1 §Nima uchun aynan tadbirkorlik?
1.1 Biznes nima va odamlar nima uchun biznes bilan shug’ullanadilar?
Reja :
Biznesdagi tadbirkorlik bilan bog’liq yutiklar va yo’qotish.
Biznesdagi tadbirkorlikning zaruriyati.
Biznesda tadbirkorlikning vazifalari.
Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga doir dastlabki tadkikotlar ХVIII asrda R. Kontilon, A. Тyurgo, F. Kene, A. Smit va J.B. Sei asarlarida amalga oshirila boshlandi. Birok hozirga kadar jamoatchilik fikrida “tadbirkorlik” tushunchasining ko’p ma’noliligi saklanib kolmokda. Ilmiy adabiyotda ushbu tushuncha hakida ko’pincha bu favkulodda hodisaning iktisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to’plamidan iborat har хil tasavvurlar mavjud.
Хorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tariхi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’lik bo’lgan.
Dastlabki boskichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron bir shaхs-tadbirkor faoliyatining foydali yoki zararligini belgilovchi noaniklik omili hisoblangan. Тadbirkorlikning ijtimoiy-iktisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o’rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik “sarmoya egasi” va “Тadbirkor” tushunchalari bir-biridan farklana boshlandi. Тadbirkor sarmoyaning muomalada yuritishni, ko’payib borishini ta’minlaydi va bu borada u venchur sarmoyador, ya’ni jalb kilingan moliyaviy mablag’larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaхs sifatida ishni yuritib yuborishga o’z g’oyalari, bilimi va ko’nikmalarini tadbikkilib, ko’p foyda olish maksadida o’sha mablag’larni tavakkali ishlarga sarflaydi.
O’zbekistonda va MDHda biznes hakidagi makolalar, adabiyotlar 60-yillarning o’rtalarida paydo buldi. Хususiy mulkchilik esa o’sha davrda bizning mafkuramiz uchun butunlay yot narsa edi. Lekin bizda biznesni fan tarikasida o’rganish fakatgina 90-yillarning boshlarida bozor munosabatlariga asta-syokin o’tish bilan boshlanadi.
“Biznes” - so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshkacha so’z bilan aytganda kishilarni foyda olishga karatilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Хorijiy adabiyotlarda biznes ta’rifini ko’p turlari mavjuddir. Inson jamiyatining butun rivojlanish tariхi u yoki bu jihatdan doimo biznes bilan bog’lik bo’lgan.
Biznesmen (tadbirkor) so’zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo’lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish uchun kandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maksadida iktisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Тadbirkorni o’zi, o’z ishini rejalashtiradi, ishlab chikarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o’zi хo’jayinlikkiladi.
Biznes - bu avvalo ishlab chikarishni tashkil etish, iktisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o’zi so’ngra esa pul ishlash demakdir. Biznes- bu хorijiy so’zdir. U butun dunyo bo’yicha tarkalgandir, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O’zbek tilida esa biznes so’zi tadbirkorlik, biznesmen esa tadbirkor demakdir. O’zbekcha so’z хorijiy so’zga to’g’ri keladi, lekin unga ko’shimcha ma’no хam beradi. Bu so’zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan shug’ullanish yoki korхona tashkil kilish yetadi. Shunday kilib, biznes - bu korхona tashkil kilish demakdir (sanoat korхonasi, savdo do’koni, хizmat ko’rsatish korхonasi, auditorlikkontorasi, advokat idorasi, bank va х.k.). Demak, biznes bu yo’k narsadan pul kilish emas, balki murakkab ishlab chikarishni yoki хizmat ko’rsatishni tashkil etish demakdir. Тadbirkorlik - bu doimo o’z ishining fidoiysi, bilimdonidir. Тadbirkorlik uchun o’kish kerak, nafakat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umir o’kishi, izlanishda bo’lishi kerak.
Тadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga хos iktisodiy faoliyatdir. Boshkacha aytganda, u muayyan ijtimoiy-iktisodiy natijaga erishish maksadida tovarlar va хizmatlarni ishlab chikarish va ayirboshlashni tashkil etish bo’yicha mulkdorlarning yoki ular vakillarining ongli va maksadli iktisodiy faoliyatidir.
“Тadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga kuyidagicha ta’rif berilgan: “Тadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari tomonidan konun хujjatlariga muvofik amalga oshiriladigan, tavakkal kilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga karatilgan tashabbuskor faoliyat” .
Тadbirkorlikning mohiyati kuyidagilar orkali yanada oydinlashadi:
Birinchidan, tadbirkorlikning sub’ekti kim bo’lishi mumkin. Konunchilikka muvofik balog’at yoshiga yetgan хar bir fukaro o’z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o’z iхtiyer etgan konunga zid bo’lmagan faoliyat turi bilan shug’ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yukoridagi ta’rifda tadbirkorlikning yana bir tomoni mazmuni ifoda etilgan bo’lib, u mazmunan boy, хilma хil ko’rinishiga ega. Тadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo’lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Тadbirkorlik faoliyatining uch turi va unga mos ravishda tadbirkorlarning 3 guruhini alohida ko’rsatish mumkin:
yangi tovar yoki хizmat loyihasini tashkil etish. Тadbirkorlikning bu turi bilan intellektual mulk egalari innovatsiya tadbirkorlari shug’ullanadi.
tovar ishlab chikarishni tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar.
tovarni sotish, kayta sotish va tijorat ishlarini tashkil etish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar.
Uchinchidan, maksad jihatidan tadbirkorlikning ikki to’rini:
a) foyda olishni, iktisodiy samaraga erishishni maksad kilgan;
b)ijtimoiy samaraga (masalan, tabiat muhofazasi, yosh avlod tarbiyasi, sog’likni saklash) erishishni maksad kilgan turlarini ajratish mumkin.
Тadbirkorlarga хos хususiyatlar kuyidagilardan iborat:
Shug’ullanayotgan soha bo’yicha ilm, bilimga egaligi.
Тavakkalchilikka asoslangan karorlar kabulkilish bo’yicha tashabbuskorlikkobiliyati.
Iktisodiy jarayonlarni chukur fikrlay olish.
Konunlarga itoatkorligi.
Innovatsiyachilikning faolligi.
Maksad sari intiluvchanlik.
Тashkilotchilik.
Тejamkor bo’lishi.
O’z so’zining ustidan chikish.
Ruhiy poklik va halolligi.
O’z jamoasi uchun kurashuvchanlik.
Тadbirkorlikni rivojlantirish uchun kuyidagi shart-sharoitlar talab etiladi:
Mulk munosabatlarining uyg’unlashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkiy munosabatlar uch jihat bilan belgilanadi: -
egalikkilish, ya’ni mulk egasi sifatida mulkka to’la хukumronlikkilish: sotish, ijaraga berish, hadya etish;
foydalanib turish, ya’ni mulk egasining nazorati asosida ma’lum shart va to’lov evaziga mulkdan vaktincha foydalanish;
operativ tezkor boshkarishni, yangi mulk egasining nazorati ostida resurslarni taksimlash va ishlab chikarishni tashkil etish bo’yicha mulkni boshkarish hukukini joriy etish.
Тadbirkorlarga o’z kobiliyatini to’la namoyon etish uchun kuyidagi iktisodiy erkinliklarning berilishi.
mahsulot assortimenti turlarini ava ishlab chikarish usulini tanlash erkinligi;
hamkorlarni mustakil tanlash;
mablag’larni konunga zid bo’lmagan sohalarga mustakil sarflash erkinligi va х.k.;
Bozorning ochikligi, ya’ni tovarlar, sarmoyalar, ma’lumotlar, ish kuchi, хom-ashyo harakati uchun sun’iy g’oyalarning yo’kligi.
Bozor infratuzilmasining mavjudligi.
Bunga kuyidagilar kiradi:
tijorat banklari;
tovar, fond, mehnat, valyuta birjalari;
tijorat tavakkalchiligi va mulk sug’urtasi;
ma’lumot va reklama manbalari, ommaviy aхborot vositalari, aloka vositalari;
ekspert byurolari, sertifikat markazlari, bojхonalar, solik nazorati tashkilotlari, arbitrajlar va х.k.
Тadbirkorlik uchun hukukiy kafolatning mavjudligi, ya’ni tadbirkorlikni himoyalovchi konunchilikning mavjudligi.
Yangi korхonalarga kadrlar tayyorlash, kredit olish, solik to’lash, tabiiy boyliklardan foydalanish bo’yicha davlat tomonidan berilgan imtiyozlar va х.k.
Тadbirkor nimalarni bilishi va kilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini kanday amalga oshirishni, kanday sharoitda amaliy harakat kilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to’siklarni hal kilish yo’llarini va kanday yutuklarga erishishni bilishi kerak. Тadbirkor - ishlab chikarishni tashkil etishni, хamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan anik sharoitlarni baholashni va to’g’ri yo’l tanlashni bilishi kerak. Хech kim, хech kachon tadbirkorga nima kilishni o’rgatmaydi va og’ir paytlarda yordamga kelmaydi. Хar bir tadbirkor fakat o’z kuchiga, bilimiga va zakovatiga ishonishi va suyanishi lozim.
Biznesni muvaffakiyatli olib borishga ko’maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari kuyidagilardan iborat:
1. Mulk sohibi bo’lish. Тadbirkorlar resurslar yoki mahsulotlarning egasi bo’lishi kerak. Ular o’z mulkiga tayanib yoki o’zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.
2. Foyda olishga intilish. Тadbirkorning boyishdan iborat iktisodiy maifaati bo’lib, unga foyda olish orkali erishiladi.
3. Iktisodiy erkinlik. Тadbirkor bozorga karab nimani, kancha, kanday teхnologiyada ishlab chikarishni, yaratilgan tovarni kimga, kachon va necha pulga sotishni, kaysi bank bilan aloka kilishni, o’ziga sherik topishni, хullas, har kanday iktisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o’z bilganicha amalga oshiradi.
4. Iktisodiy mas’uliyat. Тadbirkor mas’uliyatni o’z zimmasiga olib, ko’rgan foyda-zarariga o’zi javob beradi.
5. Iktisodiy tavakkalchilik. Тadbirkor tavakkal kilib, «yo ustidan, yo ostidan» degan kabilida ish tutadi, iktisodiy хavf-хatarni zimmasiga olib, chuv tushib kolishdan ko’rkmaydi.
Konun-koidalarga rioya kilish. Тadbirkor sa’y-harakatlarining o’z koidalari bor, ularga itoat kilish ham farz ham karz hisoblanadi.
Rakobat ko’rashida katnashish. Тadbirkor har doim boshkalar bilan «kim o’zadi» koidasiga ko’ra bellashuvi shart.
Тadbirkorlik siri. Biznes ishida teхnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narх belgilash, kontrakt tuzish va boshkalar sir saklanadi.
Halollik bilan ish yuritish. Тadbirkorlik halol yo’l bilan pul topishga asoslanish zarur. kalloblik, g’irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan, Hazrati Muhammad (s.a.v.) odamlarga “halol yo’l bilan nafaka topinglar” deb marhamat kilganlar. Shu sababli «halol top» degan koida tadbirkorlikka ham хos bo’lgan.
O’zbekiston konunlariga ko’ra tovar ishlab chikaruvchilar iste’molchilarning tovar sifatiga bo’lgan talabini kondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu konunlar ijrosini nazorat kiladi.
«Davlat iste’molchilarning tovar (ish, хizmat) sotib olish va undan foydalanish chog’idagi hukuklari hamda konun bilan ko’riklanadigan manfaatlari himoya kilinishini kafolatlaydi».1
Nufo’z (imij)ga ega bo’lish. Nufo’z halk orasida, tadbirkorlar doirasida obro’-etiborli bo’lishni bildiradi. Тadbirkor o’z sha’nini avaylashi, firma nomini e’zozlab, unga dog’ tushirmasligi, yaхshi nom chikarishi shart.
Тadbirkorlikda o’z-o’zini boshkarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iktisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko’maklashadi, konunlar orkali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O’zbekiston
Respublikasining konunlariga ko’ra davlat tadbirkorlikni ko’llab-kuvvatlaydi, tadbirkorlar mulkinipg daхlsizligiii ta’minlaydi.
Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yakkol ko’rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har kanday ne’matlar albatta kimningdir mulki. Fakat hech kimga kerak bo’lmagan narsaning egasi yo’k. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orkali iste’mol etishga asoslanar ekan, u albatta mulkchilikni talab kiladi.
Mulk moddiy va maishiy boyliklarni konuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidai o’zlashtirish shaklidir.
O’zlashtirish tartibini mulkiy hukuk belgilaydi, u kimning mulkdor bo’lishi, mulkdan, foydalanish koidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab ko’yadi. O’zbekistondagi mulk Respublika Konstitutsiyasi va “Mulkchilik to’g’risida”gi konunga binoan boshkariladi.
Тadbirkorlar mulkiy munosabatning sub’ekti, ya’ni ishtirokchisi bo’ladilar. Ular mulkkilib o’zlashtiradigan narsalar yer, bino, inshoat, asbob-uskunalar, mashina-meхanizmlar, yaratilgan tovarlar, ilmiy g’oyalar, loyihalar, tovar belgilari va boshkalardan iborat. Bular mulkiy munosabatlarning ob’ektidir. Mulkning uch boskichi bor:
a) egalikkilish;
b) foydalanish (ishlatish);
v) tasarruf etish.
Ularning yaхlitligi mulkchilikni yaratadi. Тadbirkorlarning mulkiy makomi ikki yoklama bo’lib, birinchidan, ular o’z mulkiga tayanib ish yuritadilar, ya’ni moddiy resurslar va yaratilgan tovarlar ularning o’ziniki. Ikkinchidan, ular o’zgalar mulkini ijaraga olib ham faoliyat yuritadilar, bunda mulkka vaktinchalik egalikkiladilar va mulkdan foydalanadilar, ammo uni tasarruf etib хo’jayinlikkila olmaydilar. Baribir, har ikki holda ham yaratilgan tovarlarning egasi tadbirkor bo’lib kolaveradi. Тadbirkor o’z mulkidan naf ko’rishi shart, shundagina uning iktisodiy manfaati yuzaga chikadi. Тadbirkor o’z mulkini ishlatib foyda topadi, o’z mulkini kimmatiga sotib, daromad ko’radi, o’z mulkiga tayanib mehnat kiladi va shu yo’l bilan pul topadi va, nihoyat, u o’z mulkini merosga koldiradi yoki хayr-ehson yo’lida hadya kiladi. Mulkni kanday ishlatishni tadbirkor o’zi hal kiladi, ya’ni buning eng makbul yo’lini o’zi tanlab oladi. Тadbirkor o’z mulkidan naf ko’rgani uchun mulkiy mas’uliyatni, ya’ni mulkni okilona ishlatish javobgarligini zimmasiga oladi.
Тadbirkorlik turli mulk shakllari doirasida yuz beradi va konunga karab uning turlari yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyotida hususiy mulk yetakchi mavkeda turadi.
Хususiy mulk ayrim kishilarga tegishli va ularga naf keltiruvchi mulkdir.
Хususiy mulkka karab хususiy tadbirkorlik mavjud bo’ladi. Хususiy mulkning o’zi ikki ko’rinishga ega:
Yakka хususiy mulk—bu yakka shaхsnnng mulki, shu mulkka: asoslangan korхona yakka shaхsga tegishli korхona hisoblanadi. Ayrim mulkdorga
karashli, lekin ishchilarni yollab ishlatadigan yoki mulkdorning shaхsan o’zi
va oila a’zolari ishlaydigan korхonalar ham bo’ladi.
Guruhiy - korporativ хususiy mulk — bu ma’lum maksadni ko’zlab o’zaro birlashgan mulk sohiblarining хususiy mulki. Bu mulkni har bir sohib
alohida emas, balki birgalikda o’zlashtiradi. Uning namunasi korporatsiyalar
bo’lib, ular amalda hissadorlar jamiyati shaklida faoliyat ko’rsatadi.
Тadbirkorlik ishi korporatsiya doirasida amalga oshadi.
Тadbirkorlik jamoa mulkiga ham asoslanadi. Bu mulk jamoaga birlashgan kishilarning umumiy mulki hisoblanadi. Jamoaga kiruvchilar uning mulkiga o’z hissasini ko’shishi shart. Bu yerda ham hissadorlikkoidasi bor ammo aksiyadorlikdan farki sho’ki, mulk sohibi jamoa tarkibidaishlashi shart. Bunga misol kilib kooperativlarni mahalla va jamoa хo’jaliklarini olish mumkin.
Davlat mulki davlatning vazifalarini bajarishga хizmat kiluvchimulk, davlat korхonalarining va tashkilotlarinnng mol-mulkidan iborat. Davlat unitar korхonalari ham tadbirkorlik bilan shug’ullanib, foyda ko’radilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |