Birinchidan, bu so’z ob'ektiv olamdagi narsa va hodisalar rivojlanishi va o’zgarishidagi qonuniyatni anglatadi. Bu ob'ektiv mantiq deb ataladi. Ob'ektiv mantiq insonga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lgan moddiy olamni tashkil etuvchi narsalar, hodisalar, jarayonlar taraqqiyotidagi zaruriy qonuniyat, aloqa, munosabatlarni ifodalaydi. Shu sababli u “narsalar mantig’i” deb ham ataladi.
Ikkinchidan, mantiq fikrlar aloqadorligi va taraqqiyotidagi muhim qonuniyatlarni anglatadi. Bu qonuniyatlar sub'ektiv mantiq deb ataladi. Sub'ektiv mantiq bilan ob'ektiv mantiq uzviy bog’liqdir. Chunki ob'ektiv borliqdagi narsa va hodisalar hamda ular o’rtasidagi munosabat va aloqadorlik inson tafakkurida in'ikos etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |