ta’lim Byurosi direktori sifatida “only education is capable of saving our societies from possible collapse, whether violent, or gradual”, deya Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidar,” degan fikrini qo‘llab quvvatlagandek. Ayniqsa muallifning 1970 va 1980 yillardagi asarlari Yevropa va Amerikada ta’lim tizimining ham nazariy ham amaliy isloh etilishiga turtki bo‘ldi. U ta’limga shunday ta’rif bergan:
Education, for most people, means trying to lead the child to resemble the typical adult of his society ... but for me and no one else, education means making creators... You have to make inventors, innovators — not conformists52.
Ta’lim ko‘pchilik uchun bolani o‘z jamiyatining tipik kattalariga o‘xshashi uchun yetaklashga urinishni anglatsa, men uchun va boshqa hech kim uchun emas, ta’lim yaratuvchilar tayyorlashni anglatadi... Siz kashfiyotchilarni, innovatorlarni tayyorlashingiz lozim, eskilik tarafdorlarini emas.
Piajening kognitiv konstruktivizim nazariyasi boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish sohasida turlicha talqin etiladi. Masalan, L.Kameronning talqinicha, bolalarning o‘z muhitidagi buyumlar bilan muloqotda bo‘lish natijasida egallagan tajribalarini muvofiqlashtirib borishlari e’tiborga olinadigan bo‘lsa, muhit bolaga harakatlanish imkoniyatini yaratib rivojlanish uchun sharoit yaratadi53.
N.Spada va P.Laytbounlar esa tilni bolalikda shakllantiriladigan bir necha ramzlar tizilmasidir, – deb ta’kidlaydilar. Tildan bolalar atrofdagi buyumlar bilan muloqot natijasida o‘zlashtirgan bilimlarini namoyish etish uchun foydalanishlari mumkin54, – deya talqin etishadi. M.Villiams va R.L.Bednlarning fikricha, individlar tug‘ilganlaridan boshlab xususiy ma’nolarni, ya’ni egallagan tajribalariga tayanib o‘z tushunchalarini shakllantirishga faol jalb etiladilar55.
Bizningcha, J.Piaje bola atrofdagi buyumlar bilan muloqot natijasida o‘z nutqi va tafakkurini rivojlantiradi, degan fikrni ilgari suradi. Piaje nazariyasidan ma’lumki, bola tilni atrofidagi buyumlar bilan jismoniy harakatlar uyg‘unligida, ya’ni bosh miya o‘ng yarim sharining faolligida o‘zlashtiradi. Piaje psixologiyasida jismoniy harakatlar natijasidagi rivojlanishning ikki yo‘nalishi aniqlanadi: assimilyatsiya (o‘zlashish) va akkomodatsiya (moslashish). Buni tushunish uchun quyidagi vaziyatlarni taxlil qilamiz.
Bola kosadagi taomni qoshiq yordamida og‘ziga solish muammosiga duch keladi. Qoshiq sababli duch kelingan muammoni hal etishda bola ovqatlanish
52Elektron resurs: https://en.wikipedia.org/wiki/Jean_Piaget. Murojaat sanasi: 30.07.2019 y.
53 Cameron L. Teaching Languages to Young Learners. Cambridge: Cambridge University Press, 2005. – p. 4-5.
54 Lightbown P.S., Spada N. How languages are learned. – L.: Oxford University Press, 2006. – p. 20.
55 Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – p. 21.
uchun mushaklarini to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlantirishni nazorat qilishni o‘rganadi. Bunday harakat natijasida egallangan bilim taqlidan ortirilgan yoki tug‘ma emas, balki bola tomonidan faol shakllantirilgandir. Aniq buyumlar bilan tashqi muhitda to‘qnashilgan muammoni hal etish maqsadida amalga oshirilgan harakatlar bola miyasini rivojlantira boshlaydi, ya’ni harakatlar miyada umumlashtiriladi va fikrlash sodir bo‘ladi. Piaje e’tiborni buyumlar bilan harakatlanishga qaratib tafakkurni rivojlanishida asosan harakatlar rol o‘ynaydi, degan fikrga to‘xtaladi.
Bolaning qoshiq bilan harakatlanishda duch kelgan muammosiga qaytamiz va tasavvur qilamizki, bola endi sanchqi bilan tanishtirildi. Bu vaziyatdagi bolaning sanchqidan qoshiq sifatida foydalanishga urinish holatini muallif “assimilation”, ya’ni ovqatlanish uchun yangi anjom bolaning orttirilgan tajriba yoki bilimga asoslanishi, deb izohlaydi. Bola sanchqining o‘ziga xos shaklidan ovqatlanish uchun kosadagi taomni sanchib olish mumkinligini anglay boshlaydi va shu tariqa “accommodation”, ya’ni bolaning harakatlari va bilimi yangi imkoniyatga moslashadi.
Assimilyatsiya va akkomodatsiya jarayonlari fikrlash jarayoniga aylanadi. Akkomadatsiya asosida ingliz tili grammatikasini o‘rgatishning “qayta strukturalash” (restructuring) g‘oyasi va ushbu g‘oya negizida ingliz tili o‘qitishning “information-processing approach” yondashuvi shakllantirilgan56. Piajening fikricha, bola tafakkuri bilim va intellektual malakalar sifatida asta-sekin mantiqiy fikrlash bosqichi sari takomillashib boradi. Piaje bola hayotidagi eng muhim ijtimoiy xodisani, ya’ni bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqotini e’tibordan chetda qoldirib, asosiy urg‘uni bolaga taalluqli bo‘lgan ob’yektlarga beradi. Piajening nazariyasi bola - faol o‘rganuvchi va fikrlovchi, o‘z bilimlarini ob’yektlar bilan ishlash jarayonida shakllantiruvchidir, degan g‘oyani ilgari suradi.
Agar Piajening bola atrofdagi ob’yektlar bilan tajribalar o‘tkazish orqali o‘rganadi, degan fikriga qo‘shiladigan bo‘lsak, bolaning harakatlanishi uchun
56 Barry McLaughlin Language Aptitude Invitational Symposium Program Proceedings. – W. Arlington, September 25-27, 09.1994. 18-p.
imkoniyatlar taqdim etiladigan sinf mashg‘ulotlariga ahamiyat qaratishimiz lozim bo‘ladi. Ya’ni sinfxonada o‘rganuvchi uchun o‘rganish imkoniyatlari yaratiladigan mashg‘ulotlar o‘tkazilishi kerak. Piaje nazariyasi kashf qilib o‘rganishni (discovery learning), bolaning o‘zlashtirishga tayyorligini (senzitivligi), individual jihatlarni inobatga olinishini, tashabbusli o‘rganishni targ‘ib qiladi. Sinfdagi turli mashg‘ulotlar kichik yoshdagi o‘rganuvchilarning kashf qilishlari uchun zarur sharoit yaratish maqsadida shakllantiriladi va o‘quvchilar ulardan o‘zlariga yoqqanini tanlaydilar. Shunday qilib o‘quvchi band va ishtiyoqmand kashfiyotchiga aylanadi, o‘z bilganicha gipotezalar yaratadi va ularni tajribada sinab ko‘radi. Agar o‘quvchi o‘rganishga tayyor bo‘lmasa va hech qanday qiziqish ko‘rsatmasa, o‘qituvchi uni majburlamasligi uqtiriladi.
J.Asherning «Total Physical Responce» metodi aynan Piaje nazariyasiga asoslanib yaratilgan, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki Asherning fikricha, miyaning o‘ng yarim shari zaruriy darajada faollashganidan so‘ng chap yarim sharda nutq hosil qilish operatsiyalari joriy bo‘ladi. O‘ng yarim shar birinchi signal sistemasi eshituv, ko‘ruv, hid, ta’m va boshqa sezgilar yordamida tashqi dunyoni his etib bilishga imkon beradi.
Mexanik harakatlar o‘ng yarim sharni faollashtirgan taqdirda chap yarim shar ko‘ruv va eshituv analizatorlarini faollashtiradi va til belgilari orqali voqelikni umumlashtirish boshlanadi. O‘ng yarim shar faolligida tashqi dunyo his etib o‘rganilsa, chap yarim shar til mavhumotlari sirini kashf qilishga kirishadi. O‘quvchining predmetlar bilan har xil harakatlarni bajarishdagi epchilligi, oriyentrlash faoliyatining mukammallashuvi va mutaxassisning o‘quvchi psixik dunyosiga muntazam va maqsadga muvofiq ta’sir etishi bola bosh miya katta yarim sharlari po‘stining faoliyatini takomillashtiradi. Keyinchalik ham Piajening kognitiv-genetik nazariyasi qator olimlar tomonidan (L.Kolberg, D.Bromley, Dj.Birrer, A.Vallon, G.Grimm) targ‘ib etildi.
Piaje bola hayotidagi eng muhim ijtimoiy hodisani, ya’ni bolaning kattalar
va tengdoshlari bilan muloqotini e’tibordan chetda qoldirib, asosiy urg‘uni bolaga taalluqli bo‘lgan va uni o‘rab turgan ob’yektlarga beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |