Tadbirkorlik


va boshqariladigan tijorat korxonasi



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

va boshqariladigan tijorat korxonasi.
Xususiy tadbirkorlik - xususiy mulkka asoslangan, xodimlar yollash
huquqiga ega b o‘lgan yuridik shaxs k o‘rinishida tashkil etiladigan tadbirkorlik
shakli.
X o ‘jalik jamiyati - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir yoki
bir necha shaxsning mulkini birlashtirish y o ‘li bilan tuziladigan tashkilot.
X o ‘jalik shirkati-umumiy nom ostida birgalikda tadbirkorlik faoliyatini
olib borish uchun bir necha shaxslarning shartnoma asosida birlashuvidir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik (yakka tadbirkorlik) - yuridik shaxsni tashkil
etmagan holda o ‘z xususiy mulki va shaxsiy mehnati asosida amalga oshiri­
ladigan tadbirkorlik shakli.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat o ‘zining ta’sischilari
o ‘rtasida yoki oldindan belgilab qo‘yilgan boshqa shaxslar doirasiga tarqati-
ladigan va ochiq savdoga chiqarilmaydigan jamiyat.
175


X BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI
RASMiYLASHTIRISH ASOSLARI
10,1. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI RO‘YXATDAN
0 ‘TKAZISH ASOSLARI, ORGANLARI, HUJJATLARI
Tadbirkorlik faoliyati amal qilayotgan qonunlar va boshqa m e’yoriy 
hujjatlar talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim. Tadbirkorlik 
faoliyatini rasmiylashtirish uni tashkil etish v a 'ro ‘yxatdan o ‘tkazish 
uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni tayyorlash va tegishli organga 
taqdim etish, mazkur organ tomonidan ro‘yxatga olish va hujjatlarni 
rasmiylashtirish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini 
rasmiylashtirish 0 ‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoli­
yati erkinligi-ning kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun, Fuqarolik kodeksi, 
Vazirlar Mahkamasining 2003- yil 20- avgustdagi “Tadbirkorlik faoli­
yatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o ‘tkazish tartibotlari tizimini 
tubdan takomillashtirish to ‘g‘risida”gi Qarori va shu qaror bilan tas­
diqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, 
hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi 
to ‘g ‘risida Nizom”, Vazirlar Mahkamasining 2004- yil 12- avgustda­
gi “Tijorat faoliyati uchun m o‘ljallangan tovarlami olib keluvchi jis­
moniy shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taritbga solish chora-tadbirlari 
to ‘g‘risida”gi Qarori va 2004- yil 2- sentabrda tasdiqlangan “Tijorat 
faoliyati uchun m o‘ljallangan tovarlami olib keluvchi yuridik shaxs 
boTmagan yakka tartibdagi tadbirkorlami davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish, 
hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish 
kartalarini berish tartibi to‘g ‘rsida Nizom”, 0 ‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2006- yil 24- maydagi “Tadbirkorlik subyektlarini dav­
lat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy 
etish to‘g‘risida”gi qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik 
subyektlarini davlat ro ‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabar­
dor qilish tartibi to ‘g‘risida Nizom” va boshqa hujjatlar asosida 
amalga oshiriladi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamasining yuqorida ko‘rsatilgan qarorlarida tadbirkorlarga qulay
176


shart-sharoitlar yaratish, tadbirkorlikni, ayniqsa, xususiy tadbirkorlik­
ni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni olib tashlash asosiy 
vazifa qilib qo‘yilgan. Ularda tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan 
o ‘tkazishda rozilik beruvchi tashkilotlar sonini keskin qisqartirish va 
barcha kelishib olish ishlarini “bir qanchada” amalga oshirish nazarda 
tutilgan.
Yuqorida tilga olingan nizomlaming har biri turli tadbirkorlik sub­
yektlarini ro ‘yxatdan o ‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
1. “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga 
qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlami rasmiylashtirish tartibi to‘g ‘risida 
Nizom” quyidagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o ‘tkazish va hi­
sobga qo‘yish tartibini belgilaydi:
a) yer uchastkasi ajratiladigan tadbirkorlik subyektlari;
b) kommunikatsiya tarmoqlariga ulanadigan tadbirkorlik subyekt­
lari;
d) 
litsenziya olish talab qilinadigan faoliyat turlarini amalga oshira- 
digan tadbirkorlik subyektlari.
2. “Tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib keluv­
chi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlami davlat 
ro‘yxatidan o ‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari sub­
yektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to ‘g ‘risida Nizom” 
tovarlarni import qilish va ularni sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy 
shaxslarni ro ‘yxatdan o ‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini belgilaydi.
3. “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga 
qo'yishning xabardor qilish tartibi to‘g‘risida Nizom” quyidagi tadbir­
korlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tartibini 
belgilaydi:
a) yuqoridagi 1- va 2- bandlarda kiritilmagan tadbirkorlik subyekt­
lari;
b) banklar, kredit uyushmalari (ittifoqlari), ommaviy axborot vosi­
talari.
Mazkur m e’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tadbirkorlik subyek­
tlarini ro ‘yxatdan o ‘tkazish quyidagi uch darajada tegishli organlar to­
monidan amalga oshiriladi.
1.Respublika darajasida. Bu darajada tadbirkorlik subyektlarini 
ro‘yxatdan o ‘tkazuvchi organ 0 ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirli- 
gi hisoblanadi. U ro‘yxatdan o‘tkazadi:
177


a) 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining tegishli 
qarorlari bilan tuzilayotgan aksiyadorlik kompaniyalari shaklidagi 
xo‘jalik boshqaruvi organlari, shu jumladan davlat-aksiyadorlik kom­
paniyalari va xoldinglari;
b) Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyali kor­
xonalar;
d) Toshkent shahrida tashkil etilayotgan bozorlar;
e) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar.
2. Mintaqalardarajasida. Bu darajada Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Adliya vazirligi va viloyatlar Adliya boshqarmalari quyidagi tadbirkor­
lik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazadilar:
a) tegishli mintaqalarda tuzilayotgan xorijiy investitsiyali korxona­
lar;
b) tegishli mintaqalarda tashkil etilayotgan bozorlar;
d) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa tashkilotlar.
3. Tumanlar va shaharlar darajasida:
a) tuman va shahar davlat soliq inspeksiyasi tovarlami import qiluv­
chi va ularni sotuvchi jismoniy shaxslar - yakka tartibdagi tadbirkor- 
lami ro‘yxatdan o‘tkazadi;
b) tuman va shahar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazuvchi inspeksiya yuqoridagi bandlarda ko‘rsatilgan korxonalar- 
dan tashqari tegishli hududda joylashgan barcha tadbirkorlik subyekt­
larini ro‘yxatdan o ‘tkazadi.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlamng 
vazifalari umumiydir. Tadbirkorlik subyektlarining asosiy qismi tu­
man va shaharda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Shuning uchun tuman (shahar) 
darajasida ro ‘yxatdan o‘tkazish organi va uning vazifalariga batafsil 
to ‘xtab o‘tamiz. Mazkur organ tuman (shahar) hokimligi huzuridagi 
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish inspeksiyasi” 
deb ataladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni m o‘ljallayotgan shaxs- 
laming ro‘yxatdan o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi arizasi va boshqa hujjatlarini 
qabul qilish va qayd etish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik -
kommunikatsiya (gaz, elektr, issiqlik, suv, kanalizatsiva, telefon) tar- 
moqlariga ulanish, turar joyni noturar joy toifasiga o ‘tkazish, obyekt- 
lami qurish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni 
rasmiylashtiruvchi tashkilotlarni aniqlash;
178


- mazkur tashkilotlardan tegishli ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiy- 
lashtirib olish;
- ariza beruvchining o‘z hujjatlari va ruxsat beruvchi hujjatlarni 
birgalikda jamlab, ekspertizadan o‘tkazish;
-tadbirkorlik subyektini davlat ro ‘yxatidan o‘tkazish;
- ariza beruvchi tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berish;
- ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektini soliq va statisti- 
ka organlarida hisobga qo‘yish uchun ularga xabar berish va kerakli 
m a’lumotlami taqdim etish;
- tadbirkorlik subyektlarining davlat reyestrini yuritish.
Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun bir qator huj-
jatlar talab qilinadi. Ularni ta'sischilar xohishlariga ko ‘ra ikki yo‘l bilan 
tayyorlash mumkin:
1) ta ’sischilar kuchlari bilan tayyorlash;
2) savdo-sanoat palatalari va ro‘yxatdan o ‘tkazish inspeksiyalari hu- 
zurida tashkil etilgan axborot-maslahat markazlari, konsalting firmalari 
va boshqalar tomonidan shartnoma asosida tayyorlash.
Tadbirkorlik subyektini yuridik shaxs sifatida ro ‘yxatdan o‘tkazish 
uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi:
- ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g ‘risida belgilangan shaklda ariza (ariza- 
xabarnoma);
- notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlarning asl ikki nusxasi;
- fiiTna nomining o ‘xshashi yoki almashtirib yuboradigan darajada 
o‘xshashi yo‘qligi to‘g‘risida m a’lumotnoma;
- ruxsat beruvchi hujjatlar (qaysi korxonalar uchun kerak bo‘lsa);
- tadbirkorlik subyektining manzilini tasdiqlovchi hujjat (dehqon va 
fermer xo'jaliklari, davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan aksi­
yadorlik jamiyatlari bundan mustasno);
- ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan davlat boji yoki yig‘im 
to ‘langanligi to'g'risida bank to ‘lov hujjati (dehqon xo'jaliklari va dav­
lat korxonasi negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlaridan 
tashqari);
- muhr va tam g‘a eskizlari - uch nusxada.
Yuridik shaxs m aqom iga ega b o ‘lgan tadbirkorlik subyektlari 
uchun muhim hujjatlardan biri ta ’sis hujjatlari hisoblanadi. Ularga 
ustav va ta ’sis shartnom asi kiradi. Lekin ular turli shakldagi sub-
179


yektlar uchun turlicha talab qilinadi: to ‘liq va kommandit shirkatlari 
uchun faqat ta’sis shartnomasi, m as’uliyati cheklangan va qo‘shimcha 
m as’uliyatli jamiyatlarda ustav va ta’sis shartnomasi, aksiyadorlik 
jamiyatlari, xususiy korxonalar, fermer va yuridik shaxs bo‘lgan deh- 
qon xo‘jaliklari uchun ustav.
Ustav - bu korxonaning tashkil etilishi rasmiylashtiriladigan, uning 
huquqiy maqomi va tashkili - huquqiy shakli belgilanadigan yuridik 
hujjatdir. Ustavning asosiy maqsadi mazkur korxona bilan munosabat- 
ga kirishadigan organlar, tashkilotlar, shaxslami va boshqa qiziquvchi- 
lami korxonaning faoliyat sohalari va turlari, huquqiy holati va im- 
koniyatlari to ‘g ‘risida xabardor qilishdan iborat. Ustavda quyidagi 
m a’lumotlar aks ettiriladi:
- korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi;
- faoliyatining maqsadi va vazifalari, ularni amalga oshirish yo‘llari;
- faoliyat sohasi, yo‘nalishlari va turlari;
- korxona manzili, telefon va telefaks raqamlari;
- korxonaning ustav jam g‘armasi va mol-mulki;
- korxonaning qonunlarga binoan haq-huquqlari;
- korxonaning boshqaruvi, rahbariyati, rahbari, ulaming huquqlari 
va vazifalari;
- korxonani qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Agarda korxona ikki va undan ortiq shaxslar tomonidan tashkil eti­
ladigan bo‘lsa, uni tashkil etuvchi ta’sischilar o‘rtasida ta’sis shartno­
masi tuziladi. Ta’sis shartnomasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
- korxonani tuzish bo‘yicha tomonlarning roziligi;
- korxonaning maqsadi;
- yuridik shaxs haq-huquqlarini egallash shartlari;
- ustav jam g‘armasi va egalik huquqi;
- tomonlarning ustav jam g‘armasida ulushlari;
- tomonlarning manfaatlari va nizolarni hal qilish tartibi;
- korxonani boshqarish tartibi.
Yuridik shaxsni-(korxonani) ro‘yxatdan o ’tkazish uchun uning fir- 
ma nomi aniq va tasdiqlangan bo‘lishi zarur. Bu masala tuman (sha­
har) statistika organida hal qilinadi. Buning uchun ta’sischi (tadbirkor) 
o ‘z korxonasiga firma nomini biriktirish maqsadida tuman (shahar) 
statistika organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga o ‘z korxonasi 
uchun tanlangan firma nomi va uning 5 tagacha muqobil variantlarini
180


ko‘rsatishi lozim. Tuman (shahar) statistika organi arizani olib, firma 
nomi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan talabnomani viloyat 
statistika organiga, u esa respublika statistika organiga yuboradi. U yer- 
ga firma nomlari yagona axborot bazasini ko‘rib chiqib, shunday nom 
yoki unga almashtirib yuborish darajasida o ‘xshash nom bo‘lmasa, u 
axborot bazasiga kiritiladi va uni tegishli korxonaga biriktirish mum- 
kinligi to ‘g ‘risida viloyat statistika organiga, u esa tuman (shahar) 
statistika organiga yuboradi. Shundan so‘ng tuman (shahar) statistika 
organi firma nomining o ‘xshashi yoki almashtirib yuboriladigan dara­
jada o‘xshashi yo‘qligi to ‘g‘risida m a’lumotnoma beradi. Bu ishlar 2 
ish kunida amalga oshirilishi kerak va buning uchun haq olinmaydi. 
Agarda respublika firma nomlari yagona axborot bazasida o ‘xshash 
nom bo‘lsa, ariza beruvchiga rad javobi beriladi va u boshqa nom tan- 
lab, qaytadan ariza bilan murojaat qilishi kerak b o iad i va oldingi ope­
ratsiyalar yana takrorlanadi.
Ruxsat beruvchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
- muhandislik - kommunikatsiya (gaz, elektr, issiqlik, suv, kanali- 
zatsiya, telefon) tarmoqlariga ulanish uchun tegishli tashkilotlar tomo­
nidan beriladigan texnik shartlar;
- arxitektura - rejalashtirish topshirig‘i;
- obyektlami qayta ixtisoslashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun 
ruxsatnoma;
- ko‘chmas mulkning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g ‘risida gu- 
vohnoma;
- tuman (shahar) hokimining turar joyni noturar joy toifasiga 
o‘tkazish to ‘g'risidagi qarori;
- yer uchastkasiga egalik huquqi berilganligi va ro‘yxatdan 
o‘tkazilganligi to ‘g‘risida guvohnoma.
Shuni ta’kidlash joizki, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun yuqorida sanab o‘tilgan asosiy hujjatlardan tashqari bir 
qator qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinadi. Ular quyidagilardir:
1. Bozorlarni davlat ro‘yxatidan o ‘tkazish uchun uni tashkil etishga 
shahar (tuman) hokimining roziligi yoki qarori kerak.
2. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalami ro‘yxatdan 
o4kazish uchun:
a) 
xorijiy ta’sischi (muassis) ro‘yxatdan o‘tgan joydagi savdo reyes- 
tridan uning to‘g‘risidagi m a’lumotlardan ko‘chirma;
181


b) belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan bankning tavsiya xati;
d) korxonaning ustav jam g‘armasi 20 mln. AQSh dollari va un­
dan ortiq bo‘lsa, bunday korxonani tashkil etish to‘g ‘risida Vazirlar 
Markamasi qarorining nusxasi;
e) har bir muassis tomonidan korxona ustav jam g‘armasidagi 
ulushining 30 foizi to ‘langanligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi 
lozim.
3. M as’uliyati cheklangan va qo‘shimcha m as’uliyatli jamiyat- 
lar, xo‘jalik shirkatlarini ro‘yxatdan o ‘tkazish uchun har bir ta’sischi 
(muassis) tomonidan ustav jam g ‘armasidagi ulushining 30 foizi 
to ‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (ulushi mulkiy shaklga ega bo‘lsa 
mazkur hujjat kerak emas).
4. Dehqon xo‘jaligini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o ‘tkazish 
uchun shirkat xo‘jaligi yoki boshqa tegishli organning dehqon 
xo'jaligini tashkil etish to‘g ‘risidagi qarori va tuman hokimining unga 
yer uchastkasi berish tO‘g‘risidagi qarori.
5. Fermer xo'jaligini ro ‘yxatdan o‘tkazish uchun:
a) tuman hokimining yer uchastkasi berish to‘g ‘rsidagi qarori;
b) tanlov komissiyasining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi bayon- 
nomasi;
d) biznes reja.
6. Q o‘shib yuborish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o ‘zgartirish yo‘li bi­
lan qayta tashkil etiladigan korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun:
a) qayta tashkil etish to‘g‘risida barcha kreditorlar xabardor qilin- 
ganligi va ommaviy axborot vositalarida e ’lon bo‘sib chiqarilganligini 
tasdiqlovchi hujjat;
b) qayta tashkil etilayotgan korxonaning barcha majburiyatlari, 
huquqiy voris to ‘g ‘risidagi qoidalar ko‘rsatilgan topshirish yoki bo‘lish 
dalolatnomasi;
d) ro‘yxatdan o ‘tganlik to ‘g‘risida oldin berilgan guvohnomaning 
asl nusxasi;
e) oldingi muhri va tamg'asi.
Yakka tadbirkorlar ro‘yxatdan o ‘tishlari uchun kerakli hujjatlarni tay- 
yorlab, yashash joyidagi Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan 
o ‘tkazish inspeksiyasiga shaxsan borib taqdim etishlari yoki pochta 
orqali yuborishlari mumkin. Yakka tadbirkor ro ‘yxatdan o ‘tishi uchun 
quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
182


- belgilangan shaklda ariza-xabamoma;
- 3x4 sm o ‘lchamli 4 ta fotosurat;
- pasportining nusxasi;
- belgilangan ro‘yxatdan o‘tish yig‘imini toiaganligi to‘g‘risidagi 
bank to ‘lov hujjati;
- muhr va tamg‘a eskizlari- uch nusxada (tadbirkor xohishiga ko'ra).
Yuridik shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklarini ro‘yxatdan o‘tkazish
ham yakka tadbirkorlarni r o ‘yxatdan o ‘tkazish tartibid a am alga 
oshiriladi. Faqat qo'shimcha ravishda dehqon xo'jaligini yuritish uchun 
yer uchastkasi ajratilganligi to‘g ‘risida tuman hokimining qarori kerak 
bo‘ladi, fotosurat esa kerak bo‘lmaydi.
Shuni ta ’kidlash lozimki, tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlardagi m a’lumotlarning 
to ‘g‘riligi va ta’sis hujjatlarining qonunchilikka mosligi uchun ta’sischi 
javobgar hisoblanadi.

Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish