Tadqiqotlari


 Internetda tadqiqotlar turlari va ularni tasniflanishi



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

 
11.3. Internetda tadqiqotlar turlari va ularni tasniflanishi 
 
Tarmoq axborot resurslari
. Tashkil qilish va axborotni saqlash usullari 
bo‘yicha Internet manbalarini quyidagi toifalarga taqsimlash mumkin:

fayl serverlari ma’lumotlar saqlashning an’anaviy usuli bo‘lib, disk 
xotirasining ma’lum bir qismi Internet orqali ulanish uchun ochiq bo‘lgan 
kompyuterlarni ifodalaydi. Bunday serverda ma’lumotga ulanish FTP - fayl uzatish 
protokolini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. 
Mazkur 
protokol 
umumiy 
holatda 
avtorizatsiya, 
ya’ni 
foydalanuvchi 
identifikatsiyasini talab qiladi va barcha standart brauzerlar tomonidan qo‘llab-
quvvatlanadi;


243 

web-saytlar bugungi kunda Tarmoqdagi axborot resurslarining eng asosiy 
va eng tarqalgan turi hisoblanadi. Sayt grafik, ovoz, matn, videotasvir kabi turli 
ko‘rinishdagi axborotlarni taqdim etishi mumkin; 

telekonferensiyalar qoidaga ko‘ra norasmiy xarakterga ega bo‘lgan zarur 
axborotlar manbai bo‘lishi mumkin. Telekonferensiya Internetga ulanish imkoniga 
ega bo‘lgan shaxslarning biron-bir masalani muhokama qilish yoki axborot tarqatish 
uchun mo‘ljallangan muloqot usulini ifodalaydi; 

ma’lumotlar to‘plamlari turli mavzudagi axborotdan iborat bo‘lishi 
mumkin: nashrlar, ma’lumotnoma axboroti va b. Ma’lumotlar to‘plamlariga standart 
brauzerlar orqali ulanish usuli eng tarqalgan, chunki u axborot iste’molchilari 
muloqot doirasi maksimal darajada keng bo‘lishini ta’minlay oladi. Ma’lumotlar 
to‘plamlaridan bevosita axborot chiqarib olish bilan bir qatorda foydalanuvchi 
so‘rovlarini bajarish jarayonida web-sahifa dinamik qurilishi keng qo‘llanadi. 
Sanab o‘tilgan barcha manbalarni bir qator belgilar bo‘yicha tasniflash 
mumkin: 

til bo‘yicha - tarixiy-geografik sabablar tufayli Internetda eng tarqalgan til 
ingliz tili hisoblanadi, biroq Tarmoqda dunyodagi asosiy tillarning deyarli 
barchasidan foydalanilib, tadqiqot kompaniyalarining qayd etishicha, ularning ulushi 
yil sayin o‘sib bormoqda. Ko‘pincha bitta saytni bir nechta tilda taqdim etish hollari 
uchramoqda; 

geografik belgilar bo‘yicha, odatda axborot resurslarining o‘z maqsadli 
muloqot doirasi mavjud bo‘lib, uning joylashgan o‘rni ko‘pincha biron-bir geografik 
mintaqa bilan bog‘lanishi mumkin. Aytib o‘tish kerakki, hududiy taqsimot resursga 
ulanish imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatmaydi, Tarmoqqa dunyoning istalgan nuqtasidan 
bir xil ulanish mumkin; 

taqdim etilayotgan axborot turi va xarakteri bo‘yicha (yangiliklar, reklama 
axboroti, tematik axborot, ma’lumotnoma axboroti), bu amaliy nuqtai nazardan 
taqdim etilayotgan axborotni turi va xarakteri bo‘yicha taqsimlashning eng muhim 
shakli hisoblanadi, chunki oxir-oqibatda aynan axborot bilan ta’minlanganlik 
manbani tanlab olishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan bir paytda 


244 
aynan shu jihat taqdim etilayotgan axborotlarning bir xil emasligi sababli eng qiyin 
ifodalanuvchi bo‘lishi mumkin. Masalan, bitta web-saytning o‘zi turli ko‘rinishdagi 
axborotlarga ega bo‘lishi mumkin. Shu sababdan keltirilgan guruhlarga taqsimlash 
shartli hisoblanadi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish