Tadqiqot maqsadida maydoniy tranzistorlar tayyorlash uchun eng keng qo`llaniluvchi xlorli muhitda ( daqiqa ) kremniyni


-rasm. Tadqiq qilinayotgan strukturalardan biri ning yuqori chastotali volt – farada xarakteristikasi ( dielektrik qatlami sig’imi ga normallashtirilgan )



Download 66,5 Kb.
bet2/2
Sana16.03.2022
Hajmi66,5 Kb.
#496312
1   2
15-rasm. Tadqiq qilinayotgan strukturalardan biri ning yuqori chastotali volt – farada xarakteristikasi ( dielektrik qatlami sig’imi ga normallashtirilgan ).

Mavjud nazaraiyalarga mos holda, yarimo`tkazgich taqiqlangan zonasi kengligi bo`ylab sirtiy holatlarning bunday taqsimoti yarimo`tkazgich bilan ajralish chegarasiga tegib turuvchi dielektrik qatlamda yoki yarimo`tkazgichda kirishmaviy markazlarning mavjudligi bilan asoslanishi mumkin. Yarimo`tkazgich asosdagi kirishmaviy markazlarning mavjudligini aniqlash uchun strukturadan oksid qatlami kimyoviy usul yordamida olib tashlanadi va Au ni vakuum purkash yordamida ( asosni qo`shimcha qizdirmasdan ) SHottki bareri shakllantiriladi. Keyin esa sig’imlarning izotermik relaksiyatsiyasi yordamida kirishmaviy markazlarning kontsentratsiyasi va energetik holati aniqlandi. O`rnatilgan barcha SHottki diodlarida qiymatlarida yaqinida Si taqiqlangan zonasi yuqori yarmida kontsentratsiyali generatsion markazlar mavjud. Si ning taqiqlangan zonasi pastki yarmida ( to`g’ri kuchlanishni teskarisiga o`zgartirish usulidan foydalanganda ) dan yuqori kontsentratsiyali qandaydir zaryadlar markazlari kuzatilmadi. SHu sababli, yarimo`tkazgich asosi hajmi kuzatilayotgan sirtiy holatlar zichligi taqsimotiga javobgar emas.


Dielektrik qatlamining sirtiy holatlar zichligi taqsimotiga ta’siri aniqlash uchun o`rganilayotgan struktura termomaydonli ishlov qilindi (10 V boyituvchi kuchlanish tushuvida 10 soat davomida 120 oC haroratda ). Nazorat o`lchashlari shuni ko`rsatdiki, termomaydonli ishlovdan keyin o`rganilayotgan strukturaning volt – farada xarateristikasi o`zining shaklini saqlagan holda kuchlanishning manfiy tomoniga biroz siljigan. Xarakteristikaning bunday bo`lishi shuni ko`rsatadiki, dielektrik qatlam ham sirtiy holatlar zichligi taqsimotiga javobgar emas ekan.

16 – rasm. O`rganilayotgan strukturadagi Si ning taqiqlangan zonasi kengligi bo`yicha sirtiy holatlarning integral taqsimoti.
[24] ishda ko`rsatilganki, 250 – 400 oC haroratlarda analogik strukturalarning termik ishlovi sirtiy holatlar zichligining taqsimoti o`zgarishiga olib keladi. Ushbu tadqiq qilinayotgan barcha strukturalar 1 soat davomida 300 oC haroratda ketma ket sovitish metodi bilan (pech bilan birgalikda) termik ishlov qilingan. Nazorat o`lchovlari shuni ko`rsatdiki, sirtning kuchli boyish rejimida 150 kGts chastotada o`zgaruvchi dielektrik yo`qotish amalda termik ishlovda keyin o`zgarmadi. Bir vaqtning o`zida barcha o`rganilayotgan strukturalarda sirtiy holatlarning integral zichligi kremniyning taqiqlangan zonasi butun kengligi bo`yicha bir xil kamayadi, bunda eneregiyaning – 0,75 eV qiymati yaqinidagi lokallashgan nobirjinsli taqsimot bartaraf etiladi ( 16 rasm, 2 bog’lanish ).
SHu sabali, sirtiy holatlarning nobirjinsli taqsimotiga javob beruvchi bo`lib yarimo`tkazgich – dielektrik ajralish chegarasida lokallashgan markaz hisoblanadi. Strukturaga kuchlanish qo`yilmaganida hamda kichik kambag’allashtiruvchi kuchlanishlarda ushbu markazlar neytral hisoblanadi. Yetarlicha katta kuchlanishlarda markaz ionlashadi, inversion qatlam tomonidan tutib qolinuvchi elektronlarni ajratish chiqaradi, uning shakllanish tezligini kamaytiradi.

17 –rasm. O`rganilayotgan strukturalardagi Si ning taqiqlangan zonasi kengligi bo`yicha sirtiy holatlarning integral taqsimoti (1 – nazorat struktura, 2 – termik ishlov qilingan struktura, 3 – termik ishlovdan keyin ulg’tratovush ishlovi qilingan struktura)
Qilingan farazlarni tasdiqlash uchun o`rganilayotgan strrukturalar 40 daqiqa davomida 2,5 MGts chastotali 0,5 Vt quvvatli ultratovush ishlovi qilindi. 17- rasmda o`rganilayotgan strukturalardagi Si taqiqlangan zonasi kengligi bo`yicha sirtiy holatlarning integral taqsimoti keltirilgan (1 – nazorat struktura, 2 – termik ishlov berilgan struktura, 3 – termik ishlov berilgandan keyin ultratovush ishlovi berilgan struktura). Keltirilgan bog’lanishlardan ko`rinib turibdiki, ultratovush ishlovi qilingan barcha strukturalarda sirtiy holatlarning integral zichligi kremniy taqiqlangan zonasi butun kengligi bo`ylab tekis kamayadi, bunda - 0,75 eV energiya qiymatlari yaqinida taqsimotning nobirjinsliligi bartaraf etiladi.
Download 66,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish