Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati tushunchasi, prinsiplari va huquqiy asoslari.
Nazorat iqtisodiyotni va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalaridan bir hisoblanadi. Davlat nazorati davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan uni davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri sifatida qarash lozim.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati deganda tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi ustidan tekshirish va kuzatish tizimi tushuniladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini davlat organlari, shu jumladan prokuratura organlari o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
a) nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik, ya’niboshqa shaxslarning xohishi va istaklaridan, ularning sub’ektiv irodalaridan qat’i nazar, tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan suiiste’molliklarsiz tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshirishlar o‘tkazishni tartibga soluvchi qonun normalari asosida amalga oshirishlari lozimligi;
b) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
b) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Tadbirkorlik sub’ektlari va xususiy mulk egalari uchun huquq va kafolatlarni qonuniy himoya qilish normalarini kuchaytirish darkor. Bu borada xususiy mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda sud organlari rolini oshirish, davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik sub’ektlarining xo‘jalik va moliyaviy faoliyatiga noqonuniy aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lishi lozim”.
v) tadbirkorlik sub’ekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik sub’ektining foydasiga talqin etiladi;
g) tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashmaslik.
Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga aralashmaslik degandanazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik sub’ektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashishga haqli emasligi tushuniladi.