Tadqiqotlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/248
Sana13.07.2022
Hajmi4,82 Mb.
#792622
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   248
Bog'liq
Marketing tadqiqotlari Sh Dj Ergashxodjayeva, L T Abduxalilova Darslik

13.3. Tashqi omillar nazorati 
Tashqi omillar nazoratini o‘rganadigan bo‘lsak, eng avvalo bozor 
tadqiqotlaridan boshlaymiz. Chunki har qanday firma yoki korxona tadqiqotlari 
bozorda ro‘y beradigan tendensiyalarga borib taqaladi va bozorda sinab ko‘rish 
usullarnini o‘rganishni taqozo etadi.
Bozorni sinab ko‘rishning nazorat qilinuvchi usuli tovarlarni sotishni 
eksperimentdagi ishtiroki uchun rag‘batlantiriluvchi distribyutorlar orqali amalga 
oshiruvchi ixtisoslashgan tadqiqot firmalari tomonidan o‘tkaziladi. Ushbu usulning 
afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Mazkur usulning kamchiligi shundaki, 
distribyutorlarning sotuv kanallari firma tomonidan amalda qo‘llanuvchi kanallarga 
mos kelmasligi mumkin. Ushbu usulning tadqiqot natijalari ma’lumotlarini elektron 
tizimda namoyon bo‘lishi mumkin. 
Bozorni sinab ko‘rishning elektron usuli shunda namoyon bo‘ladiki, iste’mol 
paneli ishtirokchilari tovarni xarid qilishda taqdim etish uchun maxsus identifikatsiya 
kartochkalari oladi. Sinovdan o‘tkazilayotgan va boshqa tovarlarni xarid qilishda 
xaridorning demografik belgilari avtomatik ravishda qayd etiladi. Bunday sinovlar 


282 
faqat chakana savdo korxonasi bunday eksperimentda qatnashishga rozilik bergan 
shaharlarda o‘tkaziladi. Elektron usul eksperiment o‘tkazishning tez va arzon 
o‘tkazilishi, 
olingan 
natijalarning 
maxfiyligini ta’minlaydi. Biroq bu usul 
real bozorga mos kelmasligi mumkin. 
Amaliyotda 
elektron 
sinov 
usulidan kabel televideniyesi orqali 
foydalanish 
kuzatilmoqda. 
ularni 
birgalikda 
qo‘llash kompaniyaning 
panel a’zolariga ma’lum bir reklamani 
namoyish etish imkonini yaratadi, 
bunda bitta panel tarkibijagi turli guruhlarga har xil reklama ko‘rsatiladi. Bu guruhlar 
a’zolari bitta tumanda istiqomat qiladi va xaridni ham bitta do‘konda amalga 
oshiradi. Xaridlar hajmining reklama xarajatlari bilan aloqasi o‘rganiladi. Bunday 
eksperimentlarni o‘tkazish qattiq nazorat ostida bo‘ladi. Do‘konlarda tovarlarning 
ochiqligi kafolatlanadi, eksperiment o‘tkazish haqidagi axborot maxfiy saqlanadi, 
reklama faoliyati aniq tartibga solinadi. Dastlabki va takroriy xaridlar, ularni amalga 
oshirish payti aniq qayd etib boriladi.
Imitatsion 
usul 
real 
sharoitlarga 
yaqinlashtirilgan 
sharoitlarda 
iste’molchilarning yangi mahsulotga reaksiyasini o‘rganishni nazarda tutadi. Tanlab 
olingan iste’molchilarga ayrim tovarlarni sotib olish maqsadida pul beriladi, bu 
tovarlar orasida sinovdan o‘tkazilayotgan tovar ham bo‘ladi. Bunda turli tovarlarga, 
jumladan sinovdan o‘tkazilayotgan tovarlarga yo‘naltirilgan reklama va tovarni ilgari 
surishning boshqa usullari namunalari sinovdan o‘tkazilishi mumkin. Olingan 
natijalar tahlili yangi tovarni baholash va uni ilgari surishning samarali usullarini 
tanlashga imkon beradi. 
Bozorni sinovdan o‘tkazish iste’mol tovarlari uchun ham, ishlab chiqarish-
texnika yo‘nalishidagi tovarlar uchun ham amalga oshiriladi. 


283 
Bozorni sinovdan o‘tkazish usullarinnig asosiy kamchiliklardan biri ularning 
bir nechta shaharda yoki juda cheklangan dastur doirasida o‘tkazilishida ancha 
qimmat 
bo‘lishidir. Bundan tashqari, sinovdan o‘tkazilayotgan mahsulot 
raqobatchilarga ma’lum bo‘lib qoladi. Ular esa tezlik bilan xuddi shunday mahsulot 
yaratishi va bozorga birinchi bo‘lib chiqishi mumkin. Eksperiment o‘tkazish va 
marketing qarorlari qabul qilish orasidagi vaqt muhim ahamiyat kasb etadi, chunki 
aynan vaqt omili ko‘pincha hal qiluvchi omil bo‘lib chiqadi. Eksperimentatorlar ikki 
alanga o‘rtasida qoladi. Bir tomondan, ishonchli natijalar olish uz
oq muddatli 
eksperiment o‘tkazishni talab qiladi. Boshqa tomondan esa, bu holatda xarajatlar 
ortadi, eksperiment o‘tkazishni boshlash va marketing qarorlari qabul qilish orasidagi 
vaqt uzayadi, eksperimentni o‘tkazish sharoitlari o‘zgarishi mumkin. Bozor 
eksperimentlari hech qachon laboratoriya eksperimentlari kabi yaxshi nazorat 
qilinmaydi. Masalan, tovar ishlab chiqaruvchi reklama xarajatlarini pasaytirgan 
eksperimental mintaqadagi distribyutorlar va chakana savdogarlarning o‘zlari 
intensiv reklama kampaniyasi o‘tkazishni boshlashi mumkin. Raqobatchilar ongli 
ravishda eksperiment natijalarini buzib ko‘rsatishi, o‘z reklama va narx siyosatini 
o‘zgartirishi, eksperiment natijalarini buzib ko‘rsatish maqsadida katta hajmda 
eksperimental tovarni xarid qilishi mumkin. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish