Zahri hajrini berur har dam manga bu vaslining
No‘shini in’om etar bisyor mandin o‘zgaga. (O.)
Ishtiqoq - (so‘zdan so‘zni ajratmoq) she’r baytlarida o‘zakdosh so‘zlarini qo‘llash san’atidir. Masalan, A.Navoiyning
Qilsa zulm ul zolim elni qilmag‘il yo rab, zabun,
Chun tazallumdir ishim, doim meni mazlum qil...
baytidagi zulm, zolim, tazallum, mazlum so‘zlari o‘zakdosh bo‘lib, ishtiqoq san’ati asosida qo‘llangandir.
Ta’dil - «to‘g‘rilamoq» ma’nosidagi bu so‘z she’rda sodda otlarni tartib bilan keltirish san’atini ifodalaydi:
Jinu malaku hur chaman ichra ko‘rinmas,
Yuzing oyidan barchasi sharmanda dagulmuq (L.)
baytlarida jin, malak, hur so‘zlari sodda otlar ma’lum tartib bilan keltirilgan bo‘lib, ikkinchi misrada ularga oid fikr ifodalangan.
Ra’dd-ul-ajuz al-as-sadr
Bir xil ma’nodagi yoki shakldosh ikki so‘zni baytning turli o‘rinlarida keltirish san’atidir. Sharq adabiyotshunosligiga ko‘ra bayt boshidagi bo‘lak (rukn) esa ajz deb ataladi. Binobarin, ushbu san’at nomi «bir xil yoki shakldagi ikki so‘ zni bayt boshi va oxirida keltirish» degan ma’noni ifodalaydi.
Gul chog‘i yori safar aylab Navoiy jonig‘a,
Har biri bir toza qonlig‘ dog‘i hijron bo‘ldi gul
yoki
Nechakim bo‘lsin chuchuk shirin takallumlar so‘zi,
Lekin ermas ul kalomi shakkarafshondin chuchuk. (N.)
Tardu aks - «teskari qilib takrorlash» ma’nosini ifodalab, she’rning birinchi misrasida keltirilgan ikki so‘z yoki so‘z birikmalarini keyingi misrada o‘rnini almashtirib qaytarishdan iborat bo‘lgan she’riy san’atdir. Bu xil qaytarish natijasida so‘z yoki so‘z birikmalari yana bir bor ta’kidlanibgina qolmay, ularning ma’nosi ham yangilanadi, misra mazmuni ham takomillashadi. Masalan:
Ko‘ngulga bo‘ldi ajoyib balo qaro soching,
Shikasta ko‘ngilma ermish qaro balo soching (B.) baytining birinchi misraisdagi balo so‘zi mustaqil holda «ofat» ma’nosini, «qaro» so‘zi esa sochning sifatini ifodalagan bo‘lsa, ikkinchi misrada bu ikki so‘zning o‘rni almashtirilishi natijasida ularning mazmuni ham o‘zgarib, «qaro» so‘zi «balo» so‘zining sifatlovchisiga aylanib, bu so‘zning ma’nosini yanada kuchaytirgan, har ikki so‘z qofiyadosh bo‘lganligi sababli takror zulqofiyatayn san’atini hosil qilgan.
Takrir - «takrorlash» ma’nosini ifodalovchi lafziy san’at bo‘lib, she’rda u yoki bu so‘zni takror qo‘llashni nazarda tutadi. Takrorlash vositasida so‘z ma’nosini, uning mohiyatini ta’kidlab ko‘rsatish ushbu san’atning asosiy xususiyati sanaladi. Chunonchi, A.Navoiy g‘azalidagi she’r
Dema, ishqim nayladikim ro‘zgurongdur qaro,
Do'stlaringiz bilan baham: |