O ‘quv-metodik topshiriqlar
Ingliz tili o‘qitish metodikasidagi sotsiolingvistik aspektning hususiyatlarini aniqlashtiring.
Madaniyatlararo kompetensiya atamasiga berilga ta’riflarga munosabat bildiring.
Metodikaning sotsiolingvistik aspektini bilish bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchisiga nima uchun ahamiyatli?
Boshlang‘ich ingliz tili ta’limida sotsiolingvistik kompetensiyaning egallanishi uchun nimalarga e’tibor qaratish zarur?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
Биболетова М.З. Обучение иностранному языку в контексте языкового образования в современной российской школе. – М.: Просвещение, 2013. – 20 с.
Верещагина И.Н., Рогова Г.В. Методика обучения английскому языку на начальном этапе в общеобразовательных учреждениях. – М.: Просвещение, 2000. – 261 с.
Колкер Я.М., Устинова Е.С., Еналиева Т.М. Практическая методика обучения иностранному языку: Учеб. пособие. – М.: Академия, 2000. – 264 с.
Мильруд Р.П. Методика преподавания английского языка. English teaching methodology. – М.: Дрофа, 2005. – 253 с.
Родина Н.М., Протасова Е.Ю. Методика обучения дошкольников иностранному языку: Учеб. пособия. – М.: Владос, 2010. – 210 с.
Щукин А.Н. Обучение иностранным языкам. Теория и практика.
– М.: Филоматис, 2006. – 480 с.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sotsiolingvistik material tanlash xususiyatlari
Kalit so‘zlar: nutq mavzusi, nutq vaziyati, jonli muloqot til materiali, adabiy til materiali, lingvomamlakatshunoslik, mamlakatshunoslik, ijtimoiy-madaniy, madaniyatlararo yondashuv
O‘qitish uchun tanlangan sotsiolingvistik material autentik, ya’ni ingliz tili sohiblari jamiyati taraqqiyotining hozirgi bosqichidagi avlodi tomonidan ishlatiladigan til va til realiyalarini aks ettirgan bo‘lishi lozim. Sotsiolingvistik material boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tili o‘qitishda turli vazifalar
bajaradi. Sotsiolingvistik materialni intiutiv va amaliy asosda egallanishi kichik
maktab yoshidagi o‘quvchilarda tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati, bayramlari va milliy ananalari hamda chet tilda maishiy mavzular doirasida muloqot qilishning farqli xususiyatlari haqidagi umumiy tushunchani shakillantiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun tanlangan sotsiolingvistik material tili o‘rganilayotgan mamlakatga xos sodda til hodisalari va ijtimoiy-madaniy xususiyatlarni farqlab olinishi uchun mo‘ljallanadi. Tanlangan sotsiolingvistik til materiali ingliz tilini ongli-amaliy o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchisida til hodisalari va ingliz tili madaniyatining xos jihatlari haqida farqli tasavvur shakllantirishga xizmat qiladi. Sotsiolingvistik materialni tanlashda autentik jonli muloqot tili va me’yoriy adabiy til ulushini hisobga olish zarur bo‘ladi. Jonli muloqot tili turli muloqot vaziyatlarini aks ettirib, fikr ifodalash va muloqot qilishning nisbatan tipik verbal va noverbal vositalaridan tarkib topgan bo‘ladi. Muloqot vaziyatlari va sohalarida nutq namunalari va situativ yaxlit birliklar (klishe), qisqartirilgan iboralar, ixchamlashtirilgan konstruksiyalar shaklida taqdim etilgan jonli muloqot tilini idrok etish va tushunish dastlabki bosqichda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin.
Muloqot uchun savodli tanlangan sotsiolingvistik material darsda beso‘naqay va sun’iy vaziyatlar sodir bo‘lishining oldini oladi. Jonli muloqot tilini aks ettiruvchi to‘g‘ri tanlangan material o‘quvchini autentik muloqot vaziyatlarida erkin mo‘ljal (orientir) olishiga, til sohibi nutqini tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga yordam beradi.
Adabiy til materialini tanlashda esa, darslik va qo‘shimcha o‘quv materiallarida uchraydigan me’yoriy grammatik qoidalar hamda matnning janr va uslubiy xususiyatlarini hisobga olish zarur bo‘ladi. Jonli muloqot tilini o‘rganish o‘quvchiga til sohibi bilan muloqot qilish imkonini bersa, adabiy til o‘qish va badiiy, ilmiy-ommapob matnlarni keyinroq esa kasbiy sohaga oid adabiyotlarni o‘qish va tushuna olishida yordam beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sotsiolingvistik materialni jonli muloqot tili
va adabiy til manbalaridan tanlanishida foiz miqdorlarni aniqlash uchun
o‘quvchining yoshi va o‘rganish bosqichini hisobga olish tavsiya etiladi. Og‘zaki nutqning ilgarilashi tamoyili asosida ingliz tili o‘rganayotgan birinchi sinf o‘quvchilari uchun jonli muloqot til va adabiy til materiali 50/50 foizda tanlanishi maqsadga muvofiq. Kichik maktab (6-7) yoshidagi o‘quvchi jonli muloqot va adabiy til o‘rtasidagi farqni tushunmaydi va nutqda ohangdorligi jixatdan o‘ziga ko‘proq yoqqanidan foydalanadi. Asosiysi, o‘quvchi u yoki bu ibora ayni ma’noni ifodalashini tushunishi lozim. Bu o‘quvchiga ikkinchi sinfga o‘tib o‘qish va yozuvni o‘rgana boshlaganida u yoki bu iborani tanib olishi va ularni oson farqlay olishiga yordam beradi.
Ikkinchi sinfdan o‘quvchilar og‘zaki va yozma nutq shakllarini o‘rgana boshlaydilar va bu bosqichda jonli muloqot til materiali 65/35 foizda ustunlik qilishi tavsiya etiladi. Chunki ikkinchi sinf o‘quchisi ingliz tilini ongli-amaliy usulda o‘rganishga kirishadi va nutq vaziyatlarida darsda tanishtirilgan jonli muloqot tili namunalaridan foydalanishni yaxshi ko‘radi. Bundan tashqari kam miqdordagi leksik zaxira va grammatik konstruksiya monologik xarakterdagi matnni tushunishni ta’minlay olmaydi. Bu esa o‘z navbatida ingliz tili o‘rganishga ichki turtki (motivatsiya)ning pasayishiga sabab bo‘ladi. O‘rta umumta’lim maktab o‘quvchisi nafaqat ma’lum nutq vaziyatlaridagi jonli muloqotda ishtirok eta olishi, balki o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini ifodalay olishi ham zarur.
Yuqoriroq (3-4) sinflarda o‘quvchilar muloqot vaziyatlarini o‘rganib olganlaridan so‘ng, ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun adabiy til materiallarini ko‘paytirish mumkin. Chunki o‘quvchilar endilikda rus tilini ham o‘rgana boshlagan bo‘lishadi va bu til sistemalari hamda jonli muloqot til realiyalarini qiyoslashni murakkablashtiradi. Shu sababli endilikda adabiy til materiali va jonli muloqot til materiali 60/40 foizda taqsimlanishi tavsiya etiladi.
Buning uchun dialog va polilog nutqda taqdim etiladigan jonli muloqot til nafaqat og‘zaki, balki yozma shaklda ham ifodalanishi mumkinligini unutmaslik kerak. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun sotsiolingvistik material tanlash xususiyati ko‘ptilli va ko‘pmadaniyatli sharoit bilan farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |