Birinchi bosqich-mehnatga kirishish (1-1,5 soat). Organizm uyqu yoki orom holatidan chiqadi. Ikkinchi bosqich-barqaror, unumli ish vaqti (3-4 soat). Uchinchi bosqichda toliqish paydo bo’ladi, ishlash qobiliyatini dinamikasi susayadi. Mehnat kunida bu bosqichlar almashadi-tushlikkacha, tushdan keyin sutka davomida ishchanlik koeffisiyenti to’lqinsimon o’zgarib, maksimumlari 9-13 va 16-20 soatlarga to’g’ri keladi. Ayrim tadqiqotchilar kechalari unumdor ishlaydilar. Aytish kerakki, keltirilgan raqamlar o’rtacha statistik ko’rsatkichdir. Tadqiqotchining individual xislatlariga ko’ra raqamlar u yoki bu tomonga og’ishi mumkin. Bu ko’rsatkichlarni mehnat va dam olish rejimini tashkil qilishda hisobga olish kerak. 3. Tadqiqot texnologiyasi Tadqiqotni amalga oshirishda izlanish faoliyati ketma-ketligi va izchilligiga alohida e’tibor berish kerak. Tadqiqotchi kasbi ommaviy kasblardan biriga aylangandagan keyin izlanish olib borishni oqilona modellariga, ya’ni ilmiylik standartini ta’minlaydigan talab-tavsiyalarga bo’lgan ehtiyoj kuchayadi. Tadqiqot texnologiyasi mana shu ehtiyojni qondiradi.
Tadqiqot texnologiyasi – bu ilmiy mahnatni tashkil qilishga oid qoidalar, tavsiyalar va talablar majmuasidir. Eng muhim qoida va talablar quyidagilardan iborat:
- Tadqiqotni amalga oshirishda izlanish faoliyatini izchilligi va ketma-ketligini ta’minlash zarur.
- Diqqatni dolzarb, nazariy va amaliy ahamiyati asoslangan mavzu yoki ilmiy muammoga qaratish lozim.
- Tadqiqot maqsadi va vazifalarini to’g’ri ta’riflash, bayonini berish.
- Ish rejasi va tadqiqot bosqichlarini mumkin qadar aniq tuzib chiqish, zarur vositalarni (kompyuterlar, modemlar, disklar, antivirus dasturlar, eksperiment asbob uskunalari va boshqalarni) oldindan tayyorlab qo’yish.
- Bir bosqichda belgilangan ishni oxirigacha yetkazmasdan boshqasiga o’tilmaydi. Aks holda oldingi bosqichda yo’l qo’yilgan xatolik keyingi bosqichdagi natijaga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
- To’plangan ma’lumotlarni sifatli qayta ishlash. Bu mavjud g’oya va ochilgan yangi hodisani to’g’ri baholash imkoniyatini beradi.
- Olinayotgan natijalarni ilmiylik me’yorlari asosida nazorat qilib borish, zaruriyat tug’ilganda shakllanayotgan tasavvurlarga o’zgartirishlar kiritish.
- Aniq, mantiqan asoslangan, tajribada tasdiqlangan xulosalarga kelish. Bu bilan yangi g’oya yoki nazariya ishlab chiqish uchun zamin yaratiladi.
- Tadqiqot natijalarini rasmiylashtirishda qabul qilingan talablarga rioya qilish.
Tadqiqot murakkab faoliyat turiga kiradi. Bunday faoliyatni amalga oshirish uchun shart-sharoit, asos, ta’minot, izlanish metodologiyasi va nihoyatda, katta aniqlikni talab qiladigan intellektual mehnat zarurdir. Bu turdagi mehnatni ichki mantig’i, bajariladigan operasiyalar ketma-ketligi va izchilligi tadqiqot texnologiyasida ifodalangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |