O’zbеkistonda ishchi kuchi bandligini ta’minlash va ishsizlarni
ijtimoiy himoyalash borasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari
Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlatning ijtimoiy siyosati fakat jamiyat a’zolarining manfaatlarini ishonchli ravishda himoya kilishdangina iborat bo’lmasdan, balki mavjud ishchi kuchlarining ish bilan bandligini ta’minlashni ham o’z ichiga oladi. Ayniksa, aholining o’sishi yukori sur’atlar bilan borayotgan va o’ziga xos aholi tarkibiga ega bo’lgan rеspublikamizda ishchi kuchining ish bilan bandlik masalasi eng muhim muammolardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizdagi iktisodiy islohotlar jarayonida ushbu masalani hal etish uchun bir kator tadbirlarni amalga oshirish rеjalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |