BOB FIZIKA FANINING DOLZARBLIGI VA O’QITISH STRATEGIYASI
2.1. Fizika fanidan mashg’ulotlarni tashkil qilishda pedagogic texnologiyalardan samarali foydalanish
O’zining mustaqil ijtimoiy—iqtisodiy rivojlanish yo’lini tanlab olgan
O’zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobitqadamlik bilan isloh qilib
bermoqda. Ayniqsa, ,,Ta’lim to’g’risidagi’’ qonun va ,,Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi’’ qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko’lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb- hunar egallashga bo’lgan e’tibor kuchayib ketdi. Shu tufayli, ta’lim—tarbiya tizimiga yangicha ilmiy- uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar o’z navbatida o’quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg’armalarida muayyan ijobiy o’zgarishlarni sodir etadi, albatta. Ularning ko’pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog’liq o’zgarishlardir.
O’quv jarayoni ---- bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan
maqsadlar yo’nalishida namoyon bo’lishidadir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning balki, butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, 1960- yillardan so’ng dunyo pedagoglarining diqqati Pedagogik texnologiya bo’yicha izlanish va muhokamalarga qaratildi.
,,Pedagogik texnologiya’’ jurnali AQSH da 1961-yilda, Angliyada
1965- yilda, Italiyada 1971-yilda chiqa boshladi. Angliyada 1964- yilda
,,Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim’’ jurnali chop etila boshladi.
Keyinchalik, 1977- yilda Vengriyaning Budapesht shahrida o’tkazilgan ,,O’qitish texnologiyasi’’ bo’yicha Xalqaro seminarda ta’limni texnologiyalashtirish jarayoni bilan bog’liq masalalar qaraldi. Seminarda pedagogik texnologiyaning ikki alohida jihatiga ahamiyat berildi:
1. O’quv jarayoniga texnika vositalarini joriy etish;
2. Amaliy masalalar yechimini topishda bilimlar tizimidan foydalanish.
70-yillarda Yaponiya va qator mamlakatlarda 1- masala,
80- yillarda esa, AQSH va Angliyada 2- masala izlanish ob’ektiga
aylandi. 80-yillarda V.P.Bespalko boshchiligida Rossiyada pedagogik texnologiyaning ilmiy maktabi yaratildi va unda pedagogiл texnologiyaning
,,nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq qilish’’ boshlangan edi. V.P.Bespalkoning
g’oyasida ---,,Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etiladigan ma’lum
pedagogik tizim loyihasidir.’’ Bu g’oya dunyo pedagoglari tomonidan
tan olindi.
O’zbekistonda 1993-yili ,,Xalq ta’limi’’ jurnalida chop etilgan maqolada
1--marta pedagogik texnologiya tushunchasi, mohiyati, uning ta’rifi va
ma’lum pedagogik tizim doirasidagi talqini yoritildi.
,,Ta’lim muammolari’’ jurnalida , ,,Ma’rifat’’ gazetasida , Respublikada o’tkazilgan turli anjuman materiallarida pedagogik texnologiyaga oid chop etilgan maqola va tezislar soni ortib bormoqda. 1997-yildagi O’zbekiston Respublikasining ,,Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi’’ qarori pedagogik texnologiya sohasidagi izlanish ishlarini dolzarb tatqiqot ob’ekti darajasiga ko’tardi.
O’zbekistondagi ta’lim muassasalari o’qituvchilari , ilmiy-tekshirish
Institutlari xodimlari turli anjuman materiallarida pedagogik texnologiya
bo’yicha izlanish ishlari natijalarini: fikr-mulohazalarini e’lon qilmoqdalar,
uni dolzarb masala sifatida o’rganmoqdalar.
Pedagogik texnologiyaning hayotga tatbiq etish natijasida ta’lim sohasida ijobiy o’zgarishlar yuz berishi, o’qituvchilarning faoliyati yaxshilanishi talaba
yoshlarda bilimga qiziqishlarini oshirish, ijodiy fikrlilik, Vatanga mehr-
muhabbat , insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantirib borilishi
kutilmoqda.
,,Texnologiya’’ so’zi 1872-yili yunoncha ikki so’zdan ,,texnos’’- hunar yoki
san’at, ,,logos’’-fan so’zidan olinib, ,,hunar fani’’ ma’nosoni anglatadi. Bu
atama zamonaviy texnologik jarayonni to’la ta’riflamaydi. Zamonaviy
texnologik jarayon bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlarida (xom ashyoda) bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida ,,mahsulot yaratish’’
borasidagi ishchi (yoki ishchi mashina) ning faoliyatidir. Bu ta’rifni
pedagogika sohasiga ko’chirsak, quyidagi ta’rifni olish mumkin: Pedagogik
texnologiya o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya ) vositalari yordamida
o’quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatish va bu faoliyat mahsuli
sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish
jarayonidir. Pedagogik texnologiya ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini
Ifodalaydi va o’qituvchi pedagogik jarayon- o’quvchi funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar
majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya o’qituvchining kasbiy faoliyatini
yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan loyihalar
yig’indisidir. Agar fizika o’qitish metodikasining maqsadi nazariy qoidalarni
aniq hodisalar tekisligiga o’tkazish bo’lsa, pedagogik texnologiyaning maqsadi
ta’lim jarayonining aloqali tomonlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish
bosqichlarining ketma-ketligini tuzish, ularni amalga oshirish shartlarini
aniqlash va yakunida oldindan sifati ma’lum bo’lgan mahsulot yaratish shaxs kamolotini tarkib toptirishdir.
Pedagogik texnologiya mohiyat jihatidan boshqa texnologiyalar bilan teng
mavqeda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga ,
metodlari ( fizika o’qitish) va vositalariga egadir. O’quv- tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy burilish uning muhim bosqichidir. Ta’limdagi axborot texnologiyasi,, o’quvchi—kompyuter’’ o’rtasidagi muloqotdir. 1.3. Fizika o’qitishda kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |