Tadqiqot muammosining dolzarbliligi



Download 50,5 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi50,5 Kb.
#237505
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi(1)

Tadqiqot ob’ekti mehnat munosabatlaridan kelib chiqadigan fuqarolik ishlari, ya’niy noqonuniy ishdan bo’shatilgan ishchilarni ish joyiga tiklash bilan bog’liq individual mehnat nizolari.

Tadqiqotning vazifasi.

  • Mehnat nizolarining huquqiy mohiyatini, mehnat nizolarini ko’rib chiqish tartibi va tamoyillarini ko’rsatish;

  • Individual mehnat nizolarini hal qilish sohasida mehnat va fuqarolik protsessual qonunchiligini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini o’rganish;

  • Individual mehnat nizolarini ko’rib chiqishning umumiy tartibini tahlil qilish;

  • Ishda tiklash to’g’risidagi da’volar bo’yicha ishlarni sudlar tomonidan ko’rib chiqishning o’ziga hos hususiyatlarini aniqlash.

  • Ushbu toifadagi ishlarni ko’rib chiqishda yuzaga keladigan muammolarni tekshirish, ularni hal etish yo’llarini ishlab chiqish.

Mehnat nizolari tushunchasi va uning klassifikatsiyasi

Mehnat nizolari deganda ish beruvchi bilan hodim o’rtasida mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar ,jamoa shartnomasi hamda mehnatga oid boshqa shartnomalarni qo’llash ,shuningdek ,yangi mehnat shartlarini belgilash yoki mavjud shartlarni o’zgartirish masalalari yuzasidan kelib chiqadigan kelishmovchiliklar tushuniladi.

Mehnat nizolari predmetiga qarab ikki guruhga ajratiladi:

-mehnat huquqi normalarining muayyan ijtimoiy munosabatlariga tadbiq etilishi bilan bog’liq nizolar (masalan , hodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish , boshqa ishga o’tkazish ,asosiy ish vaqtidan tashqari bajarilgan ish uchun haq to’lashga doir nizolar).

-qonunlar yoki npormativ huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinmagan yangi mehnat shartlarini o’rnatish bilan bog’liq nizolar (masalan ,maxsulot ishlab chiqarish normasini qatadan ko’rib chiqish ,jamoa shartnomasi kelishuvini tuzish bilan bog’liq nizolar).

Mehnat huquqi normalari bilan tartibga solinadigan barcha ijtimoiy munosabatlarning ta’riflari o’rtasidagi mehnat nizolari vaqtinchalik xususiyatga ega bo’lib, hodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ishlab chiqarishni takomillashtirish ,mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash kabi masalalar bo’icha yuzaga keladi.

Mehnat nizolari mazmuniga ko’ra ikki turga :da’voli va da’vosiz nizolarga bo’linadi. Da’voli nizolarning predmetini hodimlarning mehnat huquqlari tan olish yoki uni tiklsh tashkil etadi.Xodimning bunday mehnat huquqi avvalboshdan qonun yoki boshqa normativ huquqiy hujjatlar, shuningdek ,jamoa shartnomasi yoki kelishuvi va mehnat sharnomasi bilan belgilangan bo’ladi. Bunday hollarda hodim o’z mehnat huquqlarini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan qonuniy manfaatlarini qayta tiklash talab etiladi (maslan, mehnat shartnomasi ga’yriqonuniy ravishda bekor qilingan hodimni qayta ishga tiklash yoki foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya to’lash va hokazolar).

Da’vosiz mehnat nizolari ish beruvchi bilan korhonadagi kasaba uyushma qo’mitasi yoki hodimlarning boshqa vakillik organlari o’rtasida mehnat shartlarini o’rnatish yoki o’zgartirish kabi masalalarda namoyon bo’ladi.Odatda , bu turkumdagi nizolar tegishli qonunlar yoki boshqa ayrim normativ huquqiy hujjatlar bilan hal etilmagan masalalar yuzasidan kelib chiqadi. Bunday vaqtda nizo bevosita korxonada ish beruvchi bilan kasaba uyshmasi o’rtasida kelishish yo’li bilan hal etiladi (masalan, korhonada yangi ishlab chiqarish normasini belgilash haqidagi nizolar). Ushbu nizolarning predmeti muayyan hodimga tegishli bo’lmasligi, balki korxona hodimlarining barchasiga taaluqli bo’lishi mumkin.

Mehnat nizolari sub’ektga qarab quydagilarga bo’linadi:

-yakka tartibdagi nizolar;

-jamoalarga doir nizolar;

Mehnat nizolari o’z ob’ektlariga ko’ra, mulkiy harakterdagi va mulkiy harakterga ega bo’lmgan nizolar deb ataladi.

Ta’kidlash joizki, mehnat nizolari turli sabablar oqibatida kelib chiqadi.Jumladan, nizoning yuzaga kelishida quydagilar sabab bo’ladi:

-ayrim mansabdor shaxslar, shuningdek, ba’zi hodimlar ongida saqlanib kelinayotgan o’tmish qoldiqlari:

- ayrim mansabdor shaxslarning, shuningdek, ba’zi hodimlarning mehnat qonunchiligini bilmasligi;

-korxonlarda tashkiliy xo’jalik va tarbiyaviy ishlarida uchraydigan kamchiliklar (masalan, hodimlar mehnat sharoti, ularning oila a’zolariga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish bilan bog’liq nizolar);

-tashkiliy-texnikaviy harakterdagi kamchiliklar (maslan, korxonada mehnatning to’g’ri tashkil etilmaganligi, ilmiy jihatdan asoslangan mahsulot ishlab chiqarish normasining yo’qligi va hokazo);

-ayrim huquqiy normalarning bozor iqtisodiyot sharoitida toboro taraqqiy etib borayotgan ishlab chiqarish shakillaridan orqada qolishi (masalan, korxonada yangi texnologiya joriy qilinishi natijasida paydo bo’lgan yangi kasb, ta’rif malaka malumotnomasida ko’rsatilmagan malakaga oid tavsifnomalar yo’qligi va hokazolar);

-mehnat bozorini tashkil qilish borasidagi kamchiliklar. Ma’limki, mehnat qonunchiligi ustidan nazorat qilish vazifasi turli organlar vakolatiga tegishli. Keyngi yillarda mehnat qonunchiligining buzilishiga sabab bo’layotgan omillarni o’rganish, ularni bartaraf etish, shuningdek, qonunchilikni mustahkamlash, uning bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirish borasida mamlakat raxbariyati tomonidan qator chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Respublikada mehnat qonunchiligiga rioya etishni nazorat qilish borasida kasaba uyshmalari hamda hodimlarning boshqa vakillik organlari roli sezilarli darajada kuchaytirildi. Masalan, Mehnat kodeksiga “ Hodimlar va ish beruvchilarning vakilligi “ deb nomlangan maxsus bobning kiritilgani shundan dalolat beradi.

Mehnat nizolarining kamayib borishida va uni hal qilishda sudlar faoliyati ham katta o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apeldagi 12- sonli qarorida sudlarga hodimlarning huquq va qonuniy manfaatlarining buzilishini bartaraf qilishga yo’naltirilgan choralarni ko’rish zarurligiga e’tibor qaratish, mehnat qonunining buzilishi bo’yicha aniqlangan holatlar yuzasidan xususiy ajrimlar chiqarib, munosabat bildirish tavsiya etiladi.

Mehnat nizolarini hal etishda fuqarolik prosessual huquqining ham ahamiyati katta. Zero, prosessual huquqiy nomlar mehnat nizolarini tez va to’liq hal etish , ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta’minlashdagi o’rni beqiyosdir. Bu borada O’zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgusda qabul qilingan 258-N “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to’g’risida”gi qonuni muhim ahamiyatga ega bo’ldi.

Mehnat nizolari O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining “Mehnat nizolari “ deb ataluvchi 15-bobidagi moddalar asosida hal etiladi. Bundan tashqari , mehnat nizolarini ko’rishda sudlar O’zbekiston Fuqarolik protsessual kodeksi nomlarin qo’llash barobarida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “ Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini (kontrakni) bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo’llanilishi haqida” 1998- yil 17-apreldagi 12-son qarori ko’rsatmalariga ham amal qiladi.

Qonunchilikda o’rnatilgan mehnat nizolarini ko’rish tartibi demokratik tamoillarga asoslanadi. Fuqarolarning mehnat huquqlarini har tomonlama himoya qilishni nazarda tutgan mazkur tamoillar quydagilarda namoyon bo’ladi :

-mehnat nizolarini ko’ruvchi organlarga erkin ravishda murojat qilish imkoniyati yaratilganligi ;

-nizolarning tez va to’liq hal etilishi ;

-nizoni hal etishda keng mehnatkashlar ommasining ishtirok etishi ;

-nizolarning ochiq tartibda ko’rilish;

-nizolarning kollegial hal etilishi;

-nizolarni hal etishda ularning har tomonlama tekshirilishi ;

Qonunchilikda mehnat nizolarining taaluqliligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Taaluqlilik – bu tegishli organlarning muayyan turdagi mehnar nizolarini ko’rish vakolatiga ega bo’lishini anglatadi.Taaluqlilik mehnat nizolarining sub’ektlari, mazmuni va uning turlari bo’yicha belgilanadi. Aniqroq aytsak, har bir organ o’z vakolatiga taaluqli bo’lgan nizolarnigina ko’rib hal etadi. Shu bois mehnat nizolari yuzasidan kelib chiqqan da’volar bo’yicha uning taaluqliligiga qarab tegishli organlarga murojat qilinadi.

Yakka mehnat nizolari – ish beruvchi va hodim o’rtasida mehnat to’g’risidagi qonunlar va boshqa normative hujjatlarni , mehnat shartnomasida nazarda tutilgan mehnat shartlarini qo’llanishi yuzasidan kelib chiqqan kelishmovchiliklarni qamrab oladi. Bunday hollarda nizoning hodim manfaatini ifoda etuvchi tarafi bo’lib xodimlarning vakillik organi ishtirok etishi mumkin.

Kodeksning 260-moddasida ko’rsatilganidek , yakka mehnat nizolari , kodeksning 269- moddasida ko’rsatilgan nizolarni istisno etganda, mehnat nizolati komissiyalari tomonidan tuman (shahar) sudlari ba’zan xo’jalik sudlari tomonidan ko’rib chiqiladi.

Xodim mehnat nizosini hal qilish uchun , o’z hohishiga ko’ra , mehnat nizolari komissiyasiga yoki bevosita sudga murojaat etishga haqlidir.

Mehnatning shartlarini belgilash masalalariga doir yakka mehnat nizolari kodeksining 280- moddasiga muofiq ko’rib chiqiladi.

Yuqorida aytilganide yakka tartibdagi mehnat nizolarni ko’rib chiqish tartibi Mehnat kodeksi bilan , bunday ishlarni tuman (shahar) sudlarida ko’rib chiqish tartibi esa, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi bilan ham belgilanadi.

Mehnat nizolari va uning turlari


Download 50,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish