Tafakkur gulshani



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/21
Sana05.12.2019
Hajmi0,73 Mb.
#28571
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Vladimir Vorontsov. Tafakkur gulshani


www.ziyouz.com кутубхонаси 
267
Usti g‘ubor bosgan asriy shishada  
Otashnafas gulob qalqib turadi. 
M. Yu. LERMONTOV 
 
Qarilik ko‘ylakka ingan g‘u-borga o‘xshaydi — u xarakterdagi hamma qusurlarni sirtga olib chiqadi. 
V. O. KLUCHEVSKIY 
 
Uzoq yashaganini faqat yoshi-ga qarab baholaydigan qariyadan nochor odam yo‘q. 
SENEKA 
 
Nodon qariya hamisha kalon-dimog‘ va takabbur bo‘ladi. 
J. LABRUYER 
 
Vazmin va xushmuomala qariya hammaga yoqadi. 
DEMOKRIT 
 
Kuch va ko‘rk yoshlik bezagi, qarilikning bezagi esa zakovat va mulohazakorlikdir. 
DEMOKRIT 
 
Yosh yigit dono bo‘lmog‘i lozim, ammo buni ko‘z-ko‘z qilmasligi kerak, keksa odam esa, garchi dono 
bo‘lmasa ham o‘zini dono ko‘rsatishga urinishi zarurdir. 
F. CHESTERFILD 
 
Qarilik ranj, ammo nolimagan odamga u fuqorodir. 
F. VOLTER 
 
Qarilik hayot gullarini so‘litib, nishlarini o‘tkirroq qilad. 
SA’DIY 
 
Keksalikning ko‘pdan-ko‘p zaif tomonlari bor, u shunday nochorki, nafratga uchrashi ham hech 
gapmas, binobarin, qariganda orttiriladigan eng yaxshi boylik — bu yaqin kishilarning muhabbatiga 
sazovor bo‘lishdir. Buyruq va do‘q-po‘pisa unga qurol bo‘lolmaydi. 
M. MONTEN 
 
Og‘ir-vazmin, qovushuvchan va xushfe’l qariyalar keksalikni yaxshi o‘tkazishadi, jizzakilik va 
badqovoqlik hamma yoshda ham ortiqcha yuk bo‘ladi. 
SITSERON 
 
Qarilik baxt bo‘lolmaydi, «baxtli keksalik», degan gapni johil odamlar o‘ylab chiqarishgan. Qarilik yo 
osoyishta, yoki g‘am-hasrat bilan o‘tish mumkin. Izzat-ikrom ko‘rgan qariyalar osoyishta kun 
kechiradilar. Unutilgan, yolg‘iz qolgan keksalarning esa kuni g‘am-hasrat bilan o‘tadi. 
V. A. SUXOMLINSKIY 
 
Beg‘amlik yoshlarning sho‘ri bo‘lganiday, ortiqcha kuyunchaklik keksalarning sho‘ridir. 
V. SHEKSPIR 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
268
Barhayotlik uchun kurash 
 
Hayot barhayotlik uchun kurashdir... 
M. M. PRISHVIN 
 
Hayot o‘limni hech qachon pisand qilmaydi. O’lim ro‘parasida u qahqaha uradi, qo‘shiq aytib, raqsga 
tushadi, quradi, teradi va sevadi. Faqat o‘limning o‘zini alohida ajkratib qarasak, uning bo‘m-
bo‘shligini ko‘rib, xijolat tortamiz. 
R. TAGOR 
 
O’lim inson uchun hech narsa emas, chunki biz bor paytimizda o‘lim bo‘lmaydi, o‘lim bor joyda esa biz 
bo‘lmaymiz. 
EPIKUR 
 
Odam faqat men mavjudman, deb bilganda edi, o‘lim haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasdi. 
E. KONDILYAK 
 
Donishmand odam umrining oxiriga borib o‘limning faqat chetdan qaraganda, yaqin kishilari 
uchungina dahshatli ekanini, o‘zi uchun esa hech narsa emasligini, qanday tug‘ilgan bo‘lsa xuddi 
o‘shanday ketishini tushunadi... 
M.M.PRISHVIN 
 
Hayot bilan vidolashayotgan paytda o‘lim dahshati sezilmaydi, faqat qon va tana o‘lim bilan olishishi, 
unga qarshilik ko‘rsatishi mumkin, aql-idrok esa loqayd va befarq tomoshabin bo‘lib turaveradi. 
E. KAPIYEV 
 
Odamlarning o‘lim degan narsani bilishi aslida ularning o‘limdan bexabarligi vajidap unchalik 
qo‘rqinchli tuyulmaydi; qazo vaqtining noaniqligi abadiyatga o‘xshab ketadi. 
J. LABRUYER 
 
Tabiat bizga o‘lim haqida o‘ylamaslik salohiyatini ato etgan, aks holda, olam harakatdan to‘xtab 
qolgan bo‘lardi. 
F. GVICHCHARDINI 
 
O’lim muqarrarligini hammamiz yodda tutishimiz va binobarin, mangu barhayot bo‘lib qolish ishonchi 
bilan yashashimiz kerak. 
F. GVICHCHARDINI 
 
Agar bizga o‘limni yoki hech qachon o‘lmaslikni tanlash zarur bo‘lib qolsa, hech birimiz aniq bir 
qarorga kelolmasdik. Tabiat o‘limni muqarrar qilib, bizni bu mushkulotdan xalos etgan. 
J. LABRUYER 
 
O’limning muqarrarligini hamma biladi, ammo u yaqin emasligi tufayli hech kim o‘lim haqida 
o‘ylamaydi. 
ARASTU 
 
O’lolmayman, deb tashvish tortmang: vaqt-soat yetganda tabiatning o‘zi bunga yaxshilab o‘rgatib 
qo‘yadi; siz uchun ham hammasini o‘zi hal qiladi, bu haqda bosh qotirib yurmang... 
M. MONTEN 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
269
 
O’lyamdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir. 
I. GYOTE 
 
Donishmandning o‘limi o‘lim-ni pisand qilmaydigan o‘limdir. 
SENEKA 
 
Suqrot: «O’ttiz hukmdor seni o‘limga hukm etishdi» — degan odamga: «Ularni esa tabiat o‘limga 
mahkum etgan» — deb javob beribti. 
M. MONTEN 
 
 Hayoti eng qadrli bo‘lgan odamlar o‘limdan shuncha kam qo‘rqishadi. 
I. KANT 
 
Odam yaxshi bo‘lgan sari o‘limdan kamroq qo‘rqadigan bo‘ladi. 
L. N. TOLSTOY 
 
O’lim dahshati yaxshi turmushga teskari proportsionaldir. 
L. N. TOLSTOY 
 
Matonatli kishilarga o‘limning yaqinlashuvi unchalik ta’-sir qilmaydi, chunki ularning har biri so‘nggi 
daqiqagacha irodasini saqlab qoladi. 
F. BEKON 
 
O’limga tik qarash, o‘z-o‘zini aldashga urinmasdan uning yaqinlashayotganini oldindan sezish, so‘nggi 
daqiqaga qadar dadil turish, bo‘shashmaslik va qo‘rqmaslik irodali kishilarga xos xislatdir. 
D. I. PISAREV 
 
O’lim ham xuddi hayotga o‘xshamog‘i lozim, chunki o‘lganimiz bilan biz boshqacha odam bo‘lib 
qolmaymiz. 
M. MONTEN 
 
Inson qalbiga xudbinlik qancha chuqur ildiz otgani sayin unda o‘lim dahshati shuncha mustahkam 
o‘rnasha boshlaydi. 
V. G. PLEXANOV 
 
Tirik odamning o‘lim haqida o‘ylashi bema’nilikdir. 
M. GORKIY 
 
O’lim haqidagi o‘ylar bizni chalg‘itadi, chunki bunday xayollar bizni yashashni unutishga majbur qiladi. 
L. VOVENARG 
 
O’limdan qo‘rqqan odamning hayoti ham tugaydi. 
I. ZEYME 
 
O’lim dahshatidan o‘lish ahmoqlikdir. 
SENEKA 
 
Hayotdan ko‘z yumish vahimasi bilan yashagan odam hech qachon hayot lazzatini tatiy olmaydi. 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
270
I. KANT 
 
Muqarrar narsadan qo‘rqish nodonlikdir. 
PUBLILIY SIR 
 
Yuz yildan keyin yashamasligimizni o‘ylab ko‘z yoshi qilish yuz yil burun yashamaganimiz uchun ko‘z 
yoshi to‘kishdek bema’ni ishdir. 
M. MONTEN 
 
O’lim — jiddiy hodisa, u hayotning bir qismi. Mardona o‘lish kerak. 
A. V. LUNACHARSKIY 
 
Shafqat nuqtai nazaridan qaraganda, o‘lim shuning uchun ham yaxshiki, u qarilikka chek qo‘yadi. 
Yaroqsizlikning oldini oluvchi o‘lim yaroqsiz holga keltiruvchi o‘limdan ko‘ra afzaroqdir. 
J. LABRUYER 
 
O’lmoq tug‘ilmoqday tabiiydir. Muhim ish ustida o‘lgan odam og‘ir jangda yaralangan, ammo avvaliga 
og‘riqni sezmaydigan yaradorga o‘xshaydi. Zero olijanob fikrlar bilan yashovchi odam o‘lim azobini 
mutlaqo sezmaydi. 
F. BEKON 
 
Umr uzun, o‘lim qisqa, shuning uchun ham undan qo‘rqish kerak emas. 
F. E. DZERJINSKIY 
 
Hayot — abadiy, o‘lim esa bir lahzadir. 
M. Yu. LERMONTOV 
 
Insonning baxt-saodati yaxshi o‘lish emas, balki yaxshi yashamoqdan iborat. 
M. MONTEN 
 
Hayotni koyib, lekin baribir yashab yurgan odamdan ko‘ra uni olqishlab yashagan odam aqlliroq 
emasmi? 
L. N. ANDREYEV 
 
O’lish xohishi ruhiyatning eng soxta va xayoliy holatidir. 
V. G. BELINSKIY 
 
Hayot bilan vidolashuvga sababi ko‘p bo‘lgan odam juda ayanchlidir. 
EPIKUR 
 
Hayotdan faqat loqaydlik va yalqovlik tufayligina nafratlanish mumkin. 
L. N. TOLSTOY 
 
O’limdan qo‘rqmasdan va uni xohlamasdan yashash kerak. 
L. N. TOLSTOY 
 
Yashab turib o‘ziga o‘lim tilash qazo vaqti yetganda tirik qolishga urinishday bema’nilikdir. 
A. FRANS 
 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
271
O’limni orqavorotdan bilgan odamlargina o‘ziga o‘lim tilaydi. 
U. MIZNER 
 
O’z joniga qasd qilganlar, menimcha, birovdan o‘ch olish uchun emas, balki o‘zidan va o‘zining nochor 
va nobop turmushidan nafratlanganidan hayot bi-lan vidolashadi. O’z-o‘zidan nafratlanish dahshatli 
tuyg‘u! 
E. KAPIYEV 
 
Eng botir va eng oqil odamlar har qanday sharoitda ham o‘lim haqida o‘ylamaydigan odamlardir. 
F. LAROSHFUKO 
 
Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak. 
T. MANN 
 
Zakovatli odamni hayotga nis-batan muqaddas ehtiromidan tanib olish mumkin. 
V. GYUGO 
 
 Yashash matlabi o‘lgandan keyin ham barhayot bo‘lib qolishdan iborat. 
M. JALIL 
 
Yomon ham o‘tar, yaxshi ham —yaxshi bil, 
Seni yaxshi nom birla yod etsin el.  
SA’DIY 
 
Inson o‘limdan keyin faqat yerda yashashi mumkin. 
A. BARBYUS 
 
O’zgushn mangu xotira qoldiradigan insonlar uchun tug‘ilish chinakam baxtdir. 
PERIKL 
 
O’lim barhaq bo‘lsa ham biz yo‘q bo‘lib ketadigan narsalarga mute bo‘lib qolmasligimiz, aksincha, iloji 
boricha abadiyat cho‘qqisiga ko‘tarilishimiz va o‘zimizdagi eng yaxshi xislatlarga suyanib yashashimiz 
kerak. 
ARASTU 
 
O’limdan qo‘rqqan odam biron-bir ezgu ish qilolmaydi, buyrak toshi, bod, tutqanog‘i yoki shunga 
o‘xshash boshqa bir sabab bilan o‘lib ketgandan ko‘ra, ezgu ish uchun jonni fido qilgan ma’qul. 
D. DIDRO 
 
O’limdan omon    qolishni eplolmasang, loaqal sharaf bilan o‘l. 
EZOP 
 
Abadiyat yo‘lida yashovchi in-son uchun o‘lim qo‘rqinchli emas. 
U. PENN 
 
Hayot qisqa, lekin shuhrat mangu bo‘lishi mumkin. 
SITSERON 
 
Umumiy g‘oya bilan ruhlangan va umum manfaatiga xizmat qilgan odam o‘lmaydi. 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
272
D. N. MAMIN-SIBIRYAK 
 
Inson o‘ladi, barhayot bo‘lib qolishning birdan bir imkoniyati o‘zidan keyin o‘lmaydigan nimadir 
qoldirishdir. 
U. FOLKNER 
 
Bo‘lak yaxshi nom istama, shul yetar —  
Seni yaxshi odam desa el agar. 
SA’DIY 
 
Barhayotlik mangu nimadir ustida ishlashdir. 
E. RENAN 
 
O’z ichingdan abadiyatni topolmaysan. 
A. SENT-EKZYUPERI 
 
Hech kim o‘limga chap berolmaydi, lekin odamlar o‘zlarining buyuk ishlari bilan o‘zlariga shunday 
haykal quradilarki, bu haykal quyosh turguncha turadi. 
G. FABRISIUS 
 
Yashab turib, dunyoda o‘zining borligini bildira olmaslik — menga dahshat bo‘lib tuyuladi. 
N. V. GOGOL 
 
Kasal bo‘lish yaxshi emas, o‘lish undan ham yomon, biroq, o‘zingdan keyin hech narsa 
qoldirmasligingni sezib turib kasal bo‘lish va o‘lish — hammasidan ham yomon. 
V. G. BELINSKIY 
 
O’limdan qo‘rqmayman. Yo‘q, aslo! Izsiz yo‘qolishdan qo‘rqaman. 
M. Yu. LERMONTOV 
 
Dunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam 
baxtsizdir. 
SA’DIY 
 
Ongimizni o‘stirish yoki biron-bir dardni davolash yo‘lida jonini fido qilgan odam o‘la turib ham 
hayotga xizmat qiladi. 
A. SENT-EKZYUPERI 
 
Buyuk maqsadlarga xizmat qilsa kim, 
Inson birodarin o‘ylasa agar,  
Kurashga baxsh etsa butun hayotin — 
Hayoti tarixda qolar muqarrar. 
N. A. NEKRASOV 
 
Xotirasi o‘zi sevgan odamlar qalbida muqaddas saqlanadigan odam, menimcha, o‘limdan keyin ham 
barhayot bo‘lib qolish uchun zarur ishni qilib qo‘ygan odamdir. 
G. EBERS 
 
Kelajakka ishonib yashagan va uning porloq bo‘lishi uchun jon fido qilgan har bir odamni toshdan 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
273
o‘yib ishlagan haykalga qiyos qilsa bo‘ladi. 
Yu. FUCHIK 
 
Inson jisman o‘lsa-da, ruhan yo‘q bo‘lmaydi, u o‘z xulq-atvori, qilgan ishlari va ijodi bilan tevarak-
atrofdagilar hamda jamoat orasiga singib ketadi. Agar u hayotda murdaga o‘xshab yashamagan 
bo‘lsa, tirik qolganlar ongida yashashda davom etaveradi. Jonli kollektiv o‘liklarni tiriltiradi. 
N.Ya. MARR 
 
Insoniyat deganimizda, tiriklardan ko‘ra ko‘proq marhumlarni nazarda tutamiz. 
K. A. TIMIRYAZEV 
 
Inson o‘ladi, ammo xalq barhayotdir. 
M. GORKIY 
 
Odamlar insoniyat yashamog‘i uchun o‘ladilar. 
V. G. BELINSKIY 
 
Men o‘lsam, o‘rnimga boshqalar keladi. Xalqdan ko‘ra ba-davlati yo‘q. 
F. JOLIO-KYURI 
 
Hech qanday texnika insonni o‘limdan saqlab qololmaydi. Ammo-lekin ma’naviy qudratning bu bilan 
ishi yo‘q. U hayotda shunday bir umumiy yo‘nalish yasashi kerakki, bu yo‘nalish vijdon va nomus 
talablarini qondirish bilan birga kishiga muqarrar o‘limni qo‘rquv bilmay, xijolat va ta’nalarsiz, xotirjam 
qarshi olish imkonini bersin. 
N. K. MIXAYLOVSKIY 
 
Kishi umri oxirlab qolgan paytda ma’yus tortib, olisdan imlab chaqiruvchi yorqin manzillarni ko‘rish 
menga ham nasib qilarmikin, deya o‘z-o‘ziga savol beradi. Shunda u o‘z ortidan bardam-baquvvat 
yoshlar kelayotganini, keksalik bilan yoshlik haqiqatni kashf etish yo‘lidagi uzluksiz mehnatda qorishib 
ketajagini o‘ylab, tasalli topadi. 
N. Ye. JUKOVSKIY 
 
Shunday marhumlar borki, ular tiriklardan ko‘ra barhayotroqdir, lekin shunday tiriklar ham borki, ular 
marhumlardan ko‘ra marhumroqdir. 
R. ROLLAN 
 
Marhumlar har xil bo‘ladi, ularning ayrimlari o‘tgan ming yilliklar qa’ridan turib ho-zir ham bugungi 
porloq kunimiz yo‘nalishini belgilab beradi. 
M. M. PRISHVIN 
 
Adbiyot olamida o‘lim yo‘q, bunda marhumlar ham xuddi tiriklar kabi ishlarimizga aralashib, o‘zimiz 
bilan yonma-yon yuradilar. 
N. V. GOGOL 
 
Agar siz o‘zingizga abadiy haykal o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, qalbingizni ezgu kitobga jo qiling. 
P. BUAST 
 
Hayotning butun quvonchi ijodda. Ijod qilish o‘limni mahv etishdir. 
R. ROLLAN 

Tafakkur gulshani 
 
 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
274
 
Men go‘yo bir jon, muhabbati bor  
Qalblarda yashayman, bo‘lmayin abgor, 
Menga begonadir dunyoda ajal. 
MIKELANJELO 
 
O’z asarlarida yashagan odam sirayam o‘lmaydi. 
K. BOUVI 
 
O’lim dahshati bizni mehnat qilishga undaydi, zero butun hayot mehnatdadir. 
J. RENAR 
 
Uzidan keyin loaqal bittagina yangi, porloq fikr qoldirgan, insoniyatga nafi tegadigan atigi bittagina 
jasorat ko‘rsatgan odam bo‘lsa, demak, u dunyodan befarzand o‘tmayapti.  
A. A BESTUJEV-MARLINSKIY 
 
Umrboqiylik, to‘la ma’noda bo‘lmasa ham, shubhasiz, avlodlarda namoyon bo‘ladi. 
L. N. TOLSTOY 
 
Umr qisqa, lekin inson o‘z farzandlari timsolida qayta yashay boshlaydi. 
A. FRANS 
 
Gar desang ayovsiz o‘lim qilichin, 
Nasllar qoldirgin yashamoq uchun! 
V. SHEKSPIR 
 
Sendan o‘g‘il qolsa kelajakda yosh,  
U sening o‘rningda qarshilar quyosh. 
V. SHEKSPIR 
 
Burchni ado etganlik tuyg‘usi o‘lim dahshatini yakson etadi, halol kechirilgan umr esa xotirjam ko‘z 
yumish imkonini beradi. 
M. GORKIY 
 
Kunni yaxshi o‘tkazgan odam tunda tinch uxlaganiday, foydali umr kechirgan odam qiynalmay jon 
beradi. 
LEONARDO DA VINCHI 
 
Dalada ishlab turib qazo qilishni xohlardim. 
M. MONTEN 
 
Ish ustida jon berishni xohlayman. 
OVIDIY 
 
Kurashishga qurbim yetmay qolgan ondan boshlab o‘limimg‘a roziman. 
F. ENGELS 

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish