Tadbirkorlik va boshqaruv


Umumta’lim maktablarida eliktrodenamika bo’limini o’qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish



Download 230,5 Kb.
bet15/16
Sana08.02.2022
Hajmi230,5 Kb.
#436490
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Eshonqulova Oyjamol

2.2. Umumta’lim maktablarida eliktrodenamika bo’limini o’qitishda ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Ekspermental o’qituvning muammolari o’rta va oliy o’quv yuriida umumiylari va o’ziga xos alohidalari mavjud. Eksperimental o’qituv o’quv eksperimenti vositasida amalga oshiriladi. O’quv eksperimentining har bir turlarining:
1. Namoyish eksperimenti,
2. Frontal va oddiy laboratoriyalari,
3. Praktikum (amaliyot),
4. O’quvchilaming mustaqil kuzatish va tajribasi. o’zlariga xos muammolari bo’ladi.
O’quv eksperimenti turlari alohida mashg’ulot, mashg’ulotning biror qismi, darsning biror bo’Iimi uchun ko’rgazmalilik (turi yoki) usuli, bilim manbai yoki o’qitish usuli sifatida qo’llanilganda ham o’ziga xos muammolar kelib chiqadi. O’quv eksperimentini tashkil etish usullari va texnikasi bo’yicha ham ma’lum muammolar kelib chiqadi. O’’rta va oliy o’quv yurti fizika kursi mazmuni farqlanganligi bois (o’rta maktabda elementar fizika, oliy o’quv yurtida Umumiy fizika, nazariy fizika, fizika tarixi, fizika o’qitish usuliyoti) ularda o’quv eksperimentini amalga oshirishda tashkil etish usuli, mashg’ulotni o’tkazish, yakunlash va o’quv eksperimenti asbob, qurol va vositalari ham farqlanadilar. Bu omil ham o’ziga xos muammoni keltirib chiqaradi.
Biror narsani yuzaga chiqarish, amalga oshirish yo’llari, harakat tarzi, xili, tartibi, yo’li usuldir. Tabiat hodisalarini bilish, tadqiq qilish usuli (yo’llari), o’quvchilami o’qitish va uqdirish eksperiment orqali uyushtirilganda eksperimental usul deyiladi. Fizika ta’limining amaliy masalalari, asosan, o’quv eksperimentida amalga oshiriladi. O’quv eksperimentining barcha ko’rinishlardagi asosiy usul eksperimental usuldir.
Fizika kursi mazmuni asosan besh bo’lim mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika, atom va yadro fizikasi bo’limlaridan iborat. Наг bir bo’limda o’rganiladigan qonuniyat, qoida, hodisa, jarayonlar farqlidirlar.
Mexanik hodisalar kuzatish va o’lchashda yaqqolroq bo’lsa, molekulyar fizikadagi hodisalar atom va molekula sohasidagi jarayonlarga bog’liq ekanidan ularni bevosita yaqqol kuzatish murakkablashadi, bu holat atom va yadro fizikasi bo’limida yanada og’irlashadi. Bu hollarda hodisalar va jarayonlami qo’shimcha vositalardan, modellashtirish, ideallashtirish va murakkab fizika-texnik qurilmalardan foydalanib o’rganiladi. Tajribani tayyorlash, amalga oshirish, yakunlashda absrakt fikrlash, EHM, kompyuter va murakkab qurilmalarda qayta ishlash qo’shib olib boriladi.
1. Mexanika.
Mexanikada harakatning ma’lum ondagi holatini ifodalovchi fazasini yaqqol ko’rsatishda, energiya va quwatini, bajargan ishini ko’rsatishda ma’lum muammolar mavjud.
2. Molekulyar tlzika.
Atom va molekulalar darajasidagi hodisalar, issiqlik hodisalar, qaynash, erish, buglanish, sublimatsiya va adsorbtsiya hodisalaradagi zarrala harakati, ularning
tezligi, energiyasi, yo’nalishini ko’rsatishda ham muammolar mavjud.
3. Elektr va magnetizm.
Elektr hodisaiarda zaryadli zarrani, uning maydonini kuzatish, zaryadli zarra harakati, uni ko’rinarli qilish, tuzilishi va uning hossalarini ko’rsatish muammolari mavjud.
4. Optika.
Yorug’lik hodisalari atom darajasidagi harakat bo’lgani bois, uni vizual kuzatish mumkin emas. SHu bois yoruglik nurlanish jarayoni, yoruglik tarqalish jarayoni, yoruglik ta’siri jarayoni murakkab jarayon ekanidan undagi muammolar ham etarli.
5. Atom va yadro fizikasi.
Atom tarkibidagi elektron harakati, elektron tuzilishi, yadro tuzilishi, elementar zarralar va uning tarkibiy qismlari, harakterlovchi qonun va kattaliklami o’rganishda ham o’ziga xos muammolar mavjud. Bu bo’limlarga oid o’quv eksperimentini amalga oshirishda eksperimental o’qituv usuli va texnikasida ham o’ziga xos muammolar mavjud. O’quv muassasalarida o’qitishning eng samarali usullaridan bin o’qitishning texnik vositalaridan keng foydalanib o’qitishdir. Fotografiya, o’qitishning statik ekran vositalari diaproektor, epiproektor va universal proektsion apparatlar, o’quv kinosi, televidenie, programmali eshittiruv, o’rgatuvchi programmali mashinalardan unumli foydalanish o’qituvchining o’quvchiga ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayoni samarali bo’ladi. O’quv-tarbiya jarayonida O’TVdan keng foydalanish quyidagilami keltirib chiqaradi:
a) o’qitishning ko’rgazmaliligini oshiradi, materialni oson o’zlashtirish omili bo’ladi;
b) o’rganilayotgan hodisa, jarayon yoki ixtiyoriy mazmun haqida aniqroq va to’laroq ma’lumot berishga imkon beradi, bu bilim sifatini va yashovchanligini orttiradi;
v) bilim berishning Yangi va takomillashgan shakllarini topish va ma’lumlarini takomillashtirish va rivojlantirishda o’qituvchi imkoniyatini kengaytiradi.
O’quv-tarbiya ishlarida vazifasi, didaktik ahamiyati, mashg’ulotlaming maqsadi va xiliga bog’liq holda turli ko’rgazmali vositalar qo’llaniladi. O’quv muassasalarida o’qitiladigan fanlarning muvaffaqiyatli o’qitilishi o’qituvchining materialni ko’rgazmali va obrazli, ta’sirli bayon qilishiga, o’qitishning tasviriy va ovozli texnikaviy vositalaridan foydalanib, jonli obrazlar yarata olishiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchi haqiqiy manzarani aniq tasvirlab beruvchi ko’rgazmali vositalardan foydalanishni obrazli nutqi bilan uygunlashtirib olib borsa, o’quv-tarbiya faoliyatida yuqori samaraga erishadi.
O’qitish va tarbiya vositalari ekran vositalari, ovozli vositalar va ovozli ekran vositalariga ajratilishi mumkin. Ovozsiz kinofilmlar, diafilmlar, diapozitivlar, slaydlar, ovozsiz videofilmlar, ovozsiz disketdagi tasvirlar ekran vositalaridir. Ovozni magnit plyonkaga, kinolentaga yozish, gramplastinkalar, disketlarga yozish va qayta eshittirish ovozli vositalarga kiradi. Ovozli kinofilmlar, videofilmlar, disketlar, diapozitiv va diafilmlar, o’quv teleshittirishlari ovozli ekran vositalariga kiradi. Bu vositalar audiovizual o'qituv va tarbiya vositalar (AVO’TV) ovozli ko’rish vositalari deyiladi. Ularni namoyish etishda o’ziga xos texnik vositalar (apparatlar)dan foydalaniladi. Fotorasm, diapozitiv, slayd, diafilmlar tayyorlashda fotoapparatlardan, ularni namoyish etishda esa diaproektor, epiproektor, universal proektsion apparatlardan, kodoskop (grafoproektor)lardan foydalaniladi.
Ovozli vositalami namoyish etishda esa patefon, proigrivatel (gramplastinka), magnitofon (magnit lentalar), kompyuter (disketdagi ovoz)dan foydalaniladi. Ovozli tasvirli lentalar (kinolentalar, videolentalar, disketlar)ni esa kinoapparatlar. videomagnitofonlar va kompyuterlardan foydalanib namoyish etiladi. Audiovizual qo’llanmalaming didaktik funktsiyalari turlicha bo’lib, ular quyidagilardan iborat:
1. materialni qabul qilish va o’zlashtirish uchun hamda ko’rish-eshitish printsipidagi bilimlar va tasawurlar manbai;
2. mustaqil ishlami tashkil qilish uchun qo’llanmalar, mashqlar;
3. bilimlami namoyish qilish, tashkil qilish, qaytarish, umumlashtirish va sistemalashtirish vositalari bo’lib xizmat qiladi; Audiovizual o’quv-tarbiya vositalari (O’TV) quyidagilarga imkon beradi:
1. ravon, ta’sirli namoyish qilish hisobiga absrakt materialni bayon qilishda o’quvchilaming fazoviy tasavvurlarini aniqlashtirishga;
2. predmetning xossalari, turi, strukturasi, tuzilishi va asosiy qismlari haqida aniq tasavvur hosil qilishga;
3. murakkab bo’lgan o’quv materialining asosiy masalalariga kino materiallarini fragment qilib ko’rsatish bilan o’quvchilar diqqatini jalb qilishga;
4. kam uchraydigan va xavfli hodisalami, asosiy tajribalar va noyob asboblami ishonchli idrok qilishni ta’minlashga;
5. u yoki bu fizik hodisaning jarayon mexanizmini molekula, atom, yadro yoki elektron darajasida o’rganishiga;
6. mashina va mexanizmlaming, asboblar va qurilmalaming detal va qismlarining tuzilishi hamda ishlash printsipini tushuntirishga;
7. transport, qurilish, aloqa, sanoat va qishloq xo’jaiik ishlab chiqarishda asosiy fizik hodisalaming ko’rinishlari bilan tanishishiga;
8. maktab fizika kursining bo’limlari bilan bevosita aloqasi bo’lgan fan- texnika programmasining yo’nalishlari bilan, xususan, mexanizatsiyalash, issiqlik texnikasi va energetikasi, materiallami ishlab chiqish va qayta ishlash texnologiyasi, elektrlashtirish va radiolashtirish, atom energetikasi va optik asboblar bilan tanishishga;
9. fan-texnika taraqqiyoti manzarasini ochib berishga;
10. fan-texnika kashfiyotlarining ochilishiga to’g’ri kelgan davrdagi tarixiy sharoitni tasavvur qilishga.

Bundan tashqari AVO’TV emotsional ta’sir qilish orqali o’rganilayotgan masalaga tinglovchilarning qiziqishini uyg’otadi, diqqatini, ijodiy fikrlashini, kuzatuvchanligini, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o’stiradi.


O’quv muassasalarda AVO’TV va o’qitishning texnik vositalari (apparaturalari) talab darajasida ta’min etilgan bo’lsa, o’qituvchi ulardan to’g’ri va unumli foydalansa, o’qitish samarali bo’ladi. Keyingi yillarda ushbu ta’minotda kamchiliklar paydo bo’ldi va u ma’lum muammolami keltirib chiqardi:
a) O’zbekistondagi bu sohadagi isMab chiqarish jahon talabi darajasiga etmadi va u O’zbekiston o’quv muassasalarini ta’minlay olmaydi;
b) horijdan katta mablag hisobiga olanayotgan (Koreya, Xitoy, . ) zamonaviy qurollar va vositalaming oz qismigina ishlatilmoqda;

v) o’quv muassasalari Yangicha jixozlanmagan holda sobiq ittifoq davridagi jixozlardan foydalanish keskin susaydi;


g) sanab o’tilgan omillar o’quvchi va talabalarda bilim olishga intilishni susayishiga, o’qitish samaradorligi pasayishiga olib keldi.
Kompyuter bankida ko’p miqdorda va katta hajmda turli ma’lumotlarni jamg’arish mumkin. Fizika o’qitish metodikasiga oid nazariy materiallami, masalalar va ulaming echimlarini, laboratoriya va amaliyot ishlari qurilmalarini o’rganish bo’yicha, ularda lajriba o’tkazish usullari va yo’l-yo’riqlari haqidagi elektron qo’llanmalar, namoyish tajribalarini amalga oshirish jarayoni bo’yicha, uy tajriba va kuzatishlari, mustaqil tajribalar bo’yicha turli ma’lumotlami kompyuter bankiga kiritish va disketlarga yozib olish murnkin. Ular ovozli, ovoz va tasvirli, tasvirli oq-qora va rangli tasvirda yozilgan bo’lishi mumkin.Mazkur ta’lim-tarbiya va texnik vositalardan fizika o’qitishda barcha mashg’ulotlarda bilim berishda, olingan bilimni mustahkamlashda, olingan bilimni hisobga olish va nazorat etishda foydalanish mumkin. Bayon etiigan fikrlarning amalga oshirilishi fizika o’qitish samaradorligini keskin oshiradi.
Fizika o’qitishda kompyuter imkoniyatlaridan to’la foydalanishda o’quv muassasalarini kompyuter qurilmalari bilan talab darajasida ta’min etilmaganlik va undan foylanuvchilaming «kompyuter savodxonligi»ning pastligi muammolari mavjud bo’lib, ushbu muammolar yaqin yillarda hal etiladi.

XULOSA:
Xulosa qilib aytganda ta’limning kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonini yaratish yo‘lida o‘quvchi to‘liq o‘zlashtirishga erishguncha bajarishi lozim bo‘lgan barcha vazifalar aniq ketma-ketlikda, batafsil ishlab chiqilgan dastur tuziladi. Bu dastur ta’lim maqsadida ko‘zda tutilgan darajadagi bilim va ko‘nikmalarni har bir o‘quvchi o‘zlashtirishini kafolatlashi lozim. O‘zlashtirish jarayonining borishi haqida o‘qituvchi bilan birga o‘quvchining o‘ziga ham axborot yetib turadi. O‘quchi mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalarni ma’lum ketma-ketlikda bajarish orqali deyarli xatolarsiz asosiy maqsadga yetib bora oladi. Bunday texnologiya o‘quv jarayonini to‘liq nazorat qilish imkonini beradi. Bunda mantiqiy bog‘langan qisqa vazifalar ketma-ketligi ta’lim jarayonining algoritmini hosil qiladi. O‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatining shunday algoritm asosida tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan maqsadga erishishni kafolatlaydi. Ta’lim jarayonini shunday tartibda tashkitl qilinishini hozirda to‘liq ma’noda pedagogik texnologiya deb atash mumkin.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagogik jarayonni loyihalash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilshi tavsiya etiladi:
- ta’lim standartlarini tahlil qilish;
- ta’lim standartlarini ular asosida yaratilgan o‘quv dasturi bilan taqqoslash va o‘quv dasturi standart talablarini naqadar ro‘yobga chiqarishga qaratilganligini belgilab olish kabilarni amalga oshirish eng samarali usullardan xisoblanadi.



Download 230,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish