Tafakkur va sun’iy intellekt masalasi mundarija kirish


 Intellekt va kreativlik haqida tushuncha



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana10.07.2022
Hajmi0,68 Mb.
#772921
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
TAFAKKUR VA SUN’IY INTELLEKT MASALASI

 
2.3 Intellekt va kreativlik haqida tushuncha 
Kreativlik 
– bu shaxsning yangi g‘oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan 
chetga chiqib, o‘ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. Mazkur atamaga ilk bora 
1922 yilda D.Simpson tafakkurning nostandart usuli, deb ta’rif bergan. 
Kreativlikni o‘rganish bo‘yicha Rossiyada A.M.Matyushkin, A.V.Petrovskiy, 
M.G.Yaroshevskiy, V.N. Drujinin kabi olimlar ish olib borganlar. 
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. 
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy 
darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori 
bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir.
Yuqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi 
intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning 
o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan. 
Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. 
Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy 
muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning 
kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan
.
Aynan 
real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi 
yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning 
fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi 
deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va 
emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning 
maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin. 


18 

Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord 


bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent 
tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan 
yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- 
masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- 
kreativlik asosida quriladi. 
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni 
ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud 
ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. 
Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob 
beradi.
2
Suniy idrok haqida «Sun'iy» sozining ma'nosi ayon: u kelib chiqishiga kora tabiiy 
bolmagan narsani, ya'ni, inson qoli bilan yaratilgan narsalarni nazarda tutadi.
3
  
Sun`iy idrok amaliyotda qo'llana boshlanganidan beri, u odamlar bilan so'zlashishni, 
kompaniyada ishlashni, musiqa bastalashni, hattoki, maqola yozishni ham o'rgandi. Ayrim 
mutaxassislar ushbu texnologiyaning salbiy jihatlari haqida so'zlasa, boshqalari esa insoniyatning 
eng yirik kashfiyotlari qatoriga sun`iy idrokni ham qo'shib bo'lgan. Barcha muhokamalar ana shu 
texnologiya shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yuz bermoqda. Qanday axloq qoidalariga 
amal qilinishi lozim? Insoniyatning axloq tushunchasi bir madaniyatga mansub shaxsga odatiy 
tuyilgan va boshqa birini haqorat qilish ma`nosida bo'lgan harakatlar bilan o'lchanadi. Bunga 
misol qilib, so'z, imo-ishora, kiyim-kechak va boshqa narsalarni keltirish mumkin. Mashinani 
axloqqa «chaqirishdan» avval, odamzot uchun yagona axloq me`yori qanday bo'lishi kerakligini 
aniqlash muhim. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish