Tadqiqotlari


 Birlamchi va ikkilamchi axborotlar



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/399
Sana02.01.2022
Hajmi6,42 Mb.
#312706
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   399
Bog'liq
1503-Текст статьи-4092-1-10-20200627 (1)

 
6.5. Birlamchi va ikkilamchi axborotlar 
 
Odatda  marketing  tadqiqotlari  o‘tkazishda  birlamchi  va  ikkilamchi  axborot 
asosida olingan axborotlardan foydalaniladi. 
Birlamchi  ma’lumotlar  muayyan  marketing  muammolarini  hal  qilish  uchun 
maxsus  o‘tkazilgan  dala  tadqiqotlarining  natijasida  olinadi;  ularni  to‘plash  kuzatuv, 
so‘rov va eksperimental tadqiqotlar yo‘li bilan olinadi.  
Kabinet  tadqiqotlari  o‘tkazishda  qo‘llanadigan  ikkilamchi  ma’lumotlar 
deganda  marketing  tadqiqotlaridan  farq  qiladigan  maqsadlar  uchun  ilgari  ichki  va 
tashqi  manbalardan  olinadigan  ma’lumotlar  tushuniladi.  Boshqacha  qilib  aytganda, 
ikkilamchi 
ma’lumotlar  maxsus  marketing  tadqiqotlari  o‘tkazish  natijasi 
hisoblanmaydi. 
Kabinet  tadqiqotalri  marketing  tadqiqotlari  o‘tkazishning  eng  arzon  va  oson 
usuli  hisoblanadi.  Kichik  va  ba’zida  o‘rta  hajmli  shtlar  uchun  bu  amalda  marketing 
axborotlari olishning yetakchi usuli hisoblanadi. 


 
137 
 
Ichki  manbalar  bo‘lib  kompaniyalarning  hisobotlari,  sotuv  bo‘limi  xodimlari 
va  boshqa  mutaxassis  va  xodimlar  bilan  suhbatlar,  marketing  axborot  tizimi, 
buxgalteriya  va  moliya  hisobotlari,  rahbariyatning  aksiyadorlar  yig‘ilishlaridagi 
hisobotlari,  savdo  xodimlarining  xabarlari,  xizmat  safarlari  xaqida  hisobotlar,  ishlab 
chiqarish  va  ITTKI  rejalari,  rahbariyat  yig‘ilishlarining  bayonnomalari,  firmaning 
ishbilarmonlik xatlari va boshqalar xizmat qiladi. 
Tashqi  manbalar  xalqaro  tashkilotlarning  (Xalqaro  valyuta  fondi,  YeHHT, 
BMT)  ma’lumotlari;  qonunlar,  davlat  organlarining  qaror  va  farmonlari;  davlat, 
siyosat  va  jamoat  vakillarining  ma’ruzalari;  rasmiy  statistika  va  davriy  matbuot 
ma’lumotlari, ilmiy tadqiqotlar natijalari va h.k. hisoblanadi. 
Bu xaqida aniqroq gapiradigan bo‘lsak, birinchi navbatda quyidagilarni ajratib 
ko‘rsatish  lozim:  yillik  statistika  to‘plamlari;  aholini  ro‘yxatga  olish  ma’lumotlari; 
oilaviy  budjetlar;  aholi  jamg‘armalari  xaqida  ma’lumotlar;  turli  firmalarning  katalog 
va  prospektlari;  firmalarning  yllik  moliyaviy  hisobotlar;  konkurslar  natijalari; 
tarmoqlar, birja va banklar axboroti; aksiyalar kurslari jadvali; sud qarorlari. 
Masalan,  Rossiyada  ikkilamchi  axborotlarni  quyidagi  axborot  manbalaridan 
olish mumkin: 

 
umumiy iqtisodiy yo‘nalishdagi nashrlar («Ekonomika i jizn», «Finansovaya 
gazeta»  gazetalari,  «Kommersant»,  «Finansovыe  izvestiya»  davriy  bosma  nashrlar, 
«Biznes», «Eko» jurnallari va b.); 

 
savdo  xarakteridagi  davriy  bosma  nashrlar  («Ekstra  M»,  «Tovarы  so 
sklada», «Iz ruk v ruki», «Sentr plyus» va b.); 

 
kundalik gazetalar; 

 
bepul e’lonlar gazetalari; 

 
elektron ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio); 

 
savdo-sanoat palatasi nashrlari; 

 
axborot-tahliliy 
byulletenlar 
(masalan, 
VNIKI, 
turli 
tadqiqotchilik 
markazlari); 

 
tashq savdo tashkilotlarining nashrlari; 

 
maxsus kitob va jurnallar (masalan, «Marketing» jurnali); 


 
138 
 

 
 «Biznes Interneshnl» va «Mak-Kinzi» kabi xalqaro konsalting firmalarining 
nashrlari; 

 
lug‘atlar, ensiklopediyalar; 

 
turli  amoat  tashkilotlarining  nashrlari 
(iste’molchilarni 
himoya 
qilish 
tashkiloti, 
«yashillar» jamiyati va b.); 

 
ixtisoslashgan  iqtisodiy  va  marketing 
tashkilotlarining nashrlari; 

 
tashqi reklama. 
Tashqi  ikkilamchi  axborot  manbalariga  quyidagilar  ham  kiradi:  ko‘rgazmalar, 
yarmarkalar,  yig‘ilishlar,  anjumanlar,  taqdimotlar,  ochiq  eshiklar  kunlari,  tijorat 
bazalari va ma’lumotlar banklari. 
Oxirgi  yillarda  kompyuter  tarmoqlarining  rivojlanishi  tufayl  ixtisoslashgan 
marketing  firmalari  uchnu  ham,  tadqiqotlarni  mustaqil  ravishda  amalga  oshiradigan 
tashkilotlarning  marketing  bo‘linmalari  mutaxassislari  uchun  ham  ularning 
xizmatlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Xususan, Internet tarmog‘i orqali 
turli  mamlakatlardagi  tovarlar  va xizmtalar bozorlarining  holati  xaqida axborot olish 
mumkin. 
Bundan tashqari, Rossiyada turli, jumladan, bozorlar va tovarlar xaqida xilma-
xil  axborot  to‘plash    va  qayta  ishlashga  maxsus  yo‘naltirilgan  qator  kompyuter 
axborot tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Ikkilamchi axborot to‘plash
 
odatda birlamchi axborot to‘plashdan oldin keladi. 
Ikkilamchi  ma’lumotlar  tadqiqotchiga  tarmoqdagi  vaziyat,  foyda  va  sotuv 
hajmining  o‘zgarish  tendensiyalari,  raqobatchilar,  fan  va  texnikaning  so‘nggi 
yutuqlari bilan yaqindan tanishib chiqishga imkon beradi.
 
 
Ikkilamchi  ma’lumotlarning  kamchiliklari  qatoriga  o‘lchov  birliklarining  bir-
biriga  mos  kelmasligi  turli  ta’rif  va  tasniflardan  foydalanilishi  yangilik  darajasinnig 
har xilligi, ularning ishonchliligi baholash imkoniyati yo‘qligi kabilar kiradi.  
Ikkilamchi  ma’lumotlar  ishonchliligi  baholash  uchun  ularning  o‘zini  baholash 
lozim. Buning uchun quyidagi beshta saovlga javob berish talab qilinadi: 


 
139 
 
1. Mazkur axborotni to‘plar ekan, tashkilot qaysi maqsadlarni ko‘zlagan? 
Masalan,  agar  tashkilotning  maqsadi  bironta  mintaqaga  kapital  jalb  qilish 
hisoblansa,  ushbu  mintaqada  vujudga  kelgan  iqtisodiy,  infratuzilma  va  boshqa 
vaziyatlarni aslidan ko‘ra chiroyliroq ko‘rinishda aks ettirish mumkin. 
2. Axborotni kim to‘plagan? 
Ushbu tashkilot zarur malaka va bilimga ega kadrlar bilan ta’minlanganligi va 
to‘planayotgan axborot sifati nazorat qilinishini baholash zarur. Buning uchun ushbu 
tashkilot bilan ishbilarmonlik aloqalari o‘rnatganlar bilan bog‘lanish  lozim. Shundan 
so‘ng taqdim etilgan axborot tadqiq etiladi. Bu axborot ma’lumot to‘plash usullari va 
jarayonlarining detalli tavsifidan iborat bo‘lishi lozim. 
3. Qanday axborot to‘plangan? 
Amalda  to‘plangan  axborot  tashkilot  prospektalrida  gapirib  o‘tilgan 
axborotdan farq qilishi mumkin. 
4. Axborot qaysi yo‘llar bilan olingan? 
Axborot  olish  usullari  xaqida  tasavvurga  ega  bo‘lish  lozim.  garchi  gap 
ikkilamchi  axborotlar  xaqida  borsada,  ko‘pincha  ular  birlamchi  ma’lumotlar  sifatida 
to‘planadi. 
5. Bu axborot boshqa axborotlar bilan qanday bog‘lanadi?  
Bunday  axborot  bir  nechta  mustaqil  tashkilot  tomondan  to‘planadigan  bo‘lsa, 
bu  tashkilotlarning  axborotini  taqqoslash  imkoniyati  vujudga  keladi.  Masalan, 
demografik ma’lumotlar umumdavlat statistika tashkiloti tomondan ham, mintaqaviy 
tashkilotlar  va  maqsadli  tadqiqotlar  o‘tkazadigan  tashkilotlar  tomondan  ham 
to‘planishi  mumkin.  Bu  ma’lumotlarning  farq  qilish  darajasi  qanday  va  ularning 
sabablari qanaqa? 
Ikkilamchi  axborot  to‘plash  manbalarini  aniqlash  quyidagi  tarzda  amalga 
oshirilishi mumkin: 
1. Siz nimani bilishingiz va nimani bilishni istashingizni aniqlang. 
2.  Ikkilamchi  axborot  manbalari  mazmunini  belgilab  beradigan  asosiy  atama 
va nomlar ro‘yxatini tuzing. 
3. Axborot ikkilamchi manbalarini izlash. 


 
140 
 
4.  Topilgan  axborotni  baholang.  Agar  u  sizni  qoniqtirmaydigan  bo‘lsa,  asosiy 
atama va nomlar ro‘yxatini, axborot sifati va mazmuniga talablarni aniqlashtiring. 
5. Qidirishni davom ettiring. 
6. Topilgan axborotni baholang. Ushbu bosqichda siz talab qilinadigan axborot 
xarakteri va qo‘shimcha manbalardan foydalanish zarurati xaqida aniq tasavvurga ega 
bo‘lishingiz lozim. 
7.  Asosiy  atama  va  nomlar  ro‘yxatiga  tayangan  holda  kompyuterlashtirilgan 
axborot  manbalaridan  foydalaning.  Dastlab  ma’lumotlar  to‘plamidagi  maqolalar 
annotatsiyasi bilan tanishib chiqing. 
8. Agar siz zarur axborotni topmagan bo‘lsangiz ixtisoslashgan spravochnik va 
ensiklopediyalardan foyda laning. 
9.  Agar  siz  endi  ham  muvaffaqiyatga  erishmagan  bo‘lsangiz,  unda  ushbu 
sohadagi nufuzli mutaxassis va tashkilotlar yordamiga murojaat qiling. 
10. Agar siz zarur axborot manbalarini topo olmagan bo‘lsangiz, uni qayerdan 
qidirish mumkinligini aniqlang. 
11. Agar siz bunda ham barcha zarur axborotlarga ega bo‘la olmasangiz, talab 
qilingan  axborotni  bera  oladigan  ekspertlar  yordamiga  murojaat  qiling.  Ekspertlarni 
topishda odatda «sinov va xatolar» usulidan foydalaniladi. 
Ikkilamchi  axborotlar  –  bu  shunday  axborotlarki,  aniq  marketing 
tadqiqotlarining  boshqa    maqsadlar  uchun  to‘plangan  ma’lumotlarga  aytiladi. 
Ikkilamchi axborotlar ichki va tashqi axborotlarga bo‘linadi. 
Ichki axborotlarga firma faoliyatining xujjatlari: budjeti, xisobotlari, moliyaviy 
xisobotlari, zahiralar, dastlabki va oldingi ma’lumotlari va xk.) 
Tashqi axborotlarning manbalariga quyidagilar kiradi: 
-
 
Milliy va xalqaro yuridik tashkilotlarning  nashrlari; 
-
 
Davlat, munitsipal, vazirliklar va davlat organlarining nashrlari; 
-
 
Savdo – sanoat korxonalari va  birlashmalarning nashr ma’lumotlari; 
-
 
Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari to‘plami; 
-
 
Tarmoq korxonalar va qo‘shma korxonalarning xisobot nashrlari; 
-
 
Kitoblar, gazeta va jurnalllardagi e’lonlar; 


 
141 
 
-
 
O‘quv,  ilmiy  –  tadqiqot,  loyixalashtirish  institutlari  va  ilmiy  –  jamoat 
tashkilotlari, simpoziumlar, kongresslar va konferensiyalar ma’lumotlari; 
-
 
Prays – listlar, kataloglar, prospektlar va boshqa firma nashrlari; 
-
 
Konsalting tashkilotlarining ma’lumotlari va boshq. 
Ikkilamchi ma’lumotlar asosida to‘plangan axborotlar, qoidaga ko‘ra dastlabki 
xususiyatlariga  ega  bo‘lib  yozuvli  va  ijodiy  xarakterga  ega.  Bunda  tadqiqotlar 
yordamida,  odatda  bozorning  umumiqtisodiy  xarakteristikasi,  ayrim  tarmoqlarning 
holati chet el bozorlariga chiqishda alohida xususiyatlarga ega bo‘ladilar. 
Ikkilamchi  axborotlarni  tadqiq  qilishda  ichki  va  tashqi  ma’lumotlarga  ega 
bo‘lishda tadqiqotning va ob’ektning maqsadiga ko‘ra aniqlanadi. 
Marketing  tadqiqotlarini  o‘tkazishda  birlamchi  va  ikkilamchi  axborotlar 
manbalaridan foydalanadilar. 
Qoidga  ko‘ra,  marketing  tadqiqotlari  ikkilamchi  ma’lumotlardan  boshlanadi, 
ushbu  ma’lumotlar  odatda  kabinet  tadqiqotlari  orqali  foydalaniladi.  Birlamchi 
ma’lumotlar esa dala tadqiqotlari asosida to‘planadi. 
 
Yuqorida  ta’kidlaganimizdek,  ikkilamchi  axborotlar  –  bu  har  xil  maqsadlarda 
to‘plangan  va  qayerdadir  paydo  bo‘lganligi  haqida  ma’lumotlarga  tayanadi. 
Ikkilamchi ma’lumotlar tadqiqotchiga tarmoq vaziyatini chuqurroq anglashga yordam 
beradi.  Shuningdek,  sotuv  hajmi    va  foydaning    o‘zgarish  tendensiyalari, 
raqobatchilar faoliyati, fan va texnika yutuqlarini kuzatishda yordam beradi. 
 
Kabinet  tadqiqotlari  esa,  ikkilamchi  ma’lumotlarni  boshqa  maqsadlar  uchun 
tayyorlangan va har xil manbalardan foydalanib tahlil qilish va qayta ishlashni taqozo 
etadi. 
Kabinet tadqiqotlari orqali to‘plangan ma’lumotlarning yutuqlariga:  

 
ma’lumotlarni to‘plash tez va kam harajat orqali;  

 
bozorning asosiy tendensiyalarini kuzatuvda ma’qul usul; 

 
 mustaqil  faoliyat  orqali  firma  to‘play  olmaydigan  ma’lumotlar  bilan  qabul 
qilish imkoniyatiga ega; 

 
 bir  necha  manbalardan  olingan  ma’lumotlarning  taqqoslash  jarayoni 
imkoniyati tug‘iladi va muammoning yechimi topiladi. 


 
142 
 
  Kabinet tadqiqotlarining kamchiliklariga:   

 
axborotning to‘laqonli emasligi;  

 
to‘plangan ma’lumotlarning bir – biriga mos emasligi; 

 
 bor ma’lumotlarning to‘g‘ri kemasligi. 
Ta’kidlab o‘tamizki, kabinet tadqiqotlarini nashr qilingan materiallar, radio va 
teleko‘rsatuvlar, anketa ma’lumolari, yo‘riqnomalar va hokazolarda qo‘llaniladi. 
Endi ikkilamchi axborotlarning yutuqlari bilan tanishib chiqamiz: 

 
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra arzonligi; 

 
Bir necha manbalarni taqqoslashda; 

 
Birlamchi  ma’lumotlar  to‘palashdan  ko‘ra,  ikkilamchi  ma’lumotlarni  tezkor 
tarzda qabul qilinishi. 
 
Kamchilikilari: 

 
to‘liq ma’lumotlarga ega emasligi; 

 
eskirilishi; 

 
bir xil payt to‘plash va tahlil qilishning ma’lum emasligi; 

 
 ma’lumotlarni to‘laqonli va haqqoniyligini baholash qiyinligi. 
Ikkilamchi  ma’lumotlarning kamchiliklarining  xossasi shundaki, avvalom bor, 
ushbu  malumotlar  qandaydir  maqsadlar  uchun  to‘plangan,  marketing  tadqiqotlari 
uchun  emas.  Bundan  kelib  chiqaliki,  ikkilamchi  axborotlarning  ishonchliligini 
baholashda 5 asosiy savollarga javob berish lozim: 
1. Mazkur axborot kim tomondan to‘plangan va tahlil qilingan? 
2. Axborotlarni to‘plashda va tahlil qilishda qanday maqsadlar ko‘zlangan? 
3. Qanday axborotlar va qay usulda to‘plangan ?  
4. Axborotlar qanday usullar bilan tahlil qilingan va qayta ishlangan? 
5. Mazkur axborot qay tarzda shunga yaqin axborotlarga mos keladi ? 
Ushbu  ma’lumotlar  marketing  axborot  tizimi  orqali  foydalaniladi.    Marketing 
axboroti  turlari  va  ularning  menejer  faoliyatidagi  rolini  ko‘rib  chiqadigan  bo‘lsak, 
korxona menejerlari birlamchi va ikilamchi axborotlardan keng foydalanadilar.  
 

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   399




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish