Mediatsiya nazariyasi (Theory of mediation)dan ma’lumki bolaning o‘rganishida kattalarning hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Nazariya muallifi (Feuerstein)ning fikricha, bolaning o‘rganishini uning hayotidagi muxim shaxslar, ya’ni mediatorlar (mediators or mediating adults) tashkil etishadi. Bu shaxslar, ya’ni dastlab ota-onalar keyinchalik tarbiyachi va o‘qituvchilar bola uchun eng maqbul stimullarni tanlaydilar va uyushtiradilar, stimullarni bolaning o‘rganishini ta’minlashga muvofiqlashtirib shakllantiradilar va taqdim etadilar. Shuningdek, ular bolaga taqdim etilgan stimullarga mos javob reaksiyalarini tanlashni o‘rgatadilar, qanday reaksiya to‘g‘ri va qaysinisi noto‘g‘ri ekanligini tushuntiradilar.
Ushbu nazariyadan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, kattalar bilan bolalarning hamkorlikdagi faoliyatida yo‘l-yo‘riq (insrtuction) mohiyatini tushunish o‘ziga xos yangi munosabatlar o‘rnatishning eng muhim sharti hisoblanadi. Shuning uchun 2 yoshli bolalarda kattalar nutqini tushunishning o‘sishi predmetlar bilan harakatni
51 Halliwell S. Teaching English in the Primary classroom. – NY.: Longman, 2003. – P. 10-11.
amalga oshirish usulini egallashda alohida rol o‘ynaydi va bola mediatsiya jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Mediatsiya jarayonida bolada nutq rivojlanishini ta’minlovchi muhim omillardan yana biri jonli nutq vaziyatlaridagi kattalar va bolalar o‘rtasidagi interaksiyada foydalaniladigan maxsus soddalashtirilgan tildir.
Garvard universiteti psixologi Katrin Snou (Catherine Snow) bolar va kattalar o‘rtasidagi interaksiyani tadqiq etib onalar farzandlari bilan interaksiyada maxsus tildan (motherese) foydalanisharini aniqlagan. Ushbu til gaplarni sodda tuzilganligi, so‘zni aniq talaffuz etilishi, gapdagi o‘zak tushunchani ifodalovchi so‘zlarga urg‘u berib va ayrim hollarda ularni takrorlab aytilishi, tabassum, jilmayish, miyig‘ida kulish, lab qisish va cho‘chaytirish, til chiqarish, qosh uchirish va suzish, yelka qisish, boshni sarak-sarak qilish, ko‘rsatkich barmoqni lablar ustiga qo‘yish kabi daktilogik (barmoq nutqi) va boshqa turli psixologik holatlarni, ayniqsa hissiy kechinmalarni aks ettiruvchi kommunikativ, interaktiv, perseptiv xususiyatlarga boyligi bilan farqlanadi. Shuningdek, nutq rivojlanish jarayonida barcha analizatorlar faol ishtirok etib axborotni qisqa muddali xotiradan uzoq muddatli xotiraga o‘tishi ta’minlanadi.
Ingliz tili o‘qitishning suniy sinfxona sharoitida taqdim etilgan stimullarga monand reaksiyalar qaytarilishini ta’minlovchi mediatsiya jarayonini tashkil etish, analizatorlarni (mas, hid va tam bilish analizatorlarini) to‘liq ishga solish imkoniyati chegaralangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |