Tadbirkorlik


Tadbirkorlik asoslari fani uslubiyoti



Download 9,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/236
Sana09.07.2022
Hajmi9,01 Mb.
#759596
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   236
Bog'liq
Hamroyev H. Tadbirkorlik asoslari

Tadbirkorlik asoslari fani uslubiyoti 
- tadbirkorlik faoliyatini nazariy- 
amaliy tahlil qilish usullari va ularni qo‘llash tartib-qoidalari majmuyi.
Tadbirkorlik asoslari fani maqsadi 
- talabalarni tadbirkorlik asoslari 
to‘g‘risidagi nazariy-amaliy bilimlar bilan qurollantirish.
Tadbirkorlik asoslari fani vazifasi 
- talabalarga tadbirkorlik asoslari 
to‘g‘risida bilim berish, ularda 0 ‘zbekistonda tadbikorlikning ahamiyati va 
roli, rivojlanishi, muammolari, istiqbollari haqida tasavvur hosil qilish va tad­
birkorlik faoliyatini amalga oshirish bo'yicha ko‘nikmalar shakllantirish.
15


II B O B . T A D B IR K O R L IK N IN G
N A Z A R IY A S O S L A R I
2. 1. “TADBIRKORLIK” TUSHUNCHASI
VA UNING EVOLUTSIYASI
“Tadbirkorlik” tushunchasi XVIII asrda shakllangan b o ‘lsa- 
da, uning evolutsiyasi bizning zamonda ham davom etmoqda. Bu tu- 
shuncha o ‘sha davr mashhur iqtisodchilari R. Kantil’yon, A. Tyurgo, F. 
Kene, A. Smid, J. B. Sey va boshqalar tomonidan tadbirkorlik faoliyat­
ini ilmiy tadqiq qilish natijasida shakllangan. Tadbirkorlik tushunchasi 
qariyb uch asr nazariya va amaliyotda qo‘llanilib kelinayotganiga qara- 
may uning universal ta’rifi shakllanmagan va ko‘p m a’noligi saqlanib 
kelmoqda. Buning asosiy sababi tadbirkorlikning ko‘p qirrali, ko‘p so- 
hali, ko‘p tarmoqli, ko‘p shaklli murakkab faoliyat bo‘lishidir. *+
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati, belgisi 
noaniq sharoitda harakat qilish hisoblangan. Chunki bozorda talab va 
taklif, bozor vaziyati doimo o‘zgarib turadigan sharoitda tadbirkorlik 
faoliyatining foydalilik darajasi aniq bo‘lmaydi va tadbirkorga tavak- 
kal qilib ishlashga to ‘g ‘ri keladi. Keyingi bosqichda “tadbirkor” va 
“sarmoyador” tushunchalari farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoya­
ning doimiy harakatda boMishi va ko'pavib borishini ta’minlaydigan 
shaxs sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday holda tadbirkor jalb qilingan 
mablag‘lardan ustalik bilan foydalanib, biror ishni boshlash va amal­
ga oshirishga o‘z g ‘oyalarini, bilimi va tajribasini qo‘llab, foyda olish 
maqsadida mablag‘larni tavakkalli ishlarga sarflaydi.
R. Kantil’yondan keyin neoklassik maktabi namoyandalari tavak- 
kalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi 
korxona egasini tadbirkor deb hisoblaydilar. Bunday talqinda tadbir- 
koming daromadiga tavakkalchilik uchun to‘fov deb qaraladi va uning 
qo‘yilgan sarmoyadan keladigan daromad hamda ish haqidan farqi ana 
shunda deb tushuniladi. Olinadigan daromadning xarakteri sarmoyador
16


va menejeming tadbirkorlikdagi vazifalarini bir-biridan farqlab turadi. 
Ammo bu vazifalami bir kishi bajarishi ham mumkin.
Tadbirkorlikning tavakkalchilik xarakterini innovatsiyaga doir vazi­
fasi bilan birlashtirish g‘oyasi L. Fon Tyunenga tegishlidir. Uningcha, 
tadbirkorning daromadi tavakkalchilik faoliyatidan keladigan daro- 
maddan va yangilikni qo‘llash tufayli iqtisodiy samaraga erishish nati­
jasida olinadigan daromaddan tashkil topadi. Innovatsiya faoliyatining 
tadbirkorlikka doir asosiy funksional tavsif ekanligini Y. Shumpeter 
asoslab bergan. Uning bu boradagi asosiy g ‘oyalarini quyidagicha ifo- 
dalash mumkin:
1) innovatsiya faoliyati tadbirkorlikning asosiy tavsifidir;
2) tadbirkor, asosan, xususiy xo‘jalik faoliyati yuritishning maqsad­
ga muvofiq ligi nuqtayi nazaridan iqtisodiyotni qayta tashkil etib, ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyotini ta’minlaydigan asosiy (yetakchi) 
shaxs hisoblanadi;
3) tadbirkor iqtisodiy o ‘sish tabiiy omili sifatida ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotda markaziy rol o ‘ynaydi;
4) tadbirkorlik funksiyasining mohiyati ishlab chiqarishni isloh qi­
lish, mazmuni esa yangi texnologiya, xomashyo va bozorlami jalb etish, 
ishlab chiqarishni qayta qurish tufayli ishlab chiqarish va muomala 
omillarinmg yangi uyg'unliklarini amalga oshirishdan iborat;
5) tadbirkor uchun mulk egaligi maqomi shart emas;
6) tadbirkorlik funksiyasi xodimlaming turli toifalariga va har qan­
day ijtimoiy tizimga xosdir;
7) har bir ijtimoiy tizim (formatsiya) tadbirkorlik faoliyatining usul­
lari, shakllari va maqsadlari (motivlari)ni belgilab beradi.
Yangi Avstriya maktabining yana bir vakili F. Fon Xayekning qa- 
rashlari Y. Shumpeter tasavvurlariga yaqin turadi. U tadbirkorlikka 
yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlab topish va tadbiq qilish deb qaraydi. 
Shu bilan birga, faoliyati izlash tarzida kechadigan har qanday shaxsni 
tadbirkor deb hisoblaydi.
Tadbirkorlikning o‘zi faqat yakka shaxs emas, balki tashkilotlar 
darajasida ham amalga oshiriladi. U qarorlar qabul qilish va tavakkal­
chilik, resurslami samarali yo‘nalishlarga taqsimlash, boshqarish, tash­
kil etish va qabul qilingan qarorlami bajarish kabi ko‘rinishlarda ochiq 
va yashirin tarzda namoyon bo‘ladi. Demak, tadb
17


tizimning muvozanatlashmagan holati sharoitida talabni qondirishning 
yangi imkoniyatlarini kashf etishga doir yaratuvchanlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik haqidagi tasavvurlarning o‘sib borishi bozor iqtisodi­
yoti mavjud boMgan davlatlar taraqqiyotining ilk bosqichlarida unga 
boshqarish malakasining eng muhim tavsifi deb, menejer faoliyati esa 
innovatorning roliga nisbatan ustunroq deb qaralgan. Ammo yuqori 
texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotga o ‘tish tadbirkorlikning shun­
day talqinini olib chiqadiki, bu talqin, asosan, innovatsiya jarayonlari 
bilan ularning o‘z yangiliklari asosida yoki yangiliklami innovatsiya 
tarzida jalb qilish asosida tarqatilishi bilan bog'liq. Shunga muvofiq 
agrarxomashyo iqtisodiyotli va sanoatlashtirishning ilk bosqichida tur­
gan mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishida immitatsion tadbirkorlik 
muhim ahamiyat kasb etadi. U mavjud va olinishi oson bo‘lgan resurs- 
lardan foydalanish, boshqarish malakasi, texnikaviy bilimlar jalb qilin­
gan texnologiyaga asoslanadi.
Tadbirkorlik faoliyati va tushunchasi to'g'risidagi fikrlar, mulo- 
hazalar, qarashlami o‘rganib, ularga ayrim aniqliklar kiritish maqsa­
dida ularni chuqurroq tahlil qilish zarur deb hisoblaymiz. M a’lumki, 
tadbirkorlik faoliyati va uni aks ettiruvchi tushuncha ko‘p qirrali, mu­
rakkab hodisalardir. Shuning uchun ularning alohida tomonlari, qir- 
ralari, yo‘nalishlari bo‘yicha mohiyatini aniqlab olish lozim. Avvalo, 
tadbirkorlik tushunchasining umumiy va aniq (konkret) darajalarini 
qarab chiqamiz. Tadbirkorlikning umumiy darajasida uning ikki holatini -
statik va dinamik holatlarini ajratish kerak. Tadbirkorlik statik holatda 
yondashuv, dinamik holatda esa jarayon, faoliyat sifatida namoyon 
bo‘ladi. Tadbirkorlik birinchi holatda qo‘yilgan vazifani, ishni bajarish 
mavjud usullarini takomillashtirish va yangilarini qo‘llash imkoniyat­
larini topib, ishga solishdan iborat bo‘lgan yondashuvdir. Bunday yon­
dashuv an’anaviy yondashuvdan farqli o‘laroq izlanuvchanlik, ijodiy 
qadamlar, tashabbuskorlik singari faol elementlami ham o‘z ishiga 
oladi. Tadbirkorlik jarayon, faoliyat sifatida qo‘yilgan maqsadga aynan 
tadbirkorlik yondashuvini qo‘llab erishishga yo‘naltirilgan tashabbus- 
kor faoliyat hisoblanadi.
Tadbirkorlikni konkret, aniq darajasida ikki yo‘nalishda qarab chi- 
qish kerak. Birinchisi, tijorat tadbirkorligi bo"lib, uning asosiy maqsadi 
moddiy daromad ko ‘rish, foyda olish hisoblanadi. X o‘jalik yurituvchi 
subyektlarning asosiy qismi tijorat tadbirkorligi subyektlari: korxona,
18


firma, kompaniya, tashkilot, fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirma va 
boshqalardir. Ikkinchisi, notijorat tadbirkorligi b o iib , uni amalga oshi­
rish uchun notijorat tashkilotlari tuziladi. Ularga diniy, xayriya, jamoat 
tashkilotlari va jam g‘armalari, siyosiy partiyalar kiradi. Notijorat tad- 
birkorligining asosiy maqsadi daromad ko ‘rish, foyda olish emas, balki 
ularning har biri o‘ziga xos maxsus maqsadni amalga oshirish uchun 
tuziladi va ana shu maqsad uning asosiy ta’sis hujjati b o ig an ustavida 
belgilab qo‘yiladi. Masalan, diniy tashkilotlaming maqsadi diniy bilim- 
lami o ‘rgatish va targ ib o t qilish, diniy marosimlar o ‘tkazish, xayriya 
tashkilotlarining maqsadi xayriya tadbirlarini tashkil etish va amalga 
oshirish, siyosiy tashkilotlaming maqsadi mamlakat siyosiy sahnasida 
ustuvor o ‘rin egallash va o ‘ynash hisoblanadi. Lekin ayrim notijorat 
tashkilotlari maxsus xizmatlar ko‘rsatib, foyda olishlari, boshqalariga 
esa xayr-ehson, tortiq ko‘rinishida boyliklar tushishi mumkin. Bunday 
tashkilotlarda olingan foyda va tushgan boyliklar ta’sischilar o ‘rtasida 
taqsimlanmay, faqat tashkilotning asosiy maqsadiga yo ‘naltiriladi.
Endi tadbirkorlik va biznes tushunchalariga to ‘xtab o ‘tamiz. Biznes 
tushunchasining kelib chiqishi to ‘g ‘risida va uni izohlashda turli fikrlar 
mavjud. Ulardan asosiylari quyidagilardir:
1) biznes tushunchasi inglizcha “business” so‘zidan olingan b o iib , 
“ish” m a’nosini anglatadi va bu m a’noda biznes har qanday ish hisob­
lanadi;
2) biznes tushunchasi inglizcha “buzy” so‘zidan olingan b o iib , 
“band” m a’nosini anglatadi va biznes bunda keng m a’noda ish, 
mashg‘ullik, tadbirkorlik, kasb deb tushiniladi;
3) biznes inson imkoniyatlarini amalda smash maydoni, raqobat qi­
lish sohasi, iqtisodiy erkinlik belgisi, rivojlanish uslubi sifatida talqin 
qilinadi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik va biznes o‘zaro dialektik 
b o g iiq tushunchalar hisoblanadi. Bu tushunchalaming o‘zaro dialek- 
tikasi murakkab b o iib , quyidagi bir qator jabhalarda namoyon boiadi:
1. Tadbirkorlikka xos tashabbuskorlik, novatorlik, yaratuvchanlik, 
islohotchilik, tavakkalchilik singari alomatlar (belgilar) ga ega b o ig an
har qanday faoliyat tadbirkorlik faoliyati, ya’ni tadbirkorlik hisobla­
nadi.
2. Tadbirkorlikning maqsadi iqtisodiy tusga ham, ijtimoiy tusga ham 
ega bo iish i mumkin va uni tijorat tashkilotlari ham, notijorat tashkilot­
lari ham amalga oshiradilar.
19


3. Biznesning maqsadi faqat iqtisodiy tusga ega bo‘lib, uni faqat 
foyda olish uchun tuzilgan tijorat tashkilotlari amalga oshiradilar.
4. Tadbirkorlik ko‘proq alohida shaxslarga xos qobiliyat, yondashuv, 
ish, faoliyat hisoblanadi, biznes esa ham alohida shaxslar, ham korxona 
va tashkilotlar darajasida amalga oshiriladigan faoliyatdir.
5. Bir tomondan qaraganda, tadbirkorlik doirasi keng bo‘lib, biz- 
nesdan (tijorat tadbirkorligidan) tashqari, notijorat tadbirkorligini ham 
o‘z ichiga oladi. Ikkinchi tomondan qaraganda, biznes doirasi keng 
bo‘lib, tijorat tadbirkorligidan tashqari, maqsadi foyda olish bo‘lgan, 
lekin tadbirkorlik alomatlariga ega bo‘lmagan faoliyat turlarini ham o‘z 
ichiga oladi. Shunday qilib, bizning fikrimizcha, tadbirkorlik faoli­
yati va tushunchasining mazmun-mohiyatiga ikki nuqtayi nazardan 
qarash lozim. Tadbirkorlik falsafiy nuqtayi nazardan har qanday ishga 
tashabbuskorlik bilan ijodiy yondashuv hisoblanadi. Tadbirkorlik ijti­
moiy-iqtisodiy nuqtayi nazardan-qo‘yilgan aniq ijtimoiy yoki iqtisodiy 
maqsadga erishish uchun qonunlar doirasida tavakkal qilib amalga 
oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir.
Demak, tadbirkorlik keng faoliyat turlarini yangi mahsulot yaratish, 
yangi texnologiyani ishlab chiqish, yangi bozorlarga kirib borish, yangi 
iste’molchilar doirasini shakllantirish, ishlab chiqarishga yangi resurs­
lami, mablag* bilan ta ’minlash yangi manbalari va shakllarini jalb qi­
lish, tashkiliy-boshqaruv yangiliklarini o ‘tkazish, yangi kooperatsion 
munosabatlar, shu jumladan, xalqaro munosabatlami shakllantirish va 
hokazolami qamrab oladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligi- 
ning kafolatlari to ‘g ‘risida”gi Qonunida (2000-yil 25-may) “tadbir­
korlik” va “tadbirkor” tushunchalariga quyidagicha ta’riflar berilgan: 
“Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) - tadbirkorlik subyektlari tomoni­
dan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib 
va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan 
tashabbuskor faoliyat”. “Tadbirkor - yuridik shaxs tashkil etgan holda 
ham, etmagan holda ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy asosda 
shug‘ullanuvchi jismoniy shaxs”.
Shunday qilib, tadbirkorlik faoliyati va ilmi rivojlanib, kengayib, 
chuqurlashib borishi bilan tadbirkorlik tushunchasining mazmun-mo- 
hiyati ham aniqlanib, boyib boraveradi.
20



Download 9,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish