nutq namunasi (speech patterns, formulaic chunks, fixed expressions) va
almashtiriladigan jadvallar (substituton tables) tushunchalari metodikada keng
ommalashgan. Nutq namunalari va almashtiriladigan jadvallar o‘rganilayotgan chet tilning leksik, grammatik va talafuz tomonlarini mujassamlashtiradi hamda uni idrok etish uchun tayyor hodisa hisoblanadi.
Nutq rivojlanish jarayonida bola nafaqat til tizimini, balki o‘z his- tuyg‘ularini, ichki kechinmalarini va xohish-istagini ifodalash vositalarini ham o‘zlashtiradi. Shu tariqa til bolaning shaxsiy «men»ini shakllantiruvchi vosita sifatida ijtimoiylashuv va individuallashuvga xizmat qiladi. Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini bajarib, amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. Unda dialogik nutq paydo bo‘ladi. Qiziqtirgan narsalar haqida savollar berish yoki kattalarning savoliga javob qaytarish zarurati dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng imkoniyatlar mavjud. Dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkorlikdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismidir.
Kattalar bilan muloqot jarayonida bola o‘zini o’rab turgan lingvo-etno madaniyatga taalluqli ekanligini anglaydi. Ingliz tili o‘rganish jarayonida o‘quvchi o‘zga lingvo-etno madaniyatiga xos ijtimoiy va til muhiti bilan tanishtiriladi. An’anaviy ingliz tili o‘rgatishning dastlabki bosqichlarida monologik nutqni o‘rgatishga ko‘proq ahamiyat qaratilgan. Masalan, darslik majmualarda “This is a dog.”, “That is a caw.” kabi misollar uchraydi (Kids’ English 2:24). Bunday misollar esa I.A.Zimnaya va Ye.V.Passovlar fikricha kommunikatsiya yoki interaksiyani emas, nutqharakatni bajarishga o‘rgatadi. Nutqharakatni bajarishda esa motivatsiya bo‘lmaydi16.
Ma’lumki, bolaga ona tilidagi nutq hayot uchun zarur qurol, yagona muloqot vositasi sifatida rivojlanadi. Ona tilidagi nutq rivojlanishida ichki (intrinsic) motivatsiya muhim ahamiyat kasb etadi. Ya’ni bola ona tilini ota-onasi yoki o‘qituvchisini xursand qilish, a’lo baho olish, til materialini o‘zlashtirish uchun emas, balki o‘zining biologik ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zlashtiradi17: otlarning ko‘plik shaklini yasay olmadimi, ikkita qand o‘rniga bitta oladi. Quyida
16 Пассов Е.И., Кузовлева Н.Е. Урок иностранного языка. – М.: Голоса-Пресс, 2010. – С. 10-11.
17 Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. – L.: Cambridge University Press, 2010. – P. 40
ona tili va chet tilda nutq rivojlanish jarayonlarini qiyosiy tahlil qilib chiqamiz (2- jadval).
2-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |