Iste’mol tovarlari turkumi
Kundalik iste’mol tovarlari:
a) doimiy talabdagi asosiy
tovarlar
b) impulsiv tarzda sotib
olinadigan tovarlar
v) favqulodda holatlar uchun
tovarlar
Dastlabki tanlov asosida
olinadigan tovarlar:
a) o‘xshash tovarlar
b) alohida ko‘rinishdagi
tovarlar
Alohida
talabdagi
tovarlar
Passiv
talabdagi
tovarlar
10.2-rasm. Iste’mol tovarlari turkumini tashkil etuvchi tovarlar tarkibi
220
Alohida talabdagi tovarlar - xaridor uchun o‘ta qadrli sanalayotgan, o‘ta
nufuzli, mashhur firmalar tovari bo‘lib, ular uchun xaridor tayinli vaqt va
harakatlarini ayamaydi.
Masalan, xususiy uylar uchun maxsus mebellar, jihozlar yoki bo‘lmasa,
Porshe, Ferrari, Mersedes –Bens, BMV, Volva avtomobillarining ayrim turlari
bo‘yicha ishtiyoqli xaridorlar talabi bunga yorqin misol bo‘la oladi.
Bozor
islohotlarini
chuqurlashtirish
va
iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoitlarida iste’mol bozorida taklifning shakllanishi sezilarli o‘zgarishlarga uchradi.
Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tovar resurslari
tarkibida import tovarlar ustunligi bilan tavsiflanadi.
Iste’mol bozorining hozirgi holatini tahlil qilish va tovar taklifi strukturasidagi
o‘zgarishlar sababini aniqlash maqsadida Toshkent shahri va viloyatida bozor
tadqiqotlari o‘tkazildi. Ish davomida 100 ga yaqin chakana savdo korxonalari va
dehqon bozorlari o‘rganib chiqildi; 100 dan ortiq savdo xodimlariga savollarr berildi
va 200 ta xaridor o‘rtasida anketa so‘rovlari o‘tkazildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi tahlili import tovarlarning ulushi
kattaligini ko‘rsatadi. Sotilayotgan tovarlar assortimentida yogurt (91%), pishloq
(89%), dudlangan kolbasa (68%), pista yog‘i (82%) kabi xorijiy tovarlar sezilarli
ulushga ega.
Shu bilan birga oxirgi paytlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan
taklif etilayotgan mahsulotlar turi va hajmi ortib bormoqda. Ayrim tovarlar bo‘yicha
mahalliy ishlab chiqaruvchilar taklif qilayotgan assortiment xilma-xildir.
Nooziq-ovqat bozorida import mahsulotlar ulushi yanada yuqori. Masalan,
import televizorlar ulushi 96%, videomagnitofonlar – 100%, souvtgichlar – 82%ni
tashkil qiladi va hokazo.
Mutaxassislar orasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatadiki, oziq-ovqat
mahsulotlarini sotishda savdo agentlarining yarmidan ko‘pi (59%) mamlakatimizda
ishlab chiqailgan tovarlarni afzal ko‘radi, nooziq-oqvat mahsulotlarida esa, aksincha,
221
import tovarlari ustunlik qiladi (76%). Mutaxassislarning katta qismi import nooziq-
ovqat tovarlar bilan savdo qilishni ko‘proq foyda keltiradi deb hisoblaydi.
Iste’molchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra ularning
ko‘pchilik qismi (82%) import (nooziq-ovqat tovarlari) mahsulotlarni afzal ko‘radi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda esa iste’molchilarning 62%dan ortig‘i
mahalliy mahsulotlarni tanlaydi.
Savdo xodimlarining fikriga ko‘ra tovarni tanlashda asosiy mezonlar uning
narxi, sifati va o‘rovi hisoblanadi. Xaridorlar tovar o‘roviga kamroq, ekologik tozalik
va uzoq muddatlilikka esa ko‘proq e’tibor qarata boshladilar. Iste’molchilar
tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda asosiy mezon narx va sifat sanalsa,
nooziq-ovqat mahsulotlarini tanlashda esa mahsulotning tashqi ko‘rinishi va tovar
markasi hisoblanadi.
Shaharning iste’mol bozxorida nooziq-ovqat tovarlarini sotishda savdo
korxonalarining katta qismi xaridorlar to‘lov layoqatining pastligi, bozorning xorijda
ishlab chiqarilgan o‘xshash tovarlar bilan to‘yinganligi, tovarlar tannarxining
balandligi kabi muammolarga duch kelmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, shu
tariqa import tovarlar nooziq-ovqat bozori strukturasida yetakchi o‘rinni egallab
qoladi.
Passiv talabdagi tovarlar- xaridorlarga notanish yoki ular xususida juda kam
o‘ylaydigan tovarlardan tarkib topadi. Masalan, yaqin 15 yil ichida mamlakatimiz
aholisi uchun mikroto‘lqinli pechlar, idish yuvish mashinalari notanish edi. Ushbu
tovarlarning reklamasi, sotuvda ko‘p tarqalishi natijasida u keng xaridorlar ommasiga
yetib bordi. Bundan tashqari, dafn marosimi uchun anjomlar, hayot sug‘urtasi kabi
passiv talabdagi tovarlar ham aynan shu guruhga kiradi.
F.Kotler iste’mol tovarlari turkumini ushbu yuqorida qayd etilgan 4 katta
guruhga bo‘lib o‘rganishni va ular bilan savdo qilishda sezilarli natijalar berishini
asoslaydi.
Iste’mol tovarlarini xarid etish intensivligi barcha turdagi savdo
shaxobchalarida turlicha bo‘ladi. Masalan, Germaniyada asosiy iste’mol mollari bilan
savdo qiluvchi savdo korxonalarining 12 turini keltirish mumkin. Bular safiga
222
supermarketlardan tortib, «hayotiy vosita mollari» turkumidagi kichik do‘konlar ham
kiradi. Ixtisoslashgan «Aldi», «Lidl», «Karshtat» turkumidagi savdo korxonalarida
o‘ziga xos bo‘lgan tovar assortimenti shakllangan va bu xaridorlarning xaridida ham
o‘z aksini topadi. Meva va sabzavotlar, uy xo‘jaligi uchun mayda tovarlarni yanada
tor ixtisoslashgan, o‘ta sifatli tovarlar savdo qiluvchi do‘konlardan xarid qilish
mumkin. Boshqa bir qancha Yevropa ittifoqi davlatlarida, A+Sh va yangi Sharq
mamlakatlarida ham iste’mol mollari savdosi shunday tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |