Uchinchidan, tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, ijtimoiy nafaqalardan
tashqari aholining ehtiyojmand qismini qo’llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli
kreditlar, subsidiyalar va boshqa ko’rinishdagi moliyaviy
yordamlar berilishiga
qaramasdan, davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ijtimoiy himoya xarajatlari
nisbatan kam ulushni tashkil etsada, undan foydalanuvchilar soni va unga mos
ravishda xarajat summasi oshib bormoqda.
To‘rtinchidan, respublika va mahalliy byudjetlardan moliyalashtiriladigan
ijtimoiy himoyaning yangi shakl
va usullaridan foydalanish, ijtimoiy himoya
xarajatlarini amalga oshirishda byudjet intizomiga qat’iy rioya qilinishini
ta’minlash va bu borada jamoatchilik nazoratini keng yo’lga qo’yishni tizimli
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Beshinchidan, mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilishning 2030
yilgacha Milliy strategiyasi
Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF, BMT
Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining etakchi mutaxassislaridan iborat
ekspertlar guruhi ishtirokida ishlab chiqildi. Ijtimoiy himoya bo‘yicha milliy
strategiyadan jahon andozalariga mos ravishda kambag‘allikni kamaytirish va
ijtimoiy himoyani kuchaytirishni ta’minlashga erishishda
samarali foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Shakllangan xulosalar asosida quyidagi takliflarni bildirishni maqsadga
muvofiq deb topdik.
Birinchidan,
byudjetdan
moliyalashtiriladigan
ijtimoiy
himoya
xarajatlarini, xususan ijtimoiy nafaqalarni samaradorligini oshirish,
manzilliligini ta’minlash maqsadida ularni tayinlash uchun ariza
beruvchilarning muhtojlik darajasini aniqlash
mezonlarini soddalashtirish
hamda nafaqalarni tayinlash va to‘lash jarayonlarini tezlashtirish zarur. Bu holat
kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olinish darjasini
kengaytiradi va nafaqa tayinlash muddatini tezlashtiradi.
Ikkinchidan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan aholini ijtimoiy
himoyalsh maqsadida berilayotgan imtiyozli kreditlar o’rniga subsidiyalar berish
tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Sababi, bir tomondan, ijtimoiy
himoyaga muhtoj aholini foizi kam bo’lsada kreditni to’lash masalasi ushbu
imkoniyatdan foydalanishga to’sqinlik qilishi mumkin. Ikkinchi tomondan
xizmati uchun tijorat banklariga ham foiz to’laydi.
Uchinchidan, amalga oshirilayotgan ishlarning samarali natijasi hamda
nazoratni ta’minlashni yo’lga qo’yish maqsadida aholini ijtimoiy himoya qilish
sohasida davlat siyosatini amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan
yagona organ
belgilanishi kerak.
To‘rtinchidan, chin yetim yoshlarni uy-joy bilan ta’minlash, og‘ir turmush
sharoitida kun kechirayoygan, boshpanasiz qolgan shaxslarni va oilalarni uy-
joy bilan ta’minlash maqsadida mahalliy byudjetlarning rejadan ortiq
tushumlari hisobidan uy-joylar qurish yoki sotib olish tartibini yolga qo’yilsa
maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: