282
faqat chakana savdo korxonasi bunday eksperimentda
qatnashishga rozilik bergan
shaharlarda o‘tkaziladi. Elektron usul eksperiment o‘tkazishning tez va arzon
o‘tkazilishi,
olingan
natijalarning
maxfiyligini ta’minlaydi. Biroq bu usul
real bozorga mos kelmasligi mumkin.
Amaliyotda
elektron
sinov
usulidan kabel televideniyesi orqali
foydalanish
kuzatilmoqda.
ularni
birgalikda
qo‘llash kompaniyaning
panel a’zolariga ma’lum bir reklamani
namoyish
etish imkonini yaratadi,
bunda bitta panel tarkibijagi turli guruhlarga har xil reklama ko‘rsatiladi. Bu guruhlar
a’zolari bitta tumanda istiqomat qiladi va xaridni ham bitta do‘konda amalga
oshiradi. Xaridlar hajmining reklama xarajatlari bilan aloqasi o‘rganiladi. Bunday
eksperimentlarni o‘tkazish qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Do‘konlarda tovarlarning
ochiqligi kafolatlanadi, eksperiment o‘tkazish haqidagi
axborot maxfiy saqlanadi,
reklama faoliyati aniq tartibga solinadi. Dastlabki va takroriy xaridlar, ularni amalga
oshirish payti aniq qayd etib boriladi.
Imitatsion
usul
real
sharoitlarga
yaqinlashtirilgan
sharoitlarda
iste’molchilarning yangi mahsulotga reaksiyasini o‘rganishni nazarda tutadi. Tanlab
olingan iste’molchilarga ayrim tovarlarni sotib olish maqsadida pul beriladi, bu
tovarlar orasida sinovdan o‘tkazilayotgan tovar ham bo‘ladi. Bunda turli tovarlarga,
jumladan sinovdan o‘tkazilayotgan tovarlarga yo‘naltirilgan reklama va tovarni ilgari
surishning boshqa usullari namunalari sinovdan o‘tkazilishi mumkin.
Olingan
natijalar tahlili yangi tovarni baholash va uni ilgari surishning samarali usullarini
tanlashga imkon beradi.
Bozorni sinovdan o‘tkazish iste’mol tovarlari uchun ham, ishlab chiqarish-
texnika yo‘nalishidagi tovarlar uchun ham amalga oshiriladi.
283
Bozorni sinovdan o‘tkazish usullarinnig asosiy kamchiliklardan biri ularning
bir nechta shaharda yoki juda cheklangan dastur doirasida o‘tkazilishida
ancha
qimmat
bo‘lishidir. Bundan tashqari, sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulot
raqobatchilarga ma’lum bo‘lib qoladi. Ular esa tezlik bilan xuddi shunday mahsulot
yaratishi va bozorga birinchi bo‘lib chiqishi mumkin. Eksperiment o‘tkazish va
marketing qarorlari qabul qilish orasidagi vaqt muhim ahamiyat kasb etadi,
chunki
aynan vaqt omili ko‘pincha hal qiluvchi omil bo‘lib chiqadi. Eksperimentatorlar ikki
alanga o‘rtasida qoladi. Bir tomondan, ishonchli natijalar olish uz
oq muddatli
eksperiment o‘tkazishni talab qiladi. Boshqa tomondan esa,
bu holatda xarajatlar
ortadi, eksperiment o‘tkazishni boshlash va marketing qarorlari qabul qilish orasidagi
vaqt uzayadi, eksperimentni o‘tkazish sharoitlari o‘zgarishi mumkin. Bozor
eksperimentlari hech qachon laboratoriya eksperimentlari kabi yaxshi nazorat
qilinmaydi. Masalan, tovar ishlab chiqaruvchi reklama xarajatlarini pasaytirgan
eksperimental mintaqadagi distribyutorlar va chakana savdogarlarning o‘zlari
intensiv reklama kampaniyasi o‘tkazishni boshlashi mumkin. Raqobatchilar ongli
ravishda eksperiment natijalarini buzib ko‘rsatishi, o‘z
reklama va narx siyosatini
o‘zgartirishi, eksperiment natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida katta hajmda
eksperimental tovarni xarid qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: