ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ
ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС ТАЪЛИМ ВАЗИРЛИГИ
ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ИҚТИСОДИЁТ УНИВЕРСИТЕТИ
“БАНК ИШИ ВА ИНВЕСТИЦИЯЛАР” КАФЕДРАСИ
“ИНВЕСТИЦИЯ ” фанидан
ТАҚДИМОТ
Маърузачи: PhD, доцент., Ҳайдаров Ў.А.
1 mavzu. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati
REJA:
- Investitsiya faninng predmeti, maqsadi, vazifalari, tarkibiy tuzilishi va boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi
- Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati, maqsadlari va diversifikatsiyalanishi.
- Investitsiyalarning tasniflanishi.
- Investitsiyalarning makro va mikroiqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli.
Асосий адабиётлар
1.Karimov N.G‘, Xojimatov R.X.,Investitsiya.: O‘quv qo‘llanma-2019.; TDIU-494 b
2.Mamatov B.S.,Xo‘jamqulov D.YU., Nurbekov O.SH.,Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.Darslik.TMI:-T «Iqtisod moliya” 2014-608 b.
3.Инвестиции и инвестиционная деятельность организаций : учебное посо-бие / Т. К. Руткаускас [и др.] ; под общ. ред. д-ра экон. наук, проф. Т. К. Рут-каускас. — Екатеринбург : Изд-во Урал. ун-та, 2019. — 316 с.
Қўшимча адабиётлар
1.Nosirov E.I.,Mamatov B.S.,SHoislomova N.K.,SHarifxodjaeva K.U. Investitsiya risklarini boshqarish.O‘quv qo‘llanma.-T:Fan vatexnologiya. 2011-148 bet
Интернет сайтлари
1. www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.
2. www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
3.www.economist.com
4. www.bank.ru
5. www.cbu.uz
6. www.lex.uz
7. www.ziyonet.uz
8. www.finanse.uz
9. www.investgov.uz
Ushbu fanning predmeti milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, investitsiya faoliyatini rivojlantirish, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash va shu orqali mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini investitsion faollikni ta’minlash kabi masalalarni qamrab oladi.
Ushbu fanning maqsadi – investitsiyalarning iqtisodiy mohiyati, investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari, investitsiyalarni jalb etish, davlat investitsiya dasturini shakllantirish, investitsiya loyihalarini baholash bo‘yicha yo‘nalishga mos bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |