Tajibayev G. Sh. Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitish



Download 0,66 Mb.
bet13/69
Sana26.04.2022
Hajmi0,66 Mb.
#582181
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
boshlangich sinflarda ingliz tili oqitish (1)

Davlat ta’lim standarti. Hujjatning to‘liq nomi «O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining Davlat ta’lim standarti» tarzida qabul qilngan. Unda chet tili bo‘yicha A1 daraja uchun ta’lim mazmuni, chet tili bo‘yicha A1 daraja bitiruvchilari tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan.
DTSda kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratilgan (1-rasmga qarang.):

Tinglab tushunish


Grafika va Orfografika









Yozuv


Grammatik kompetensiya



1-rasm. Kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlari


DTSda boshlang‘ich sinf (4-sinf) bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar chet tillarni bilishning umumyevropa tizimiga o‘zaro bog‘liq holda olingan bo‘lib, ular sodda va tushunarli shaklda berilgan. Chet tillarni


bilishning boshlang‘ich A1 darajasi – «Kurtaklash bosqichi» (Breakthrough / Survival level / Beginner / Survival / Formulaic Proficiency / Introductory / Substitutianal level of proficiency) yoki chet til egallashning boshlang‘ich darajasi, deb nomlanib quyidagicha ta’riflanadi:
«Aniq ehtiyojlarni qondirish maqsadida tanish kundalik ifoda birliklarini va sodda jumlalarni tushunaman va ulardan foydalana olaman. O‘zimni va boshqalarni tanishtira olaman, shaxsiy tafsilotlar, ya’ni yashash manzilim, tanish insonlarim va o‘zimga tegishli bo‘lgan buyumlar haqidagi savollarga javob bera olaman va shunday savollar bilan murojaat eta olaman. Suhbatdosh shoshmasdan, aniq gaplashsa va yordam berishga xayrixoh bo‘lsa, sodda usulda axborot almasha olaman»11.
CEFR umume’tirof etilgan me’yor bo‘lib, u Yevropada zamonaviy tillarni o‘rganish va o‘rgatishda shaffoflik, uzviylik va izchillikni ta’minlash maqsadida 1989-1996 yillarda amalga oshirilgan «Language Learning for European Citizenship» dasturi doirasida ishlab chiqilgan va Yevropa Kengashining 2001- yildagi qarori bilan Yevropa mamlakatlarida chet til ta’lim tizimiga joriy etilishi tavsiya etilgan.
CEFR – Yevropa mamlakatlarida o‘quv reja, dustur va imtihon savollarini ishlab chiqish hamda darsliklar yaratish uchun tayanch yo‘riqnoma bo‘lib, unda til o‘rganuvchilar tildan foydalanish va samarali faoliyat olib borish uchun nimalarni o‘rganishlari, qanday bilim va malakalarni qay darajada egallashlari lozimligi bayon qilingan12.

Mazkur standart asosida O‘zbekistonda ingliz tili o‘qitishda o‘quvchining lingvistik bilimlar to‘plashiga emas, balki nutqiy (kommunikativ) va madaniy (madaniyatlararo) malakalar (kompetensiyalar)ning egallanishiga e’tibor kuchaytiriladi, ingliz tilini kommunikativ faoliyat ko‘rsatish, shaxsga yo‘naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo‘ljallangan integrativ yondashuv
11 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: J.J.Jalolov, M.T.Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013. – 44 b.
12 Common European Framework of Reference for Languages:Learning, Teaching, Assessment. Language Policy Unit, Strasbourg. 2010. – 274 p. Electron resource: http://www.coe.inlA/dg4/Lingustics/Sourse/CEFR_EN.pdf. Access date: 6.06.2018.
asosida o‘rgatish va kommunikativ-kumulyativ metoddan foydalanish tavsiya etiladi.
Davlat ta’lim standartlarida chet tili bo‘yicha A1 daraja bitiruvchilari tayyorgarligi darajasiga qo‘yiladigan talablar 1-ilovada va chet tili bo‘yicha A1 daraja uchun ta’lim mazmuni belgiangan 2-ilovada taqdim etiladi.

Download 0,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish