Ishning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqlikligi. Dissertatsiya mavzusi Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o’zbek tilshunosligi kafedrasida 2010 - yilgacha o’rganilgan «O’zbek tili lug’at tarkibida semantik-uslubiy siljishlar» mavzusining tarkibiga kiradi va u o’zbek tilshunosligi kafedrasining 2009-yil da bo’lib o’tgan yig’ilishida tasdiqlangan.
Tadqiqotning maqsadi. O’zbek tili leksikografiyasida erishilgan yutuqlarga tayangan holda izohli lug’atlarda berilgan taqlidiy so’zlarni qiyosiy talqin etish va shu asosda mazkur so’z turkumining o’zbek tili lug’at boyligida tutgan o’rnini belgilash.