Ot va fe’llarning morfologik xususiyatlari
Ingliz tili
|
O‘zbek tili
|
Ot va fe’l so‘z turkumiga mansub so‘zlar
farq qilmaydi – drink –to drink; water – to water
|
Ot va fe’l so‘z turkumiga mansub so‘zlar farq qiladi – ich - ichimlik; suv - sug‘or
|
Oddiy fe’llar – to go, to drink, to take
|
Tub fe’llar – bor, ich, ol
|
Yasama fe’llar – to enlarge, to shorten, to
reconstruct
|
Yasama fe’llar – boshla, boshqar, shodlan,
qo‘lla
|
Fe’llardan ot yasalishi – teach - teacher, work - worker, direct - director,
policeman, spiderman, postman, milkman
|
Fe’llardan ot yasalishi – yoz - yozuvchi, boshqar - boshqaruvchi, sot - sotuvchi
|
Qo‘shma otlar (Compunds) – dishwasher,
ladybird, dragonfly, teapot
|
Qo‘shma otlar – xonqizi, makkajo‘xori
|
Qo‘shma fe’llar – to daydream, to waylay
|
Qo‘shma fe’llar – taklif qilmoq, olib
bermoq
|
Juft otlar (Collocations) – fish and chips, brothers and sisters, family tree,
|
Juft otlar - opa-singil, aka-uka, choynak- piyola, idish-tovoq
|
Juft fe’llar (Collocations) – to make a mistake (fire, tea, money, friends), to do the
room (homework)
|
Juft fe’llar – xato qilmoq, choy damlamoq, ishlab topmoq
|
Tarkibli fe’llar (Phrasal verbs) – to get up,
to sit down, to put on
|
|
Ingliz va o‘zbek tillarida otlarning ko‘plik, fe’llarning o‘tgan zamon shakllarini, sifat darajalarini yasashda ham o‘xshash va farqli jihatlar kuzatiladi. Keyingi yillarda ingliz tili o‘qitish metodikasida Corpora yoki Corpus atamalari keng qo‘llanilmoqda va chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish tamoyili asosida lexical approach,situational approach, speech act approach va corpus-informed approach kabi yondashuvlar rivojlanmoqda26.
Zamonaviy ingliz tilida make things happen, go in for sports, here and now activity, make believe activitiy kabi turg‘un iboralarni qo‘llash xos. O‘zbek tilida ham bunday hodisalar ko‘p kuzatiladi. O‘zbek va ingliz tilllarini qiyosiy o‘rganish har ikki tilning fe’l va otlarida morfologik va sintaktik jihatlarida ham katta farqlar mavjudligini ko‘rsatadi.
Pragmatik kompetensiya deganda, gapiruvchi va gap orasidagi bo‘shliq ustiga qo‘yiladigan ko‘prik tushuniladi. Ya’ni tinglovchi gapni emas, balki gapiruvchining fikr ifodalash uchun so‘zlardan foydalanishdagi ko‘zlagan maqsadi, niyati va xohish-istagini tushunishi lozim27. Shuningdek, ingliz tilda ifodalanadigan fikrni adekvat talqin etilishini ta’minlash uchun zaruriy leksik birliklardan oqilona foydalana olish pragmatik kompetensiya deyiladi.
Metodist-olimlar chet tilda og‘zaki va yozma shaklda fikr bayon etish hamda o‘zgalar fikrini tushunishni amaliy maqsad deb e’tirof etishgan. Ushbu tushunchaga tili o‘rganilayotgan xalq madaniyatini o‘rgatish, deb qarovchilar ham mavjud. Umuman olganda, ingliz tili o‘qitish metodikasida «amaliy maqsad» yuzasidan mavjud talqinlarda olimlarning fikri bir xil emas, ya’ni ular amaliy maqsadni turli sharoitda turlicha talqin qiladilar.
Adabiyotlarda boshlang‘ich ingliz tili ta’limi maqsadlari: a) pragmatik yoki amaliy maqsad kommunikativ (lingvistik, sotsiolingvistik va pragmatik) kompetensiyalarni; b) umumta’limiy maqsad madaniy kompetensiyalar (o‘rganilayotgan ingliz tilisohibining madaniy merosi)ni egallanishidan iborat
26 Burns A., Richards J.C. The Cambridge Guide to Pedagogy and Practice in Second Language Teaching. – NY: Cambridge University Press, 2012. – P. 165-166.
27 Handbook of communication competence // edited by Gert Rickheit, Hans Strohner. – Berlin. Hubert & Co., Guttingen, 2008. – P. 43-44.
bo‘lishi lozimligi tavsiya etiladi. E.I.Passovning fikricha, amaliy maqsad kompetensiyalar (bilim, malaka va ko‘nikmalar)ni egallanishi, ta’limiy maqsad madaniyatning o‘zlashtirilishi bo‘lishi lozim28. N.D.Galskova va Z.N.Nikitenko kommunikativ kompetensiyani axborotni tushunish va taqdim etish maqsadida chet tildan samarali va uddaburonlik bilan foydalanish layoqati, deb ta’riflashadi va amaliy maqsad deganda, pragmatik komponentni nazarda tutishadi29.
Pragmatik kompetensiya tarkibidagi diskurs kompetensiya og‘zaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til vositalari orqali ifodalashni nazarda tutadi. Diskurs kompetensiyasi og‘zaki yoki yozma nutqdagi izchillikni ta’minlashda lingvistik signallarni tushunish va talqin qilish ko‘nikmalarini nazarda tutadi30.
Keyingi yillarda til kommunikatsiyasining pragmatik jihati tadqiqotchilar e’tiborini ko‘proq jalb etmoqda. Ya’ni so‘zlar (L.S.Barxudarov ta’biri bilan aytganda, til belgilari)dan amaliy maqsadlarda foydalanishni o‘rgatish masalasi keng muhokama etilmoqda. Til belgilari va ulardan foydalanadigan shaxslar o‘rtasidagi pragmatik munosabatlar shundan iboratki, bu belgilar, aniqrog‘i, ularning ma’nolari ayni shaxslar uchun xushhazm va tushunarli bo‘lishi, ularni ma’lum darajada ta’sirlantirishi lozim.
DTSda bayon etilganidek, diskurs kompetensiya: a) og‘zaki yoki yozma nutqda fikrlarni tegishli til vositalari orqali ifodalashni; b) og‘zaki yoki yozma nutqdagi izchillikni ta’minlashda lingvistik signallarni tushunish va talqin qilish ko‘nikmalarini nazarda tutadi. Diskurs adabiyotlarda turli ma’nolarni, ya’ni ma’lum kontekst yoki suhbat mavzusiga taalluqli til vositalari yoki tilning, asosan, jonli muloqot tilining asosiy birligini anglatadi. Dastlab diskurs kompetensiya kommunikativ kompetensiyaning alohida komponenti sifatida talqin etilgan bo‘lib, unda cohesion va coherence tushunchalariga tayanilgan.
Ma’lumki og‘zaki nutq, ayniqsa, dialog (juft) nuq o‘zining situativligi va ixchamligi bilan o‘rganish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni vujudga keltiradi.
28 Пассов Е.И. Цели обучения иностранному языку: учебное пособие.– Воронеж: НОУ «Интерлингва», 2002.
– №6. – С.3-6.
29 Гальскова Н.Д., Никитенко З.Н. Теория и практика обучения иностранным языкам. Начальная школа: Методическое пособие. – М.: Айрисс-пресс, 2004. – С. 86-87.
30 Widdowson H.G. Teaching Language as Communication. – L.: Oxford University Press, 2008. – P. 29-30.
Kommunikatsiya jarayonida foydalanilgan replikalar ushbu nutq vaziyatidagi kommunikantlarni adekvat ta’sirlantirishi mumkin.
E’tiborimizni quyidagi misollarga qaratamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |