Tafakkur turlari Reja: 2 Ko’rgazmali – obrazli tafakkur 4Foydalanilgan adabiyotlar Mamtiqiy tafakkur - Mantiq, logika — toʻgʻri tafakkur yuritishning asosiy qonunlari va shakllari haqidagi fan. M. oʻzining shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. M.ga oid dastlabki fikrlar Qad. Sharq mamlakatlarida, xususan, Hindiston, Xitoyda vujudga keldi. Qadimda M. falsafa tarkibida boʻlgan, mustaqil fan sifatida shakllanmagan. Yunon falsafasida M. masalalari dastlab Parmenidning "Tabiat toʻgʻrisida" asarida, Eleylik Zenonning aporiyalarida, Geraklit taʼlimotida u yoki bu darajada koʻrib chiqilgan. Aristotelgacha boʻlgan mantiqiy taʼlimotlar ichida Demokritning mantiqiy taʼlimoti, Sokrashnchnt induktiv metodi va Platon dialektikasi diqqatga sazovor. M. ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Aristotel nomi bilan bogʻlikdir. U birinchi boʻlib M. oʻrganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Uning "Kategoriyalar", "Talqin haqida", "Birinchi analitika", "Ikkinchi analitika", "Sofistik raddiyalar haqida", "Topika" nomli asarlari M. masalalariga bagʻishlangan. Aristotel M.ni "maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi", "chin fikrni xato fikrdan ajra-tuvchi" fan sifatida taʼriflaydi. Aristoteldan soʻng M., asosan, stoiklar maktabi vakillarining , Epikur, skeptiklar taʼlimotlarida rivojlantirilgan. Stoiklar M.ning maqsadi inson aqlini xatolardan asrash va haqiqatga erishishdir, deb bilishgan.
KO’RGAZMALI OBRAZLI - Ko‘gazmali va obrazli - harakat tafakkurlari. Tarixiy tara-qqiyot davomida odamlar o‘z oldilarida turgan masalalarni dastlab amaliy
- faoliyat nuqtai nazaridan yechganlar; keyinchalik undan nazariy faoliyat
- ajralib chiqqan. Dastlab yerni qadamlab o‘lchaganlar, keyinchalik uning
- asosida geometriya fani shakllangan. Bu shuni anglatadiki, sof nazariy
- faoliyat birlamchi emas, balki amaliy faoliyatning o‘zi birlamchidir.
- Bog‘chagacha yosh davrida bolada asosan ko‘rgazmali harakat tafakkuri
- ustun bo‘ladi. Hamma ish, «o‘ylash», bilish jarayoni harakatlar vositasida
- amalga oshiriladi.
Mavhum nazariy tafakkur Mavhum (nazariy) tafakkur. Bolalarning amaliy va ko‘rgazmali-obrazli tafakkuri asosida ularda mavhum tafakkur shakllanadi. Bu mavhum tushunchalarga asoslangan tafakkur. Bolalarning juda ko‘plab fanlardan o‘quv predmetlaridan oladigan bilimlari mavhum tushunchalar yordamida ifodalangan. Predmet va hodisalar o‘rniga ularning nomlari (so‘z-belgi) qo‘llaniladi. Mavhum tafakkur endi bolaga endi o‘zi yo‘q predmetlar bilan ham so‘zlar yordamida (nomlari) ishlash, ular ustida fikr yuritish, tafakkur operatsiyalarini amalga oshirish imkonini beradi. Shu sababli mavhum ta- fakkur o‘quvchining o‘quv va faoliyatida eng muhim o‘ringa ega. Mak- tabning, pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarning mavhum tafakkurini rivojlantirish, ularda to‘g‘ri shallangan tushunchalar tizimini hosil qilishdan iboratdir. Mantiq yo’nalishlai Foydalanilgan adabiyotlar Tpdu.uz Ziyo.net Karimova V. M., Akramova F. Psixologiya. Ma’ruzalar matni - T., 2000
Do'stlaringiz bilan baham: |