328
menejerlar uchun tayyorlanadi. Hisobot mualliflari o‘quvchilarning
maxsus
tayyorgarligi va ularning loyihaga qiziqishini, shuningdek, ular ushbu hisobotni
o‘qiydigan va undan foydalanadigan vaziyatni hisobga olishlari lozim.
Hisobotda maxsus atamalar va jargon so‘zlarni suiiste’mol qilmaslik kerak.
Ekspertlardan birining aytishicha: "Sizning hisobotlarni o‘qiydigan shaxslar – band
bo‘lgan odamlar; ularning kam sonli qismigina bir vaqtning o‘zida ham tadqiqot
haqida hisobot o‘qishi, ham lug‘at varaqlashi va kofe ichishi mumkin" [5]. Agar
ayrim maxsus atamalarsiz ish bitmaydigan bo‘lsa, ularning mazmuni ilovalarda
bayon qilib o‘tilishi lozim. Gap marketing tadqiqotlariga taalluqli bo‘lganida odamlar
ular tushunmaydigan yechim bilan rozi bo‘lgandan ko‘ra
hal qilinmagan muammo
bilan yashashga rozi bo‘ladi.
Ko‘pincha tadqiqotchi loyihaga qiziqish va maxsus tayyorgarlik darajasi
turlicha bo‘lgan bir nechta guruhning ehtiyojlarini qondirishi lozim. Bunday nizoli
so‘rovlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hisobotga turli o‘quvchilar uchun turli bo‘limlar
kiritish yoki alohida maxsus hisobotlar tayyoranishi mumkin.
O‘qish osonligi. Hisobot o‘qish uchun oson, chunonchi, mantiqan
strukturalangan va tushunarli tarzda yozilgan bo‘lishi lozim.
Hisobot materiali,
ayniqsa, uning asosiy qismi mantiqan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim. Sarlavhalar
asosiy mavzulr uchun, kichik sarlavhalar esa – kichik mavzular uchun foydalanilishi
lozim.
Materialni mantiqiy tashkil qilish bog‘langan hisobotga olib keladi.
Tushunarlilikni yaxshi tuzilgan, qisqa va mohiyatga tegishli gaplardan foydalangan
holda oshirish mumkin. So‘zlar tadqiqotchining
fikrini aniq yetkazishi, murakkab
so‘zlar, jargonlar va qolip so‘zlardan qochish lozim. Hisobot tushunarliligi uning
loyiha bilan tanish bo‘lmagan bir necha kishi tanqidiy ruhda o‘qib chiqishi bilan
tekshirish mumkin. Yakuniy hisobot qo‘lga kiritilgunga qadar hisobotning bir necha
variantini yoziga to‘g‘ri kelishi ehtimoli yuqori.
Prezentabellik, professional tashqi ko‘rinish. Hisobotni rasmiylashtirishga katta
e’tibor qaratish lozim. U sifatli qog‘ozda bosib chiqarilgan va muqovalangan bo‘lishi
329
lozim. Shriftlar to‘g‘ri tanlanishi kerak, matnni o‘qish qulay bo‘lishi ko‘p
jihatdan
shunga bog‘liq bo‘ladi.
Ob’ektivlik – hisobotning zaruriy shartidir. Metodologiya, natijalar va
xulosalar aniq bayon qilinishi lozim. Buyurtmachining kutayotgan natijalariga mos
bo‘lish maqsadida ma’lumotlarni buzib ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Qaror qabul
qiladigan shaxslar ularning fikri yoki harakatlari noqulay tarzda aks ettirilgan
hisobotni zavq-shavq bilan qabul qilishi ehtimoli past.
Tadqiqotchi natijalarni
ob’ektiv aks ettirish va himoya qilish uchun jasoratga ega bo‘lish lozim. «Aslida
qanday bo‘lsa, shunday gapir» degan qoidaga rioya qilish zarur.
Matnni jadvallar va grafiklar bilan kuchaytirish. Matndagi asosiy axborotni
jadvallar, grafiklar, rasmlar, xaritalar va boshqa vizual vositalar bilan kuchaytirish
lozim bo‘lib, bu hisobotni tushunish oson bo‘lishiga xizmat qiladi va va uning ta’sir
darajasini oshiradi.
Qisqalik. Hisobot qisqa va lo‘nda bo‘lishi lozim. Barcha keraksiz narsalarni
qoldirib ketish lozim. Agar hisobotda axborot juda ko‘p bo‘lsa, muhim jihatlar
ko‘rinmay qolishi mumkin. Biroq qisqalikka hisobiga bayon qilish to‘liqliga
hhisobiga erishmaslik lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: