Tadqiqot metodologiyasi


Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni



Download 108,59 Kb.
bet3/7
Sana18.01.2023
Hajmi108,59 Kb.
#900223
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish

Zamonaviy ilm-fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni
“…Bugungi sharoitda eng ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu sohada qabul qilingan Milliy dasturga muvofiq, telekommunikatsiya texnologiyalarini, aloqa tizimlari va infratuzilmasini yanada rivojlantirishimiz, informatsion tizimlar komplekslari va «Elektron hukumat» axborot bazasini shakllantirishimiz kerak”- deganda Yurtboshimiz Sh.Miromonovichning naqadar haq ekanligini ko’ramiz.
Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa ilm-fan rivojini boshqarish lozimligini ta’kidlaydi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal tashkillashtirish va boshqarishga bog‘liq. Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish, obyektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish masalalariga kirdi. Ta’lim oluvchilarning faol fikr yuritishi o‘qitilishining asosiy maqsadi, ularni dastlabki tahsil vaqtidan ilmiy izlanish-tadqiqot ishlariga jalb etish, uning natijalarini amaliyotga tadbiq etish va shu bilan birga mustaqil mutaxassislarni tarbiyalashdir. Faol fikr yuritishning bo‘lajak kadrlar tayyorlashdagi muhim o‘rni shundan iboratki, bunda talabalar ilmiy izlanish asoslari haqidagi bilimlarini yanada chuqurlashtirib, tanlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, ilmiy izlanish va tadqiqot tajriba ishlarini tashkil etish va bajarish uslubiy qo‘llanmalariga ega bo‘ladilar, ilmiy izlanish asoslari metodologiyasi, ilmiy-tadqiqot ijodkorlik ilmiy asosini o‘rganish bilan birga, o‘zlarining ijodiy fikrlarini faollashtiradilar va har bir masalada erkin ilmiy munosabatda bo‘lishga o‘rganadilar. Shu bilan birga, intellektual mulk sohibi bo‘lish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik tushunchalari asoslari, mualliflik haq-huquqi, O‘zbekiston Respublikasi va chet el ilmiy izlanish-tadqiqot tashkilotlari strukturasi va boshqalar bilan tanishib nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarini oshiradilar. Shu o’rinda “…Bizning vazifamiz - to‘plangan tajriba va ilg‘or xalqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot va yangilanish modelimizni qat’iy amalga oshirishdan iborat. Shu borada yaqin va o‘rta muddatga belgilangan marralarga erishish uchun qat’iyat bilan harakat qilishimiz zarur ”- degan fikrlari g‘oyat o‘rinlidir. Ta’lim oluvchilar bo‘lajak oliy o‘quv yurtidagi bakalavriatura tahsil vaqtida o‘quv rejasidagi fanlardan kurs ishlari (loyihalari), ilmiy referatlar, ilmiy anjumanlarda ma’ruzalar, bitiruv malakaviy ishning bajarilishi qoidalari, ularning rasmiylashtirilishiga qo‘yilgan talablar bilan tanishadilar. Shu bilan birga keyingi magistratura vaqtida ilmiy maqolalar, ilmiy-tadqiqot va magistrlik dissertasiyasining bajarilishi, ilmiy xodim bo‘lish uchun nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Ilm olish haqida gapirar ekanmiz, zero, “ilm - sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida - yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli onlarda madadkor, odamlar orasida - zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir” - deb bejiz aytilmagan.
Ilm - bu o‘qish, o‘rganish hamda hayotiy tajriba asosida orttirilgan bilim va malakalar majmuasi. Fanning paydo bo‘lishi kishilik jamiyatining paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanni yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika, asronomiya, mexanika, tarix, geografiya kabi sohalarda mustahkam poydevor yaratdi. Umuman olganda "Xalqimiz o‘zining ko‘hna tarixida Uyg‘onish davri" ning turli shakllarini ko‘rgan. Jumladan, Abu Nasr Forobiy, al-Xorazmiy, al-Beruniy, ibn Sino va boshqa o‘nlab ulug‘ bobokolonlarimiz nomi bilan bog‘liq bo‘lgan IX-XI asr "Uyg‘onish davri" Turon zamin xalqlari tarixidagi birinchi Renessans hodisasi bo‘ldi. Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar nomi bilan bog‘lik bo‘lgan, qariyb 500 yillik davr turkiylar hayotidagi ikkinchi Uyg‘onish davri, milliy tiklanish, milliy taraqqiyot pallasi bo‘lib tarixda abadiy qoldi. Bu ikkinchi Renessans hodisasi jahon fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni oliymaqom darajada o‘ziga mujassam etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan buyuk voqelikdir. XX asrning o‘rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inkiloblarning xarakteri o‘zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inkiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg‘unlashib ketdi va ilmiy-texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40-yillarning oxirlaridagi ilmiy-texnika inqilobi fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o‘zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o‘zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10- 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 -yillardagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko‘prog‘ini tashkil etdi, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o‘sish foizi aholining o‘sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi. Fanning ijtimoiy mohiyati muhim ahamiyat kasb etdi. Bu esa ilm-fan rivojini boshqarish lozimligini ta’kidladi. Albatta fanning rivoji ham uni optimal tashkillishtirish va boshqarishga bog‘liq. Fundamental va amaliy fanlar orasidagi optimal munosabatlarni aniqlash ilmiy xodimlar va tashkilotlarni maqsadli taqsimlash va rejalashtirish, davrning dolzarb sohalariga ko‘proq e’tibor berish, fanning yutuqlarini amaliy hayotga ko‘proq va unumliroq tadbiq etish, fanni kishilik jamiyatining ravnaqi uchun yo‘naltirish, ob’ektiv dunyo rivojining kelajagini aniqlash masalalari fanni boshqarish masalalariga kirdi. O‘rta asrlardan boshlab Yevropada universitetlar ilm-fanni rivojida muhim rol o‘ynadi. O‘rta Osiyoda vujudga kelgan madrasalarda diniy va dunyoviy bilimlar, chunonchi hadis ilmi, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot, geografiya va shu kabi fanlarga baravariga e’tibor berildi. Ma’mun akademiyasi bu boradagi fikrimiz dalillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu hakda mazkur ishning akademiya kismida batafsil to‘xtalamiz.
Bu borada nafaqat olimlarimiz ilm-ma’rifatni tarkatishga jonbozlik ko‘rsatgan, balki davlat rahbarlarimiz ham bu sohaga homiylik kilib ilm-fan ravnaqiga katta hissa ko‘shgan. Jumladan. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek va boshqalar ilmiy markazlar tashkil etib, ularga iktidorli olimlarni to‘plaganlar hamda yozma manbalar bilan ularni ta’minlaganlar. Fanning rivojlanishi uchun imkon yaratish va uni maqsadli boshqarish jamiyat tarakkiyotiga samarali ta’sirni ta’minlash demakdir. Ilmiy muassasalarni bir joyga jamlash va markazlashtirish umummilliy hamda xalqaro ilmiy tashkilotlar, ilmiy markazlarning tashkil bo‘lishiga olib keldi. Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo‘yicha ilmiy muassasalar tashkil bo‘la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo‘nalishlari yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, biomed, kibernetika, texnika kibernetikasi), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, ergonomika, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nomlarni olgan fan yo‘nalishlaridir. Bo‘larning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katga rol o‘ynadi. Jumladan, ona vatanimizda kadimdan matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg‘onish davrlari, ya’ni Sharq ma’daniy yuksalishining "Oltin davri" deb atalgan bo‘lsa, bugungi kunda ham o‘z ma’lum va mashhurligini yo‘qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar ko‘lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo‘yicha "Toshkent maktabi" deb nom olgan ilmiy yo‘nalish dunyoga mashxur. Yadro fizikasi va geofgoika, geliotexnika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo‘jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganiq va fizik kimyo, o‘simlik moddalari va yuqori molekulali birikmalar kimyosi ko‘plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botaniqa va seleksiya, zoologiya va meditsina, bioximiya, biofizika va geoximiya, geologiya va seysmologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi. Filosofiya va xuquq, til va adabiyot, tarix va sharqshunoslik sohalarida ham yirik ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Keyingi chorak asr davomidagi ilmiy - texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko‘pgina, ayniqsa, fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo‘lgan qonunlar, nazariyalar va gapotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo‘lamiz. Fanlarning o‘zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo‘la boshladi. Bular esa o‘z navbatida texnika taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi davrda xalq xo‘jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan va texnika yutuqlarini o‘z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslariga qo‘yilgan talablardan biridir. Fan va texnika ishlab chiqarish bilan yaqindan integratsiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishlari lozim.

Download 108,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish