16
Til – bu dunyo haqidagi bilimlarimizni aks ettirish manbai va shu bilimlarni tadqiq etish
vositasi.
Til voqelikni idrok etish va bilish quroli hisoblanadi.
Psixologlar tilni- kognitiv jarayonlarni asosi deb hisoblashadi:
1.
Til
2.
Kognitiv tahlil obyekti
3.
Idrok
4.
Xotira
5.
Kognitiv tahlil obyekti
6.
Intellekt
7.
Bilim olishda
8.
Foydalanish
9.
Uzatish
10.
Qayta ishlash
Sunʼiy tillar
— muayyan maqsadni koʻzlab yaratiladigan va tabiiy tillarning oʻrinbosari
sifatida qoʻllanadigan tillar. Sunʼiy tillar maxsuslashuvi moʻljaliga qarab,
shuningdek, tabiiy
tillar bilan oʻxshashlik darajasiga koʻra farqlanadi:
xalqaro yordamchi tillar, matematik
yordamchi tillar, informatsion tillar. Xalqaro yordamchi tillar tabiiy tillar
bilan yuqori darajada
oʻxshash boʻlgan, umum isteʼmolga moʻljallangan, maxsuslashmagan tillardir.
Xalqaro muomala vositasi sifatida Sunʼiy tillar yaratish gʻoyasi fransuz olimi R. Dekart
va nemis olimi G. Leybnitsga tegishlidir. Bular tushunchalarning mantiqiy tasnifiga tayanuvchi
ratsional til loyihalari boʻlgan. XVII-XX-asrlarda bunday tillarning 1000
ga yaqin loyihasi
yaratilgan boʻlsada, ularning ayrimlarigina (
volapyuk
,
esperanto
,
ido
,
interlingva
) amalda
qoʻllangan.
Hozirda Sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan algoritm hamda dasturiy
tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan
chiqa oladi.
1990 yillarda Sun’iy intellekt taraqqiyotida yangi sahifa ochildi. 1997
yilda Deep Blue
nomli IBM kompyuteri shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni yenggan tarixdagi
ilk kompyuter bo‘ldi.
1
1
E.G’oziyev Umumiy psixologiya” Toshkent. 2010 542 b
17
Sun’iy intellektning yorqin namunalaridan yana biri – IBM Watson superkompyuteri
bo‘lib, u o‘z bazasidan kelib chiqib muayyan tilda berilgan savollarga javob beradi. Shuningdek,
ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib
ulgurgan mobil yordamchi Siri, fotosuratlarni qayta
ishlovchi Prisma kabi dasturlarni sun’iy intellektning yutuqlaridan
biri sifatida qayd etish
mumkin.
Hozirga kelib sun’iy intellekt keng ko‘lamda ommalashib kundalik turmush tarzimizning
deyarli barcha jabhalarini qamrab olmoqda. Masalan, Xitoydagi Inchuan shahri aholisiga bank
kartalarining keragi yo‘q. Hisob-kitoblar bilan bog‘liq barcha jarayonlar sun’iy
intellekt
tomonidan insonning yuz qiyofasini aniqlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: