Tafakkur 2041-Guruh: Maxammadaliyev Diyorbek Reja - Tafakkur tushunchasi
- Tafakkur turlari
- Tafakkurning sifatlari
Tafakkur tushunchasi - Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obʼyektiv voqelikning ongda aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi. Uning nerv fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, gʻoya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi
Tafakkur turlari - Odamlarning ehtiyojlari, hayotiy qiziqishlari va faoliyatlari juda xilma-xildir. Shu sababli, odamning tafakkuri ham turli hollarda har xil turda namoyon bo'ladi. Bilish uchun kerak bo'lgan vazifalarni va har xil amaliy vazifalarni hal etishga to'g'ri kelib qolganida, shuningdek, boshqa odamlarning fikrlarini nutq orqali va amaliy muomalada bilib olishga, tushunib olishga to'gri kelinganida odam o'z fikrini ishlatadi. Mana shunday ijodiy tafakkur va tushunish deb ataladigan tafakkur kelib chiqadi. Tafakkurning faolligi qay turda bo'lishiga qarab, u ixtiyoriy va ixtiyorsiz tafakkurga bo'linadi, tafakkurning umumiylashganlik darajasiga qarab, u aniq va abstrakt tafakkurga, yo'nalishiga qarab, u nazariy va amaliy tafakkurga bo'linadi.
Tafakkurning sifatlari Ayrim kishilarning tafakkuri o'zining mazmundorligi, chuqurligi va kengligi jihatidan, mustaqilligi, samaraliligi va tezligi jihatidan turli hollarda turlicha namoyon bo’ladi. Bular tafakkurning sifatini tashkil qiluchi belgilardir. Tafakkurning mazmundorligi, avvalo, u yoki bu narsalar yoki hodisalar to’g’risidagi, voqelikning u yoki bu sohalari to’g’risidagi muhokamalar va tushunchalar odamning ongida qanchalik o’rin olganligidan kelib chiqadi. Odamda fikr nechog’li ko`p bo’lsa va bu fikrlar nechog’li xilma-xil bo'lsa, uning tafakkuri shu qadar mazmunli bo'ladi, uning aqli shu qadar boy bo'ladi. Lekin tafakkurning mazmundorligi mavjud fikrlarning miqdori bilangina belgilanmaydi, tafakkurning mazmundorligi shu fikrlarda nimalar aks ettirilganligi bilan ham belgilanadi. Shu sababli tafakkur faqat boy bo’lgailidagina emas, shu bilan birga, u ham chuqur bo'lganida, bunday tafakkur mazmundor tafakkur deb hisoblanadi. Voqelikning eng muhim, xossalari va sifatlari, eng muhim bog’lanishlari va munosabatlari tafakkurda aks etganida bunday tafakkur chuqur tafakkur deyiladi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |