MUHOKAMA VA NATIJALAR
Har bir ilmiy tadqiqot ishini amalga oshirish jarayonida o‟rganilayotgan
hududni yanada mukammal tadqiq etish, asosiy muammo va yechimlarni aniqlash
uchun hudud xususiyatlaridan kelib chiqib rayonlarga ajratish yaxshi samara beradi.
O‟zbekiston Respublikasida Geografiya fanlar tizimida shu paytga iqtisodiy va tabiiy
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
762
w
www.oriens.uz
April
2021
jihatdan bir necha marta har xil soha va yo‟nalishlarga oid rayonlashtirish ishlari
amalga oshirilgan. Masalan A.Soliyev hududni iqtisodiy mezonlar asosida iqtisodiy
rayonlashtirgan (1998yil), T.Djumayev tadqiqotlarida O‟zbekiston tog‟li hududlari
ekologik va iqtisodiy-geografik rayonlashtirishni amalga oshirgan (2004 yil),
N.Komilovaning ilmiy ishlarida tibbiy-geografik rayonlashtirishga sos solingan
(2012 yil), Z.Tojiyevaning tadqiqotlarida esa demografik rayonlashtirish amalga
oshirilgan (2017 yil).
Ammo ba‟zi hollarda o‟rganilayotgan hudud yoki uning ayrim qismlari o‟zaro
bog‟lanmaydi, yoki bir-biriga o‟xshash xususiyatlarni namoyon qilmaydi. Bunday
holatlarda guruhlarga ajratish va ularni taqqoslash mazkur holat uchun eng qulay
yechim sifatida baholanadi. Bunday holat hududiy jihatdan turli tuzilishga ega,
iqtisodiy holati ham turlicha shakllangan Farg‟ona viloyati hududlarini turistik
jihatdan o‟rganishda ham yaqqol aks etadi. Shu nuqtai nazardan mazkur tadqiqot
ishida turistik hududlarni rayonlarga ajratish emas, balki guruhlarga ajratish asos
sifatida olindi.
Turistik guruhlashtirish
– bu hududlarni turistik resurslar bilan
ta‟minlanganlik darajasi, salohiyati, ularning rivojlanish darajasi, yillik turistik
sig‟imi va imkoniyatlari bilan bog‟liq sabablar hamda holatlari bir-biriga o‟xshash
hududlarga ajratishdir. Bu kabi guruhlashtirishga odatda hududlardagi ma‟lum bir
davrda va shu hududgas xos ko‟rsatkichlar asos qilib olinadi. Bu esa hududni
iqtisodiy-ijtimoiy holatini, turistik-rekreatsion vaziyatini baholashda muhim ro‟l
o‟ynaydi.
Turistik infratuzilmani shakllantirish, uning hududiy rivojlanishi va
iqtisodiyotga ta‟sirini o‟rganish, turizmga ta‟sir etuvchi tabiiy-ekologik, iqtisodiy
omillarni baholashda teristik-rekreatsion guruhlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Viloyatning o‟ziga xos geografik joylashuvi, reyef xususiyatlari, iqtisodiy holati va
aholi joylashuvi o‟ziga xos hududiy tafovutlarni vujudga keltirgan va bu turistik-
rekreatsion guruhlarga ajratishda bir muncha noqulayliklarga sabab boladi. Shu sabab
viloyat hududini guruhlarga ajratishda turistik resurslar bilan ta‟minlanish darajasi,
turistik resurs turlari, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi asosida guruhlarga
bo‟lib tadqiq etiladi. Guruhlashtirish o‟z mohiyatiga ko‟ra bir necha xil bo‟lishi
mumkin, ya‟ni unda viloyat yoki tuman hududiga yillik tashrif buyuradigan
turistlarning umumiy koeffitsienti asosida tuziladi. Guruhlashtirishning foydalanish
qulay bo‟lgan turlaridan biri mintaqalarda mavjud ayrim turizm turlari, ularning
areallarini aniqlash hisoblanadi. Lekin shuni alohida takidlash zarurki turistik
guruhlashtirish juda murakkab bo‟lib, viloyat hududi turistik resurslar bilan bir xil
darajada ta‟minlanmaganligi, ba‟zi tumanlarda faqatgina 2-3ta turizm turigina
Do'stlaringiz bilan baham: |