Tadbirkorlik va boshqaruv


Ishlab chiqarishda taklifning o’rni



Download 497,73 Kb.
bet3/7
Sana31.12.2021
Hajmi497,73 Kb.
#217501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Safarov Davlat kurs ishi.

2. Ishlab chiqarishda taklifning o’rni.
Bozor holatining o’zgarishiga iste’molchi yoki xaridorning munosabati ularning

talabi orqali namoyon bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining munosabati taklif orqali namoyon bo‘ladi. Ma’lum vaqt oraligMdagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta'sir qiladi. Bu omillaming asosiylari quyidagilar: 1) resurslar narxi; 2) ishlab chiqarish texnologiyasi; 3) soliq va subsidiyalar; 4) boshqa tovarlar narxi; 5) narx o'zgarishining kutilishi; 6) bozordagi sotuvchilar soni. Mazkur omillardan bir yoki bir nechtasining o'zgarishi taklif hajmining o'zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta’sir qiluvchi omillami alohida-alohida qarab chiqamiz. 1. Resurslar narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o'rtasida mustahkam o'zaro bog'liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o'g'itlar narxining pasayishi bug'doy taklifini oshiradi, qurilish materiallari narxlarining oshishi uy-joy va ishlab chiqarish binolari taklifini qisqartiradi. 2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalaming takomillashuvi mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Resurslaming mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko'payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullaming yaratilishi paxta tolasining miqdori va sifatini, binobarin taklifini oshiradi. 3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi.



Soliqlarning aksariyat turlari ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya (subsidiya — davlat tomonidan aholi yoki korxonalarga o'z zararlarini qoplash yoki boshqa maqsadlar uchun qaytarilmaslik sharti bilan beriluvchi mablag‘) bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi. 4. Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o'zgarishi ham mazkur tovar taklifini o'zgartiradi. Masalan, boshqa o'zgarmas sharoitlarda qo'y go'shti narxining pasayishi natijasida undan olinadigan foyda darajasi ham pasayib, qassoblar tomonidan mol go‘shti taklifining oshirilishiga olib keladi. 5.Narx o’zgarishining kutilishi . Kelgusida mahsulot narxi o'zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko'rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi. 6. Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko'p bo'lsa, taklif qihnadigan mahsulot miqdori shunchalik ko'p bo'ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko'paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko'payadi. Taklif hajmining o'zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko'rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo'lmaydigan qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o'zgaruvchan bo'ladi. Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslaming mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko'rsatadi. Masalan, narxning o'zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o'tish imkoniyati mavjud bo'lsa taklif o'zgaradi. Qishloq xo'jaligiga yaroqli bo'lgan yerlar cheklangan bo'lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo'lmaydi. Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musawirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo'zgaruvchan bo'ladi. Bozor muvozanati: Biz yuqorida turli omillar ta’sirida talab va taklif miqdorining o'zgarib turishini ko'rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma’lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba’zan talab taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib ketadi. Talab miqdori bilan taklif miqdori bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor mnvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba’zan uni muvozanatlashgan narx deb ham yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatlashgan narx doimo mavjud bo‘lmaydi, ularga ta’sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatning buzilishiga sabab bo'ladi. Ammo iqtisodiyotda bozor muvozanatiga intilish doimo mavjud bo‘ladi. Talab va taklif tushunchalari tahlili bizga sotuvclii va xaridorlar manfaatining muvofiq kelishini qarab chiqish imkonini beradi. Bunday muvofiqlik o‘z ifodasini muvozanatlashgan narxda topadi. Taklifning elastik bo’lishiga ishlab chiqarishning mavsumiy bo’lishi, tabiiy resurslarning mavjudligi ham ta’sir etadi. Paxta, g’alla yoki meva-sabzavot narxi oshganda, ularning taklifi ortishi uchun pishiqchilik mavsumi kelishi shart. Taklifning elastik bo’lishi uchun narx ortishiga javoban tovarni hozir ko’proq ishlab chiqarish imkoniyatlari bo’lishi zarur, ya’ni buning uchun korxonalarda qo’shimcha yoki to’la ishlatilmagan mashina-uskunalar, ishchilarni qo’shimcha ishga jalb etish, qo’shimcha xom-ashyo, yoqilg’i va energiya topish talab qilinadi. Muayyan tovar bahosi sharoitida taklifga quyidagi omillar ta’sir etadi: 1) Resurslar bahosi. Tovar ishlab chiqarishda moddiy va mehnat resurslari iste’mol qilinadi. Taklifga ta’sir etuvchi bosh omil aynan ana shu ishlab chiqarish natijalaridir. Tovar ishlab chiqarish uchun moddiy va mehnat resurslari qanchalik kam xarajat qilinib, kam pul sarflansa, demak, tadbirkorlar belgilangan baholardan shuncha ko’p foyda oladilar. Demak, bunday sharoitda bozorda taklif ko’payadi. Resurslardan unumli foydalanishda ilmiy-texnika taraqqiyotining o’rni muhimdir.Shu boisdan eng arzon va mehnat unumdorligi yuqori bo’lishini ta’minlaydigan resurslarning yaratilishi taklifning ortishiga olib keladi. Shunday qilib ilmiytexnika taraqqiyotining o’sishi taklif ko’payishining muhim asosidir. 2) O’rnini bosuvchi va o’zaro to’ldirvchi tovarlar bahosi darajasi. Iste’molchilar xarid qilayotgan tovarlar va xizmatlarning o’rnini to’ldiruvchi tovarlar va xizmatlar past baholarda taklif etilsa, avvalgi taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar kamayadi. Chunki muomaladagi tovarlar va xizmatlar o’rnini to’ldiruvchi arzonroq tovarlar va xizmatlar paydo bo’lishi taklifni o’zgartiradi. 3) Ma’lum bozorning monopoliya darajasi. Raqobatda tovar ishlab chiqaruvchilar soni bozorda qanchalik ko’p bo’lsa, tovarlarning monopol bahosi o’rniga talab va taklif qonuni asosida baho shakllanadi. Agar tovar va xizmatlar ko’rsatuvchi ishlab chiqaruvchilar muayyan bozorda monopol mavqeiga ega bo’lsalar, baholarni o’z xohish-istaklari bo’yicha ko’tarishga hamda yangi tovar ishlab chiqaruvchilarni bozorga kiritmaslikka harakat qiladilar. Bozorda, monopoliya darajasi qanchalik katta va uzoq davom etsa, baholarni o’z maqsadi yo’lida belgilaydi, talab ustidan “hukmronlik” qilishga harakat qiladi. 4) Resurslar egasining mehnat hajmi va sarf etilayotgan kapital hajmi. Tayyorlangan tovarlar va xizmatlarda resurslar egasining mehnat hajmi hamda sarflanayotgan kapital hajmlari qanchalik yuqori bo’lsa, ma’lum miqdorda monopol hukmronlik yuzaga keladi. Resurslar narxining oshishi tovar ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi, taklif qisqaradi. Demak, resurslar egasi sarf qilayotgan kapital hajmi bilan mehnat hajmi qanchalik yuqori bo’lsa, taklif tabiiy resurslarga bo’lgan talabga ma’lum ma’noda tazyiq o’tkazishi mumkin. 5) Davlatning iqtisodiy siyosati. (Soliqlar va ularning turlari hamda miqdorlari; yordamlar va imtiyozlar darajasi; davlatning baholarni boshqarish darajasi; mehnat qonunchiligi; tabiatni muhofaza qilish tadbirlari darajasi va boshqalar); 6) Soliqlarning ortishi tovarlar va xizmatlar xarajatlarni ko’paytiradi. Bu o’z navbatida, taklifning qisqarishiga olib keladi. Soliqlar imkoni boricha muhim bo’lib, tadbirkorlikni rivojlantirishga yo’naltirilsa, albatta, taklif ko’payadi; 7) Yordamlar va imtiyozlar tizimining amal qilishi tadbirkorlikning rivojlanishiga, tayyorlanayotgan tovarlar va xizmatlarni arzon yaratishga va demak, taklifning o’sishiga sabab bo’ladi; 8) Davlatning baholarni boshqarish tizimi va siyosati mavjudligi. O’zbekistonda islohotlarni amalgi oshirishda davlat bosh islohotchi sifatida, albatta, bozor baholarini erkinlashtirishda katta rol o’ynamoqda. Avvalo, baholar bosqichma-bosqich erkinlashtirilmoqda. Davlat o’z tasarrufidagi ishlab chiqarish asosida eng zarur iste’mol tovarlarini yaratib, ayrim xususiy korxonalarning monopol mavqeiga ega bo’lishiga yo’l qo’ymaydi; 9) Mehnat qonunchiligi. O’zbekistondagi mehnat qonunchiligida, yollanma mehnatdan foydalanuvchi tadbirkorlar korxonalarida yollangan mehnatga to’lanadigan eng kam ish haqi va mehnat sharoiti davlat korxonasidan kam bo’lmasligi belgilangan. 10) Eksport va import. Mamlakatdagi eksport va import talab va taklifga katta ta’sir etadi. Eksport qanchalik ko’paysa, mamlakat ichki bozorida taklif qisqaradi. Import ko’paysa, mahalliy bozorda taklifning o’sishiga sabab bo’ladi. 11) Ishlab chiqarish texnologiyasi. Mukammal va yangi texnologiya resurslar qimmatlashgan sharoitda ham resurslarni tejashni ta’minlab, xarajatlarni kamaytiradi. Masalan, metall narxi 10% oshdi, ammo yangi texnologiya metall sarfini 12% qisqartirdi, demak, metall sarfi amalda 2% qisqaradi, bu xarajatni pasaytirib, foydani ko’paytirgani uchun taklif ortadi. 12) Tovar ishlab chiqaruvchilar soni. Ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsalar, ular shunchalik ko’p tovarlarni taklif etadilar, chunki ular ishlab chiqarishni kengaytirib, ko’proq daromad olishga intiladilar. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, talab va taklif qonunlarining namoyon bo’lishi bilan bozor yuzaga keladi va uning asosiy amal qilish mexanizmiga aylanadi. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko’rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o’zgarishi bilan taklif etilayotgan Tovar miqdorining to’g’ri bog’liqlikdagi o’zgarishi taklif qonuni deyiladi.

Aksincha Tovar narxi oshganda xarid miqdorining kamayishi talab qonunini ifodalaydi. Bu jarayonlarni yuqoridagi grafik asosida tushunish mumkin.




Download 497,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish