Amalga oshiriladigan ishlar
Ijro etuvchilar
Muddati
1
1. Tadbirkorlik subyektini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kerakli
hujjatlarni tayyorlash.
2. Ta’sis hujjatlari loyihalarini
tayyorlash.
Ta’sischi,
Savdo-sanoat
palatasi.
Konsalting
firmalari va
boshqalar.
Ta’sischilar
belgilaydi
2
Tadbirkorlik subyektini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga
hujjatlarni taqdim etish
Ta’sischi yoki
u belgi lagan
vakil
Ta’sischilar
belgilaydi
3
Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib
chiqish.
Ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi
organ mas’ul
xodimi
3 ish soati
4
1. Tadbirkorlik subyektiga statistik
kodlar berish.
2. Soliq inspeksiyasiga soliq
toTovchining indentifikatsiya raqami
berish uchun talabnoma yuborish.
3 Muhr va tamg‘a tayyorlash uchun
ruxsatnomani rasmiylashtirish.
Ro‘yxatdan
o'tkazuvchi
organ mas’ul
xodimi
184
5
1. Tadbirkorlik subyektiga soliq
toiovchinng identifikatsiya raqamini
berish.
2. Soliq to‘lovchining identifikatsiya
raqamlari markazlashtirilgan bazasiga
tegishli yozuvlar kiritish.
3. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga
soliq toiovchining identifikatsiya
raqami berilganligi to‘g‘risida
ma’lumotnoma yuborish.
Davlat soliq
organi mas’ul
xodimi
8 ish soati
6
1. Tadbirkorlik subyektini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat
reyestriga kiritish.
2. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risida guvohnoma va boshqa huj-
jatlami berish.
Ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi
organ mas’ul
xodimi
2 ish kuni
(hujjatlar qabul
qilingan kundan
boshlab)
7
Davlat reyestridan ma’lumotlarni
va boshqa hujjatlarni tegishli davlat
boshqaruv organlariga taqdim etish.
Ro‘yxatdan
o‘tkazuvchi
organ mas’ul
xodimi
1 kun
(ro‘yxatdan
o‘tkazilgandan
boshlab)
8
1. Tadbirkorlik subyektini soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar to‘lovchisi
sifatida hisobga qo‘yish.
2. Tadbirkorlik subyektini korxonalar
va tashkilotlar yagona davlat
reyestriga kiritish.
3. Muhr va tamg‘alami yo‘q qilish
(korxona tugatilganda).
Tegishli davlat
boshqaruv
organlari
2 kun
(hujjatlarni
olgandan
boshlab)
Bu ishlarni bajarish uchun juda qisqa vaqt ajratilgan-ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun ariza taqdim etilgandan boshlab to subyektni
ro‘yxatdan o ‘tkazilganligi to ‘g‘risidagi guvohnoma topshirilishigacha
ketadigan vaqt 2 ish kunidan, soliq va statistika organlarida hisobga
qo‘yish bilan 3 ish kunidan oshmasligi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish rad
etilgan taqdirda, asoslangan rad javobini ariza taqdim etilgan paytdan 3
ish soati ichida arizachiga topshirish lozim.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etil
gan hujjatlar ularda rad qilish asoslari bori - yo‘qligini aniqlash maqsa
dida o ‘rganib chiqiladi. Bunday asoslar ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
185
to ‘g ‘risidagi nizomlarda aniq ko ‘rsatilgan va ulardan tashqari boshqa
asoslar bo‘yicha ro‘yxatdan o ‘tkazishni rad qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o ‘tkazishni rad qilish uchun qu-
yidagilar asos bo‘lishi mumkin.
1. Yuridik shaxslar bo‘yicha:
- talab qilinadigan hujjatlarni toTiq taqdim etmaslik;
- ta’sis hujjatlarida, muhr va tam g‘a eskizlarida ko‘rsatilgan firma
nomining statistika organi bergan m a’lumotnomada ko‘rsatilgan nom-
ga mos kelmasligi;
- ta’sis hujj atlarida, muhr va tam g‘ a eskizlarida ko‘ rsatilgan korxona
tashkiliy-huquqiy shaklining O ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida
ko‘rsatilgan tashkiliy-huquqiy shakllari aniq turiga mos kelmasligi;
- ta’sis hujjatlarida belgilangan ustav jam g‘armasi miqdorining
0 ‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli tadbirkorlik subyekt
lari uchun belgilangan miqdoriga mos kelmasligi.
2. Xorijiy investitsiyali korxonalar bo‘yicha (yuqoridagi asoslarga
qo‘shimcha ravishda):
- xorijiy investitsiya ulushining 0 ‘zbekiston Respublikasi qonun
chiligida belgilangan miqdoriga mos kelmasligi;
- ta’sischilar tarkibida xorijiy yuridik shaxsning bo‘lmasligi.
3. Bozorlar bo‘yicha (yuqoridagi 1-bandda keltirilgan asoslarga
qo‘shimcha ravishda):
- ta’sis hujjatlarida belgilangan ustav jam g‘armasining 30 foizidan
kam bo‘lmagan miqdori kiritilmagani;
- ta’sischilar tarkibida ustav jam g‘armasining 51 foiziga ega boTgan
davlat mahalliy hokimiyati organining bo‘lmasligi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etil-
gan hujjatlarda yuqorida sanab o‘tilgan rad qilishga asos boTadigan
holatlar uchramasa, u ro‘yxatdan o ‘tkaziladi. Buning uchun birinchi
navbatda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxsga tegishli statis
tik kodlarini beradi. Bunday kodlar belgilab qo‘yilgan kvota bo‘yicha
statistika organi tomonidan ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organga taqdim
etib turiladi. R o‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ navbati bilan tadbirkorlik
subyekti - yuridik shaxsga korxonalar va tashkilotlar umum respub-
lika tasnifchisi (KTUT) bo‘yicha kod beradi. Undan so‘ng mazkur
organ ro‘yxatga olingan korxonaga soliq toTovchining identifikasiya
raqami (STIR) berish uchun tuman (shahar) soliq inspeksiyasiga talab-
186
noma yuboradi. Bu organ esa soliq to ‘lovchilar identifikatsiya raqam-
larining Respublika markazlash-tirilgan bazasi orqali korxonaga soliq
to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi va uni mazkur bazaga
kiritib qo‘yadi. Soliq organi bu ishlarni 8 ish soatida bajarishi kerak.
Ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ muhr va tam g‘a eskizlari talablarga
mos bo‘Isa (mos bo‘lmagan taqdirda esa ularni moslashtirib) muhr va
tam g‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiradi. Ro‘yxatdan
o‘tkazish ishlari tugagach, ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ tadbirkorlik
subyektini tegishli m a’lumotlari bilan maxsus davlat reyestriga kirita-
di va ariza bergan shaxsga va tegishli organlarga quyidagi hujjatlarni
taqdim etadi.
1. Yuridik shaxslarga:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma;
- “ro‘yxatgaolindi” degan belgi qo‘yilgan v a ro ‘yxatdan o‘tkazuvch
organ muhri bilan tasdiqlangan ta’sis hujjatlari;
- ruxsat beruvchi hujjatlar (bunday hujjatlar zarur bo‘lgan korxona
lar uchun);
- muhr va tam g‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari
bilan birgalikda.
2. Yakka tadbirkorlar va yuridik shaxs boMmagan dehqon
xo‘jaliklariga:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to ‘g‘risida guvohnoma;
- muhr va tam g‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma - ularning eskizlari
bilan birgalikda (tadbirkorga muhr va tam g‘a kerak bo‘lsa).
3. Soliq organiga:
-
tadbirkorlik
subyektining
davlat
reyestriga
kiritilgan
ma’lumotlaridan ko‘chirma;
- ariza (ariza-xabamoma) nusxasi.
4. Statistika organiga:
- tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslaming davlat reyestriga
kiritilgan m a’lumotlaridan ko‘chirma;
- ariza (ariza-xabamoma) nusxasi.
5. Ichki ishlar organiga:
- tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarining davlat reyestriga
kiritilgan m a’lumotlaridan ko‘chirma;
- muhr va tam g‘adan foydalanadigan yakka tadbirkorlaming davlat
reyestriga kiritilgan ma’lumotlardan ko‘chirma;
187
- muhr va tam g‘a tayyorlash uchun ruxsatnoma nusxasi;
- muhr va tam g‘a eskizlari.
Ro‘yxatdan o ‘tkazish inspeksiyasi tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlar va hujjatlarni olgandan so‘ng 2 ish kuni ichida:
- soliq organi-tadbirkorlik subyektini soliq to'lovchi sifatida ham
da budjetdan tashqari Pensiya jam g'arm asi, Bandlikka ko‘maklashish
jam g’armasi, Respublika yo‘l jam g'arm asiga badal to‘lovchi sifatida
hisobga qo‘yadi;
- statistika organi - ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan beril
gan statistik kodlarning tadbirkor (ta’sischi) ning arizasi (ariza-xabarno-
masi) da ko‘rsatilgan m a’lumotlarga mosligini tekshiradi va ular to‘g ‘ri
bo‘lsa, korxonalar va tashkilotlar yagona davlat reyestiriga kiritadi.
Statistik kodlar yoki soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga
xatolar mavjudligi aniqlangan taqdirda soliq va statistika organi bu
to ‘g ‘rida bir ish kuni ichida ro‘yxatdan o ‘tkazgan organga xabar beri-
shi, mazkur organ esa shu muddatda xatolami tuzatib, ro‘yxatdan
o ‘tkazilganlik to‘g ‘risida yangi guvohnoma berishi lozim.
Yuridik shaxslar o‘z ta’sis hujjatlariga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar
kiritsalar, bu to‘g ‘rida 7 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni rasmiy-
lashtirib, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etishlari kerak. Bunday
o‘zgarishlar va qo‘shimchalar 2 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi
va zarur bo‘lsa yangi guvohnoma berilishi kerak. Ularning pochta
yoki yuridik manzili o‘zgarganda, bu to‘g ‘rida 10 kun ichida yoz-
ma ravishda xabar qilishi, ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ esa mazkur
o ‘zgarishlar haqida 2 kun ichida soliq va statistika organlariga bildiri-
shi zarur. Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektining faoliyat turi
va ishlovchilarining o ‘rtacha yillik soni o‘zgarganda tadbirkor yoki u-
ning vakilining ishtirokisiz statistika organi korxonalar va tashkilotlar
yagona davlat reyestriga taqdim etilgan statistika hisobotiga asosan te
gishli o ‘zgartirishlar kiritadi va bu haqda ro‘yxatdan o ‘tkazgan va soliq
organlariga hamda tadbirkorlik subyektiga xabar qiladi.
Yakka tadbirkorning faoliyat ko‘rsatish joyi o‘zgarganda bu haq
da 10 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazgan organga xabar berishi kerak.
R o‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ bu o ‘zgarishlar to ‘g‘risida 2 kun ichida
soliq organiga bildiradi. Ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi va soliq organlari
tadbirkordan xabar kelgan paytdan boshlab 3 kun ichida ro‘yxatdan
o ‘tganligi qayd qilingan reyestrga va hisobga qo‘yish hujjatlariga te-
188
gishli o‘zgartirishlar kiritib, bu to ‘g‘rida tadbirkorga yozma ravishda
xabar berishlari kerak.
Yuridik shaxs
bo‘lmagan
tadbirkorlik
subyektlarini
davlat
ro‘yxatidan o ‘tkazish tartibi 10.2-jadvalda aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |